16.07.2024 | 11:15
295
O‘zbekistonda BYD Seagull va E2 elektromobillari ishlab chiqariladi
BYD Uzbekistan Factory xitoylik hamkorlar bilan O‘zbekistonda yangi BYD avtomobil modellarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzdi.

27-iyundan boshlab zavodda BYD Chazor va Song Plus avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Prezidentga 10-iyuldagi taqdimotda O‘zbekiston BYD bilan B, C va budjet avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishib olgani aytilgandi. Gap BYD Seagull va E2 haqida bormoqda, ularning birinchi namunalari allaqachon laboratoriyalarda sinovdan o‘tkazilmoqda.
“Ushbu qadam BYD Uzbekistan Factory zavodining nafaqat o‘z mahsulot turlarini kengaytirishi, balki ularning yuqori sifatini hamda barcha zarur xavfsizlik va ekologik standartlarga muvofiqligini ta’minlashga bo‘lgan intilishini ko‘rsatadi”, — deyiladi xabarda.
BYD Seagull BYD 3.0 elektr platformasida qurilgan, aslida u BYD Dolphin modelining kichikroq va soddalashtirilgan versiyasidir. Uning umumiy uzunligi 3780 mm, kengligi — 1715 mm, balandligi — 1540 mm, g‘ildirak bazasi — 2500 mm. Standart g‘ildiraklari 15 yoki 16 dyuymga ega.
Orqa o‘rindiq qat’iy ikki kishilik, asboblar ekrani diagonali 5 dyuym, multimedia ekrani esa 12,8 dyuym. Fly paketi old aksda bitta elektr dvigatel bilan jihozlangan, uning quvvati 55 kVt (75 ot kuchi). Batareyasi 38,88 kVt quvvatga ega litiy-temir-fosfat bo‘lib, u CLTC siklida (Xitoyda haydash sikli) 405 km masofani bosib o‘tish imkonini beradi.
Uning Xitoydagi boshlang‘ich narxi 9700 dollarni tashkil qiladi.
BYD E2 an’anaviy 5 eshikli, 5 o‘rindiqli C-klass xetchbeki bo‘lib, 2019-yilda debyut qilgan. Konfiguratsiyaga qarab, u 70 kVt yoki 100 kVt (95 va 136 ot kuchi) dvigatel bilan jihozlangan. Batareya quvvati 33−43 kVt/soat, masofasi 300−400 km. Xitoyda narxlar 12 210 dollardan 16 290 dollargacha farq qiladi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
63
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
129
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
321



