Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.10.2024 | 16:53

img283

“PSIXOLOGIK KINDIK”

yoxud bolalarning ota-onaga ko‘r-ko‘rona qaramligi maqbulmi?

Tahririyatimizga murojaat qilgan qahramonimiz boshidan o‘tganlarini hikoya qilib, arzimagan gap-so‘zlar, maishiy muammolar bilan oilalar buzilayotgani, bolalar tirik yetim qolayotgani haqida yozishimizni iltimos qildi. Uning aytishicha, qaynonasi turmushlarini buzgan. Eri onasining qistoviga ko‘ra u bilan ajrashishga majbur bo‘lgan. Vaziyatni to‘liqroq tushunish, yoritish uchun qolgan ikkala tomon bilan telefon orqali bog‘landik.

SHAHODAT (kelin):

– Shu oilaga kelin bo‘lib tushganimdan buyon inson bolasiga qilinadigan muomala, mehr-­shafqatni ko‘rmadim. Aslida ham­ma muammolar to‘ydan oldin bosh­langan edi. Bo‘lg‘usi qayno­nam urush-janjal bilan ota-onamga keraksiz sarpolar qildirgan. Tekinga kelgan mebel-u gilam, parda­lar yoq­may: “Orzu-havasingiz yo‘q­­mi?” deya hatto to‘yimiz kuni ham ayyuhannos solgandi. Kuyov bo‘lmish esa mum tish­lab sukut saqlagan. To‘y o‘tgach hammasi iziga tushib, “ko‘rmagandek” bo‘lib ketishimga ishongandim. Qolaversa, onam nuqul bosh­qalarni misol keltirib, ularda ham shunday bo‘lganini, to‘y arafasida ikki tomon janjallashishi tabiiy hol ekanini takrorlardi. Afsuski, kutganimday bo‘lmadi. O‘tirsam o‘poq, tursam so‘poq – biror qilgan ishim qayno­namga yoqmasdi. Hovli supursam ham ularning ko‘ngli to‘lmagani uchun ikki qayta supurardim. Yillar shunday o‘taverdi, ikki farzandli bo‘lib ham o‘zimdan tinmadim, kunda-kunora onamnikiga ketardim. Ovqatim qaynonamga yoqmagani, ishlarga vaqtida ulgurmaganim, bolalarimga ko‘p vaqt ajratganim, onam yig‘inlarga yaxshi dasturxon qilib kelmagani uchun tez-tez janjal bo‘lardi. Qaynonam nuqul o‘zi kelin qilmoqchi bo‘lgan qizlarni maqtab gapirar, meni pastga urardi, “bari­bir yashashga qo‘ymayman”, der­di. Turmush o‘rtog‘im bir-ikki mar­ta aralashgan, ammo foydasi bo‘lmagan. Aslida, u onasining chizgan chizig‘idan chiqolmasdi, xuddi yosh go‘dakday tobe edi. Eng alamlisi unga hamma narsa baribir – ajrashsa ham, yashasa ham farqi yo‘q. Bir kuni qaynonam uyda bo‘lmagani uchun xo‘jayinimdan ruxsat olib onamni ko‘rishga bordim. Shu bahona bilan haydab yuborishdi. Bu safar qaytib bormadim, o‘zlari olib ketishini kutdim. Oradan bir hafta o‘tar-o‘tmas erim bosh­qasiga uylanayotganini eshitdim. Qaynonam hatto, kiyim-kechaklarimni ham bermadi. Turli nayranglar bilan aliment miqdorini ham kamaytirgan. Bolalarimni tirik yetim qildi. Oilalarni sababsiz ajra­tib yuboradiganlarga ham jazo bormikan qonunda?

BOTIR:

– Boshi berk ko‘chaga kirib qoldim. Bir tomondan MIB to‘lan­ma­gan aliment qarzlarini qista­sa, bir tomondan onam bu kelini­dan ham ayb topgani-top­gan. Bolalarimni juda sog‘inaman. Aslida Shahodat bilan ham yomon yasha­ma­yot­gandik. Biror marta so‘zim­ni ikki qilmagan. Faqat onam bilan til topisholmadi. Ko‘cha-ko‘yda ham bosh ko‘tarib yurolmay qoldim. Oshna-og‘ayni­larim “bolalaring­ni yetim qilishga uyalmaysanmi”, dey­di. Axir onam: “Yo xotiningni, yo meni tanla. Talog‘ini bermasang, oq qilaman, bergan sutimga rozi­mas­man”, deb shart qo‘ydi. Shu paytgacha onam­ning aytganini qilib kam bo‘lmadim. Qanday qilib, volidamga oq bo‘laman. Axir u ­dunyo­-yu bu dunyom kuyib ketadi-ku!

QAYNONA:

– Teng-tengi bilan – tezak qopi bilan, deb bekorga aytishmagan ekan. O‘zi boshidan o‘sha ivirsiqqa ko‘nglim chopmagan. O‘g‘limga yoq­di-ku, o‘zimga o‘xshatib tarbiya­lab olaman, deb o‘ylagandim. Besh yilda ham o‘zgarmadi. Imillab ish qiladi, na ovqatida maza bor, na qilgan ishida unum. Indamasang kun bo‘yi bolaga qaraydi. Biz ham bola boqqanmiz. Erta-yu kech bolalar bog‘chasida ishlab, o‘zimiz yemay-ichmay ming mashaqqat bilan katta qildik. U jonivor uyim-jo­yim deydiganlardan emas. Eri­ning topganini ko‘chaga sovuradi. Kunda onasinikiga qatnaydi, onasi gap o‘rgatib, xayolini buzadi. Mana endi bemalol o‘tiraversin onasi­ning oldida. Qarindoshlar: “Aralashmang, ikki yosh bir-birini tushunsa bo‘l­di”, deydi. Nega endi indamay qo‘ya­verarkanman, bekorga o‘g‘il boqib, katta qildimmi? Kelin, avvalo, menga yoqishi kerak. O‘g‘lim bilan yashash-yashamasligini men hal qila­man. Kerak bo‘lsa, yana uylanti­ra­man.

Fanda “psixologik kindik” ata­masi mavjud. Bu ota-ona va farzand o‘rtasidagi ruhiy, hissiy bog‘liq­likni, qaramlikni anglatadi. Bola tug‘il­ganidayoq, kindik kesiladi va ona­dan ajraladi. Yetuk shaxs­ni tarbiya­lash uchun “psixologik kindik”­ni ham go‘daklikdayoq ­uzish zarur. Aks holda, dilbandimiz o‘z fikriga ega bo‘lmagan, hayotda o‘rnini topolmaydigan inson bo‘lib ulg‘ayadi. Xalqimizda azal-azaldan ota-onaning ko‘ziga tik boqmaslik, so‘zini ikki qilmaslik kabi qadriyatlar shakl­langan. Ammo o‘g‘il-qizlarni qulday bosh­qarish, manqurt qilib tar­biyalash an’ana emas, aksincha bizga begona bo‘lgan qabihlik, johillik, kaltafahmlikdir. Siz-chi, siz qanday fikrdasiz, aziz gazetxon?

Muyassar IBROHIMOVA

“Jadid” gazetasining 2024-yil 27-sentyabrdagi 40-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596