Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.08.2024 | 12:55

img244

Rossiya va G‘arb davlatlari jami 26 nafar mahbusni almashdi

Turkiya poytaxti Anqara shahrida 1-avgust kuni Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Belarus, AQSh, Germaniya, Polsha, Sloveniya va Norvegiya jami 26 kishini almashdi: 10 kishi Rossiyaga, 13 kishi Germaniyaga, 3 kishi AQShga jo‘natildi.

Rossiya G‘arbga 16 kishini topshirdi. Ular: Evan Gershkovich (The Wall Street Journal muxbiri), Pol Uilan (AQShning sobiq harbiy xizmatchisi), Alsu Kurmasheva (“Ozodlik radiosi” jurnalisti), Vladimir Kara-Murza (siyosatchi), Andrey Pivovarov (siyosatchi va “Otkritoy Rossii” sobiq direktori), Ilya Yashin (muxolifatchi siyosatchi), Sasha Skochilenko (rassom), Kseniya Fadeyeva (Navalniyning Tomskdagi shtab-kvartirasi sobiq rahbari), Liliya Chanisheva (Aleksey Navalniyning Ufadagi shtab-kvartirasi sobiq rahbari), Vadim Ostanin (Navalniyning Barnauldagi shtab-kvartirasi sobiq rahbari), Oleg Orlov (“Memorial” markazining sobiq hamraisi), Kevin Lik (19 yosh, davlatga xiyonatda ayblangan), German Moyjes (veloaktivist).

Shuningdek, Belarusda o‘lim jazosiga hukm qilingan Germaniya fuqarosi Riko Kriger ham ozodlikka chiqdi. Hukmdan keyin u Aleksandr Lukashenkoning qarori bilan afv etilgan. Ayirboshlash ro‘yxatiga, shuningdek, Patrik Shebel (Germaniya fuqarosi, giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanmoqda) va siyosatshunos Diter Voronin (u jurnalist Ivan Safronov ishi epizodlaridan biriga aloqador) ham kiritilgan, ularning shaxsi rasman tasdiqlanmagan.

G‘arb esa Rossiyaga 10 kishini berdi: Vadim Krasikov (Germaniyada qotillikda ayblanib sudlangan), Artyom Dulsev (Sloveniyada josuslik ishi bo‘yicha sudlangan), Anna Dulseva (Sloveniyada josuslik ishi bo‘yicha sudlangan), Mixail Mikushin (Norvegiya hukumati tomonidan josuslikda ayblanmoqda), Pavel Rubsov (Rossiya Mudofaa vazirligiga bo‘ysunuvchi Bosh razvedka boshqarmasining ehtimoliy agenti), Roman Seleznev (AQShda bank kartalari ma’lumotlarini o‘g‘irlagani uchun 27 yilga qamalgan), Vladislav Klyushin (kompyuter tarmoqlarini buzishda ayblanib, AQShda sudlangan), Vadim Konoshenok (FXX — Federal xavfsizlik xizmatining ehtimoliy agenti). Artyom va Anna Dulsevlarning ikki farzandi bor — ular ota-onalari bilan Rossiyaga ketdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vnukovo aeroportida almashinuv natijasida Rossiyaga qaytganlarni kutib oldi.

“Avvalo, barchangizni vatanga qaytganingiz bilan tabriklayman. Hozir orangizdagi harbiy xizmatga bevosita aloqasi bor kishilarga murojaat qilmoqchiman. Qasamyodingiz, burchingiz va sizni bir daqiqa ham unutmagan vatanga sodiqligingiz uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Hammangiz davlat mukofotlari bilan taqdirlanasiz. Siz bilan yana ko‘rishamiz, kelajagingiz haqida gaplashamiz. Hozir esa sizni uyga qaytganingiz bilan tabriklamoqchiman”, — dedi u.

AQSh prezidenti Jo Bayden mahbuslar almashinuvi bo‘yicha bayonot berdi.

“Ushbu ayol va erkaklarning ayrimlari ko‘p yillar davomida nohaq qamoqda saqlangan. Ularning barchasi aql bovar qilmas azob-uqubatlarni va noma’lumlikni boshdan kechirdi. Bugun ularning azob-uqubatlari tugadi” — dedi Bayden. U “og‘ir va murakkab muzokaralar” davomida AQShni qo‘llab-quvvatlagan ittifoqchilarga minnatdorlik bildirdi. AQSh prezidenti bunda Germaniya, Polsha, Sloveniya, Norvegiya va Turkiyani nazarda tutdi.

Bayden va vitse-prezident Kamala Harris ham ortga qaytarilgan amerikaliklarni aeroportda kutib oldi.

Marhum Aleksey Navalniyning ayoli Yuliya Navalnaya barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi:

“Ulkan, juda uzoq va mashaqqatli ish, bir necha yil davom etgan muzokaralar, fevral, hammani qutqarishga bo‘lgan yangi urinishlar. Mana shu odamlarning hammasi ozodlikda. Bu — katta baxt! Ozod qilingan har bir siyosiy mahbus — ulkan g‘alaba va quvonch. Hech kim Putinning garovida qolmasligi, qiynoqqa solinmasligi va Putin qamoqxonasida o‘lmasligi kerak. Biz hali ko‘p kurashishimiz kerak: Daniel Xolodnыy, Vadim Kobzev, Aleksey Lipser, Igor Sergunin. Ularni ozod qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Barcha siyosiy mahbuslarga ozodlik!”


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324