10.01.2025 | 08:53
1336
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oybek tavallud topgan kun
Shoir, adib va jamoat arbobi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek 1905-yilning 10-yanvarida Toshkentda tugʻilgan. O‘rta Osiyo davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetini tamomlagan.

Oybek adabiyotga 1926-yili chop etilgan “Tuyg‘ular” she’riy to‘plami bilan kirib kelgan. Shoirning “Dilbar – davr qizi” (1931), “O‘ch” (1932), “Baxtigul va Sog‘indik” (1933), “Temirchi Jo‘ra”(1933) dostonlari o‘z davrining eng go‘zal she’riy solnomalaridir. Oybek tarixiy va zamonaviy mavzularda yigirmaga yaqin dostonlar yaratgan.
O‘zbek xalqining 1916-yilgi milliy ozodlik qo‘zg‘oloni yozuvchining “Qutlug‘ qon” (1940) romanida zo‘r mahorat bilan realistik ifodalangan bo‘lsa, “Navoiy” (1944) romanida o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Uning “Oltin vodiydan shabadalar” (1949) asarida xalqimizning urushdan keyingi davr yaratuvchilik mehnati, “Quyosh qoraymas” (1958) romanida ikkinchi jahon urushi fojialari o‘z ifodasini topgan.
Adibning avtobiografik qissasi “Bolalik” 1963-yilda yaratilgan. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso, ya’ni Oybekning o‘zidir. O‘zbek kitobxoni Pushkinning “Yevgeniy Onegin” she’riy romani, Lermontovning “Maskarad”, “Molyerning “Tartyuf” dramasi, shuningdek, antik adabiyot namunalarini Oybek tarjimasida o‘qishga muyassar bo‘lgan.
Oybek 1968-yil 1-iyul kuni 63 yoshida vafot etgan. Vafotidan so‘ng uning 20 jildlik to‘la asarlari majmuasi nashr etilgan. Uning xotirasiga Toshkent metropoliteni stansiyasi nomlangan. Shuningdek, yozuvchining uy-muzeyi faoliyat yuritib keladi.
KEÇA VA BUGUN
YAQIN ÖTMIŞDAN “ERTAK”LAR Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa, inson qadrini e’zozlaşga qaratilgan ezgu va oliyjanob işlar hammaning tilida, dilida. Kuni keça ham şunday böldi – bir davrada bugungi özgariş va yangilanişlar xususida söz ketdi. Har kuni bir yangilik, har kuni bir yengillik bölayotgani suhbat mavzusiga aylandi. Gurungda yoş döstlarimiz ham bor edi. Biz börttirmay, […]
17.11.2026 | 16:01
85
OG‘RIQ NUQTA
Statistik ma’lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda örta hisobda kuniga 137 ta oila rasman ajraşmoqda. Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida 24 ming 815 oilaning nikohi qonunan bekor qilinib, ötgan yilning şu davriga köra bu raqam 6,3 foizga köpaygan. Bu sanoq faqat ajrimgagina oid, uning oqibatida ma’naviy-ruhiy jabr körgan bolalar va ular çekayotgan iztiroblar adadi faqat Yaratganga […]
17.11.2026 | 14:24
103
TADQIQOT-ROMAN
“Yaldo keçasi” asarini tadqiqot-roman sifatida baholaş mumkin. Çunki bu asar juda katta badiiy xomaşyoni qamrab olgan. Romanga asos bölgan material şu qadar keng qamrovliki, uni qamrab oliş va bemalol yayrab badiiy asar yozişni tasavvur qiliş qiyin. Ana şu çek-çegarasiz materialni ipidan ignasigaça diqqat-e’tibor bilan örganib çiqiş, saralaş, muhimlarini nomuhimlaridan ajratiş, har birini badiiy asar matniga […]
17.11.2026 | 12:37
88



