08.04.2025 | 17:35
638
QATOV VA MATOV
Shunday bir xalq termasi bor:
Tuyalar yurar matovga,
Kiyiklar yurar qatovga.
Shu baytdagi qatov so‘zining izidan tushib, ko‘p narsalarni bilib oldim.

O‘zbekiston xalq baxshisi Abdinazar baxshiga telefon qilib, shu termadagi qatov so‘zi haqida so‘radim. Baxshi bobo aytdiki, qatov – bu tog‘ning qat-qat bo‘lib qatlanib ketgan joylari. Tog‘ balandlagan sari unda shunday qat-qat qatlam ko‘payadi. Kiyiklar ko‘proq toshdan toshga sakrab qatovda yuradi. Bunga sabab, kiyikning kushandasi – bo‘ri qatovda yurishga qiynaladi, kiyikni ovlay olmaydi.
Qatovni qot ham deyishadi. Xalq termasida shunday gap bor:
Yigitlar yurar ot bilan,
Kiyiklar yurar qot bilan.
Tuyalar yurar matovda degan misraning ham o‘z ma’nosi bor. Tuyalarni ip bilan bir-biriga matab bog‘lash matov deyiladi. Tuyalarni ingichkaroq ip bilan matasangiz ham ular tartibni buzmay, bir-biriga matalib, izma-iz ergashib ketaveradi, matovni har tomonga tortqilashmaydi. Bu borada tuyalarda qat’iy tartib bor. Boshqa jonivorlarda bunday emas, ularni qalin arqon bilan matasangiz ham har tomonga tortqilashib, tartibni buzishga harakat qilishadi. Tuyalar azaldan karvon bo‘lib yurgani uchun bu intizom ularning qoniga singib ketgandir. Tuyalar matovda yurishning foydasini biladilar, shunday holda ular karvonda adashmaydilar, ortda qolib ketmaydilar.
Qashqadaryoda Qamashi tomonlarda Qatov degan tog‘ ham bor. Bu baland tog‘ ham qat-qat bo‘lib qatlanib turadi. Qarangki, o‘zbek xalq termalarida kelgan bu so‘z, hatto mamlakatimizda bir tog‘ning nomi bo‘lgan bu so‘z “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga kirmay qolgan.
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2025-yil 28-martdagi 13-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
87
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600