Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


30.07.2025 | 11:32

img441

“PREZIDENTIMIZGA VA’DA BERGANMAN!”

Abdulloh Jamoliddinov, yosh ixtirochi:

– Bu yil Yoshlar kunida Prezidentimiz bir guruh iqtidorli va ixtirochi yoshlar bilan uchrashdi. Unda men ham “Aqlli tomorqa” loyihasi bilan ishtirok etdim. Loyiham ekin maydonining tuproq namligini o‘lchab, avtomatik tarzda sug‘orib berishga ixtisoslashtirilgan. Natijada, bir tomchi ham ortiqcha suv isrof bo‘lmaydi. Butun dunyoda qurg‘oqchilik xavfi yildan-yilga oshib borayotgan bir paytda suvni tejashga kichik hissamni qo‘shishni istadim.

Yurtboshimiz loyihamni ijobiy baholadi. Ishimni e’tirof etib, shu zaylda davom etishimni ta’kidladi. Men ham Prezidentimizga yangi-yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish haqida va’da berdim. Hozir shu va’damning ustidan chiqish harakatidaman.

Bundan avval “Foydali ixtirolar” loyihasida qatnashib, sovrindor bo‘lganman. Bolaligimdan elektronikaga qiziqaman. O‘yinchoqlarning ichini ochib, ularning qanday ishlashini o‘rganardim. O‘zim ham turli qismlardan yangi o‘yinchoqlar yasashga harakat qilardim. Ota-onam, ustozlarim, Yoshlar ishlari agentligi vakillari yordami bilan bilimimni oshirib, loyihalarimni takomillashtirib boryapman.

Robototexnika va dasturchilikni teng olib ketishga harakat qilyapman. Ikkalasi o‘zaro chambarchas bog‘liq.

To‘g‘risi, nogironlar aravachasida yurganim uchun ko‘pchilikka qo‘shilishni istamasdim. Erta-yu kech uyda qamalib o‘tirardim. Telefon, internet tarmoqlari asosiy ermagim edi. Keyin o‘zimga o‘xshagan tengdoshlarimning katta-katta ishlarga qo‘l urayotganini ko‘rib, kuzatib havasim keldi. Shunday qilib, qiziqishim bo‘yicha olti oylik o‘quv kurslariga qatnay boshladim. Natijasi, ko‘rib turganingizdek, yomon emas.

Jyul Vernning “O‘n besh yoshli kapitan” romani bor. Asar qahramoni bo‘lmish o‘smir tengdoshim katta kemani boshqarib, ekipajni qaroqchilar changalidan sog‘-omon olib chiqib ketadi. Men ham o‘n besh yoshdan o‘tib, o‘n oltiga qadam qo‘ymoqdaman. Garchi kema kapitani bo‘la olmasam ham, ixtirolar dengiziga sho‘ng‘ib, eng sara durlarni termoqchiman.

Kelajakda o‘quv markazi ochib, unda robototexnika, IT va boshqa yo‘nalishlarni uka-singillarimga o‘rgatmoqchiman.

Abbosbek SHOYIMOV yozib oldi.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 25-iyuldagi 30-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599