Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 14°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.11.2026 | 12:37

img69

TADQIQOT-ROMAN

“Yaldo keçasi” asarini tadqiqot-roman sifatida baholaş mumkin. Çunki bu asar juda katta badiiy xomaşyoni qamrab olgan. Romanga asos bölgan material şu qadar keng qamrovliki, uni qamrab oliş va bemalol yayrab badiiy asar yozişni tasavvur qiliş qiyin.

Ana şu çek-çegarasiz materialni ipidan ignasigaça diqqat-e’tibor bilan örganib çiqiş, saralaş, muhimlarini nomuhimlaridan ajratiş, har birini badiiy asar matniga örni-örni bilan tatbiq etiş – bu ulkan tadqiqotçilik salohiyatini talab etadi. Ulkan tadqiqotçilik salohiyatigina emas, balki ulkan tadqiqotçilik mehnati, maşaqqati, iztiroblarini ham taqozo etadi. Ana şularga köra, uni bemalol roman-tadqiqot, deya baholaş mumkin.

Nazarimizda, bunday romanni Xayriddin Sultondan boşqa bir yozuvçi yoza olmas edi.

Çunki ijodiy-ilmiy salohiyatdan taşqari, katta tarixiy material zaxirasi, davlat arxivi va şaxsiy hujjatgohlar, muzeylardan hamda boşqa rasmiy-norasmiy manbalardan jamğarma yaratiş, uning erkin tasarrufiga ega böliş har kimga ham nasib etavermaydi.

“Yaldo keçasi” romani – zamonaviy özbek romançiligida novatorlikdir. Novatorlik – yangiça yönaliş yaratiş, yangiça şakl va mazmun bunyod etiş demakdir. Adabiyotimizda şu paytgaça bir yozuvçi boşqa bir yozuvçining yönalişini qayta kaşf etib, yangi yönaliş sifatida maydonga olib çiqişi hodisasi borligini bilmayman. “Yaldo keçasi” romanida birinçi özbek milliy romani muallifi Abdulla Qodiriyning öziga xos romançilik yönalişi qaytadan kaşf etilib, yangi yönaliş sifatida davom ettirilgan. Şu paytgaça milliy adabiyotimizda heç bir yozuvçi boşqa yozuvçi romandagi syujet, obrazlar tizimi, konfliktlari, ğoyaviy-badiiy nuqtayi nazari, badiiy til va uslubini aynan – qanday bölsa – şunday davom ettira olmagan bölsa kerak.

“Yaldo keçasi” romanida “Ötkan kunlar” romanidagi badiiy syujet takomillaştirilgan, obrazlar şajarasi rivojlantirilgan – boş qahramon Otabek va uning ota-onasi, Kumuşbibining ota-onasi hayoti davom ettirilgan. Otabekning öğli Yodgorbekning hayoti, Yodgorbekning öğillari Ozodbek va Odilbeklarning qismati qalamga olinib, badiiy aks ettirilgan. Bu – şunçaki mantiqiy davom emas. “Ötkan kunlar”da boşlangan ijtimoiy hayot, undagi ziddiyatlarning öta keskinlaşuvi, çor hukumati imperiyasining mahalliy aholiga zulmi, bolşeviklar harakatining boşlanişi va ğalabasi, xalqning ikki tomonlama zulm ostida ezilişi, jadidlik harakati, bosmaçilik deb badnom qilingan milliy ozodlik harakati, sovet missionerligining makkor siyosati, aldangan avlodlar qismati tarixiy hujjatlar  va badiiy töqima asosida juda işonarli hamda ta’sirli tasvirlangan. Uşbu ijtimoiy-siyosiy talotumlar, oktyabr inqilobi, davlat va jamiyatning buqalamunligi oqibatida Otabek va uning şajarasi qurbon böladi. Şularga köra, bu yangi romanni “Ötkan kunlar” romanining davomi sifatida qabul qiliş mumkin. “Yaldo keçasi” romani özbek adabiyotida köpdan beri kutilgan yangi badiiy kaşfiyotdir.

“Yaldo keçasi” romani – Xayriddin Sulton ijodining çöqqisidir. Katta yozuvçining ijodida çöqqilar köp böladi. Hali bu uluğ yozuvçimizning ijodida yana yangi çöqqilar paydo bölişidan umidvormiz. Biz “Yaldo keçasi” yozuvçining hozirgaça yaratgan asarlari orasida eng baland çöqqi, degan fikrdamiz. “Yaldo keçasi” romani  mustaqillik davri, XXI asr boşlari özbek nasriy adabiyotining ham eng yaxşi asarlaridan biri desak, yanglişmaymiz. Çunki şu davrda yaxşi-yaxşi romanlar yaratilgan bölsa-da, ularning badiiy mazmun salmoqdorligi, mundarijaning keng qamrovliligi, badiiy tasvir hamda til va uslub tarovati bilan “Yaldo keçasi” boşqa, boşqaçadir.

Asarda juda gözal, jozibali, qodiriyona til va uslub yaratilgan. Tarixiy asar yaratiş – tarixiy til yaratişni ham taqozo etadi. “Yaldo keçasi”da “Ötkan kunlar” romanidagi tarixiy til va uslub me’yorlari qayta kaşf etilgan. Qodiriy qanday vazmin, gözal, jozibali, şirali tilda sözlagan bölsa, Xayriddin Sulton ham mana şu jozibadorlikni tölaqonli özlaştirgan. Qodiriy mumtoz tilining salmoqdorligi, serhaşamligi, maqol-matallarga boyligi, turkiy-forsiy-arabiy söz-iboralarni omuxta qilib şiravorlaştiriş, hatto, “Ötkan kunlar”dagidan ham köproq oyat va hadislarni juda örinli qöllaş asardagi yuksak badiiy mahoratni ta’minlagan. Öylaymiz va umidvormizki, bu asar xalqimizning sevimli kitobiga aylanadi hamda u kelajakda köplab ilmiy tadqiqotlarga obyekt bölib xizmat qiladi, yoş özbek kitobxonlariga milliy tarixni biliş, özlikni anglaşda yaqin kömakdoş böladi.

Nusratullo JUMAXÖJA,
filologiya fanlari doktori, professor

“Jadid” gazetasining 2026-yil 13-noyabrdagi 46-sonida


OG‘RIQ NUQTA

Statistik ma’lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda örta hisobda kuniga 137 ta oila rasman ajraşmoqda. Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida 24 ming 815 oilaning nikohi qonunan bekor qilinib, ötgan yilning şu davriga köra bu raqam 6,3 foizga köpaygan. Bu sanoq faqat ajrimgagina oid, uning oqibatida ma’naviy-ruhiy jabr körgan bolalar va ular çekayotgan iztiroblar adadi faqat Yaratganga […]

17.11.2026 | 14:24

img32

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img189

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img682