21.08.2024 | 16:50
240
PULNI KIMDAN QIZGʻANYAPSIZ, “BYUDJET QO‘RIQCHILARI”?
Shu kunlarda Olimpiada g‘oliblariga berilgan pul, uy va ulovni muhokama qilayotgan “vatanparvar”larning postiga tez-tez ko‘zim tushyapti. Alamzada bu odamlarga baribir gap ta’sir qilmaydi. Ammo jim turish ham g‘alati. Ba’zi mulohazalarimni yozmoqchiman.

1. Yozgi Olimpiada medallarini fi zika, kimyo, adabiyot, tinchlik, fi ziologiya yoki tibbiyot hamda iqtisodiyot sohalaridagi Nobel, kino sohasidagi Oskarga teng lashtirish mumkin. Aslida keyingi ikki mukofot har yili, Olimpiada esa to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi.
2. Tan olishimiz kerakki, O‘zbekiston nomini dunyo davlatlarining siyosiy elitasi yaxshi bilsa ham, ular bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilgan esa-da, oddiy odamlar orasida hamon davlatimizni bilmaydiganlar bor. Ular uchun Samarqand, Buxoro degan tarixiy shaharlar, Imom Buxoriy, Navoiy, Ibn Sino, Beruniy degan tarixiy shaxslar yaxshi tanish. Yurtimiz Osiyoning markaziy qismida ekanini bilishadi. Ba’zan Pokiston yo Qozog‘iston bilan adashtirib ham qo‘yishadi. Olimpiada bahonasida esa ana shunday qatlamga ham Vatanimiz nomi va lokatsiyasini ko‘rsatib qo‘ydik.
3. Sportchilarimiz Olimpiadaga yetib borguncha ozmuncha xarajat qilganmi? Bolalikdan sport mashg‘ulotlari, keyinroq safarlar va boshqa chiqimlar. Aksari oddiy oiladan chiqqanini hisobga olsak, mehnatlari rohatini ko‘rishi kerak-ku.
4. Xalqimiz azaldan mard polvonlarni boshida ko‘targan. Oriyat uchun moli nima ekan, jonini ham tikkan. Shu orqali o‘z farzandlarini ham kuchli, jasur va kurashchan bo‘lishiga umid qilgan, shunday bo‘lgan ham.
5. Oxir-oqibat Olimpiada g‘oliblariga berilgan jami pul, uy va ulovlar narxi qo‘shilib, O‘zbekiston aholisiga bo‘linganda jon boshiga 500 so‘mdan ham tushmas ekan.
6. Shunday davlatlar borki Olimpiadaning bronza medaliga ham zor. Bittagina medal olgan sportchisini
boshiga ko‘tarib yuribdi.
7. Davlat bersa shu pulni o‘zbekning bolasiga beribdi. Shuni bayroq qilib, o‘zidan vatanparvar, byudjet qo‘riqchisi yasab olib, ijtimoiy tarmoqlarda shovqin solayotganlarning maqsadi nima? Piar! Tirnoq tagidan kir qidirish. Xulosa. Turkiylar azaldan jangari, qonida kurash hissi oqqan xalq. Sportdagi har bir g‘alaba bu xalqqa cheksiz-chegarasiz baxt ulashadi. Millionlab odamlar bugun Olimpiada g‘oliblariga shon-sharaf yog‘dirmoqda. Odamlarning quvonchini sindirmang.
Otabek BAKIROV,
Facebook
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596

