Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


04.09.2026 | 14:38

img2339

QO‘NG‘IROTDAN XONOBODGACHA

Har bir inson hayotida shunday maskan borki, uni boshqa hech bir joy bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Bu – Vatan. U inson tug‘ilgan joy, bolalik xotiralari, ota-ona mehri, ona tili va ajdodlar merosi bilan chambarchas bog‘liq. Ammo Vatan faqat tug‘ilib o‘sgan ko‘cha yoki mahalla bilan chegaralanmaydi. U keng tushuncha. Men uchun bu tuyg‘u Qoraqalpog‘istonning keng adirlaridan tortib, butun O‘zbekiston bilan uyg‘unlashadi.

Men Qo‘ng‘irot tumanidanman. Garchi Almati shahrida tug‘ilgan bo‘lsam ham bolalik xotiralarimdan tortib eng shirin damlarim aynan Qoraqalpog‘istonda, o‘zbek va qoraqalpoq do‘stlarim bilan birga o‘tgan. Bugun voyaga yetgan hududimga nazar tashlar ekanman, undagi o‘zgarishlarni ham Vatan taraqqiyotining bir ko‘rinishi sifatida qabul qilaman. Xususan, Qo‘ng‘irot tumaniga kiraverishdagi hududning yangilanib, chiroyli qiyofa kasb etayotgani kishida yaxshi taassurot uyg‘otadi. Kecha tanish bo‘lgan manzaraning bugun obod va ko‘rkam tus olayotgani yurtimizdagi yangilanishlarning bir misolidir.

Bunday o‘zgarishlarni mamlakatimizning turli hududlarida ham ko‘rish mumkin. Bir joyda yangi maktab va bog‘cha qad rostlaydi, boshqa hududda yo‘l va infratuzilma yaxshilanadi, yana bir manzilda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi. Ularning barchasini inson uchun munosib hayot yaratishdek ulug‘ maqsad birlashtiradi. “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” degan g‘oya ham aynan shu ma’noni anglatadi.

Yaqinda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va “Anor” loyihasi hamkorligida tashkillashtirilgan tadbir doirasida xorijda yashayotgan yosh vatandoshlar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldim. Ularning hayoti va dunyoqarashi turlicha bo‘lsa-da, Vatan haqidagi fikrlarida umumiy birlik bor. Kim uchundir O‘zbekiston ota-onasi hikoya qilib bergan yurt, kim uchundir ajdodlari tug‘ilgan zamin. Ammo ularning barchasini O‘zbekiston nomi birlashtiradi. Shu jihatdan “Yagona xalq” degan tushuncha bir xil fikrlash degani emas. Bu turli qarash, turli hudud va turli hayot tarziga ega insonlarning umumiy maqsad yo‘lida birlashishidir.

Qoraqalpog‘iston ham ana shu katta oilaning ajralmas qismidir. Uning o‘ziga xos tabiati, madaniyati va qadriyatlari O‘zbekistonning umumiy boyligini yanada rang-barang qiladi.

Bugun Qoraqalpog‘iston haqida gapirganda, uning yoshlarini ham alohida tilga olish kerak. Chunki Vatanning kelajagi bilimli, tashabbuskor va katta maqsadlar sari intilayotgan avlod bilan bog‘liq.

Buni qoraqalpog‘istonlik Hurliman Kalibayeva misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Uning AQSHdagi Mari Bolduin universitetining to‘rt yilda faqat bir da’vogarga beriladigan 250 ming dollar miqdoridagi grantni qo‘lga kiritgani keng jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu yutuq uning shaxsiy muvaffaqqiyati bo‘lishi bilan birga, Qoraqalpog‘iston yoshlarining salohiyatini ham namoyon etadi.

Eng muhimi, bunday natijalar boshqa yoshlar uchun ham ilhom manbayi bo‘ladi. Bir insonning yutug‘i ortidan yana ko‘plab yoshlar o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yishi mumkin. Yurtimizning har bir hududida ana shunday intiluvchan yoshlar ko‘paygani sari umumiy kelajagimiz ham mustahkamlanadi.

Bugun oldimizda turgan vazifa – o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodga munosib sharoit yaratish va yurtimizning har bir hududini birgalikda rivojlantirishdir.

Qoraqalpoq farzandi sifatida shuni mamnuniyat ila ayta olamanki, har bir yaxshi o‘zgarishni O‘zbekistonning umumiy taraqqiyoti bilan bog‘layman. Qo‘ng‘irotning yangilanayotgan qiyofasi ham, qoraqalpog‘istonlik yoshlarning xalqaro yutug‘i ham, mamlakatimizning boshqa hududlaridagi bunyodkorliklari ham bitta maqsadga – xalqimiz uchun farovon hayot yaratishga xizmat qiladi.

Zero, yagona Vatan – umumiy taqdirimiz. Yagona xalq – umumiy kuchimiz. Yangi hayot va kelajak esa barchamizning birgalikdagi mehnatimizdir.

Bayjol BAXIT,
O‘zJOKU talabasi.
(Qoraqalpog‘iston Respublikasi).

“Jadid” gazetasining 2026-yil 28-avgustdagi 35-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img97

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img135

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img328