15.09.2025 | 16:52
1370
PALAG‘DA TUXUM HIDIDAN BILINADI
O‘z davrida yosh yozuvchilar yangi asarini Abdulla Qahhor nazaridan o‘tkazib olishni orzu qilgan. Ammo bu oson emasdi. Chunki so‘z zargari bo‘lgan adib yuzta asardan bitta yo ikkitasini tan olmasa, qolganini qaytarib bergan.

Bir-ikki surbetlar esa adibni go‘yo yangi oqimlarni tushunmaslikda ayblab, qo‘lyozmalarini o‘tkazishga harakat qilar ekan: “Iltimos, yana bir qaytadan o‘qib chiqing, mening stilim shunaqaroq, kosa tagida nimkosa qabilida yozaman”. Shundaylardan biri Qahhorning qahriga uchrab, shunday javob olibdi: “Birodar, tuxum ayniganini bilish uchun uni oxirigacha yeyish shartmas. Hididan bilinib turadi!”
Bugun bu gapni ijtimoiy tarmoqlardagi bemaza postlarga nisbatan ham qo‘llasa bo‘ladi. Oldimizdan chiqqan har bir kontentga munosabat bildirish, agar yoqmasa izohlarda “uchinchi jahon urushi”ni boshlashimiz shart emas. Saviyasiz yo axloqsiz postga ishora qilib o‘zimiz ham post qo‘ysak, bu bilan uning tegirmoniga suv quygan bo‘lamiz.
Chunki ko‘p va tez munosabat (ijobiymi yoki salbiy – farqi yo‘q) bildirilgan post ommalashib ketadi, “baxti ochiladi”.
Shuning uchun “virusli” kontentlarni e’tiborsiz qoldiring. Dislayk bosdim, haqorat qildim, degan gaplar ketmaydi. Instagram, facebook, telegram, yutub kabi tarmoqlar sizning so‘kinishingiz yoki tarbiyaviy ma’ruzangizni tushunmaydi. Ularga munosabat soni muhim, sifati emas.
Aynigan tuxumning hidini sezdingizmi, qozon qopqog‘ini yoping. Uni boshqalarga ham yedirishga urinmang. Bundan foyda yo‘q!
Olloyor BEGALIYEV
“Jadid” gazetasining 2025-yil 5-sentyabrdagi 36-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



