Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.09.2024 | 16:10

img357

O‘ZBEK OTA

Ko‘p yillar burun, ajoyib kunlarning birida O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov bilan gurunglashib qolgandim. Obid aka “Parvona” spek­taklidagi O‘tkuriy rolini nechog‘li qiyomiga yetkazib o‘ynaganini yosh-u qari yaxshi biladi. Shu bois bu odam ko‘p yillar davomida teatrda ham, ko‘cha-ko‘yda ham, yig‘in-ma’rakalarda ham “O‘tkuriy” bo‘lib yurdi.

Shu gurungda Obid akaning otasi Yunus Rajabiy haqida gap ketdi. Buyuk san’atkor Yunus Rajabiy 16 nafar farzandli oilada tug‘i­lib o‘sgan va o‘zi ham 12 nafar farzandni tarbiyalagan. Ular­ning orasida mamlakatga mashhur ulug‘ insonlar bor.

Suhbat orasida Obid akaning bir hikoya­si menga qattiq ta’sir qilgan. Bu hikoya ushmundoq:

“Parvona” spektaklining pre­mye­rasi bo‘ladigan bo‘ldi. Men otamni taklif qildim. Otam premye­raga bordi. Spektakl qizg‘in ol­qishlar ostida yakunlandi. To­mo­shabinlar tarqab, odam siy­rak­­lashib, o‘zi­miznikilar qolgach, fikrini bilay deb otamning qoshiga bordim. Otam zalda stulga cho‘kib, g‘amgin o‘tirardi. Shunday kulgi­li tomoshadan so‘ng u kishining g‘amgin o‘tirgani meni ajablantirdi. Men so‘z aytishga botinolmay jim turganimda otam: “Rejissyorni chaqiringlar”, dedi.

Ko‘p o‘tmay rejissyor bir necha ijodkorlar hamrohligida zalga kirib keldi. Otam unga qattiq tiki­lib: “Spektaklning bir joyida bittasi Obidga qarab “Haromi!” deb baqiradi. Shu so‘zni olib tashlanglar”, dedi. Rejissyor hovliqib tushuntira ketdi: “Yunus ota, axir bu spektakl, badiiy asar-ku. Bu so‘z sizning o‘g‘lingizga emas, bir firibgarga, ya’ni, O‘tkuriyga qara­tib aytil­yapti”. Otam birdan ovozini ko‘tarib gap qaytardi: “Men buning spektakl ekanini bilmaymanmi? Nima bo‘lganda ham, Obidga qa­rab bu so‘zni aytishmasin. Agar shu so‘zni olib tashlamasanglar, Obid bu rolda bosh­qa o‘ynamaydi!”

Oxirgi gapni aytayotganida Obid Yunusovning ovozi titrab ketdi.

Eshqobil SHUKUR

“Jadid” gazetasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 37-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596