Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.02.2025 | 19:00

img512

“QURB” QAYGACHA YETADI?

Biror narsaga kuch va imkoniyat yo mablag‘ yetishi haqida gap ketganda “Qurbing yetadimi?” deymiz. Xo‘sh, qurb so‘zi asli qanday ma’noga ega?

“O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da arabcha qurb so‘ziga “yaqinlik, qarindoshlik” ma’nosini anglatadi, deb izoh berilgan. Holbuki, bu so‘zning ma’nosi bizning hozirgi tilimizda butunlay o‘zgarib ketgan. Hatto, “Qurbi qanchaga yetadi?” degan gapni “Puli qancha?” deb tushunamiz. Xullas, qarindoshlik o‘rnini pul va boylik tortib olgan.

“Navoiy asarlari lug‘ati”da qurb so‘zining qarindoshlik ma’nosini anglatishi haqida hech narsa deyilmaydi va qurb – yaqinlik, yaqin bo‘lish, qurbat – yaqinlik, yetishish, deb izohlanadi. Yaqin qarindoshlik Navoiyda qarobat so‘zi bilan ifodalandi.

“Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati”da qurb so‘zi yaqinlik, yaqin bo‘lish ma’nosi bilan birga qobiliyat va loyiqlik ma’nosida ham izohlanadi. Lekin, baribir, ilk ma’no “yaqinlik” bo‘lib qolaveradi.

Navoiyda qurb so‘zi Xudoga yaqinlik ma’nosida keladi. Masalan, “Nasoyim ul-muhabbat”da Abulhusayn Ibnulhind al-Forsiy ta’rifida shunday gaplar bor: “Har kishini Haq taolo o‘z qurbi bisotida o‘lturtqay, har ne anga yetsa, ani rozi va xushnud qilg‘ay, nechunki, qurb bisotida norizoliq va noxushnudluq bo‘lmagay”. Bu yerda qurb so‘zi Allohga yaqinlik ma’nosini ifodalab kelayotgani yaqqol ko‘rinib turibdi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi paytda pul va mol-dunyoga yaqinlik ma’nosini ifodalashga majbur bo‘lib qolgan “Qurbi yetadimi?”, “Qurbi qanday?” degan gaplar bir zamonlar tilimizda “Xudoga yaqinligi qanday, imon-e’tiqodda darajasi qanday?” degan ma’noni anglatgan bo‘lsa, ajab.

Eshqobil SHUKUR

“Jadid” gazetasining 2025-yil 7-fevraldagi 6-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599