17.05.2025 | 13:12
586
OV QUSHINING GALSTUGI
It bo‘yniga taqiladigan tasma qadimgi tilimizda qaloda deb atalgani haqida aytib o‘tgan edik. Ov qushlarining bo‘yniga taqiladigan maxsus bo‘yinbog‘ qarg‘i deb atalishi haqida “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” kitobining 3-jildida ma’lumot keltirilgan.

Shu kitobning 8-jildida jig‘avul so‘ziga shunday izoh berilgan: “bu so‘zning asl ma’nosi ov qushining bo‘yniga boylanadigan bo‘yinbog‘ bo‘lib, folklorda “shikor begi” ma’nosida ham qo‘llanadi” (“Jig‘ovul va shig‘ovul” maqolasiga qarang). Yana dolbay so‘zi “qush qo‘nadigan qo‘ndoq” deb izohlangan. Men “Ovchi qush va dolboy” degan maqolamda “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoniga tayanib, dolboy so‘zi “ovchi qushni qo‘lga keltirish uchun unga ko‘rsatiladigan go‘sht” ma’nosini anglatishi haqida aytib o‘tganman.
Ov qushi qo‘ndiriladigan sim qo‘ndoq tilimizda chakas degan so‘z bilan ifodalangan. Bu so‘z ertak va dostonlarimizda uchraydi:
Qora yo‘rg‘a bo‘lsin barin mingani,
Yuzta chakas bersin qushlar qo‘ngani.
(“Bo‘tako‘z”)
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2025-yil 9-maydagi 19-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596