Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.11.2025 | 10:13

img539

“С5+1”=!

Jamoliddin BADALOV

Jahon siyosati va iqtisodiyotida keskin o‘zgarishlar yuz berayotgan bir davrda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi, ayniqsa, dunyoning qudratli davlati bo‘lmish AQSH bilan strategik munosabatlarni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari alohida e’tiborga loyiq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan Vashington shahriga amaliy tashrifi aynan shunday muhim voqelik bo‘ldi. Bu tashrif ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlik va xavfsizlikni ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Bu galgi tashrif shu yil­ning o‘zida AQSHga amal­ga oshi­rilgan ikkinchi tashrif hi­sob­lanadi. Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasining yubi­­ley sessiyasi doirasida AQSH bilan xalqimiz manfaat­lariga mos kelishuv va bitimlar imzolan­di. Xusu­san, AQSHning yetakchi kom­pa­niyalari bilan fuqaro aviat­siyasi, tog‘-kon sanoati, moliya va innovatsiyalar, kimyo, energetika va boshqa ustu­vor yo‘nalishlarda umu­miy qiymati 100 milliard dollar­dan ziyod shartnomalar va istiqbolli loyihalar port­feli shakllantirildi. Ushbu tarixiy voqea mamlakatimizning in­ves­­titsiya­viy jozibador­ligi, AQSH kompaniyalarining O‘zbe­­kis­ton iqtisodiyotiga qi­zi­qishi, yurtimizda amalga oshi­ri­la­yotgan islohotlarning samaradorligi va biznes yuri­tish uchun yaratilgan qulay sharoitlarning ortib bora­yot­gani natijasidir. Ushbu keli­shuv­lar O‘zbekistonning iqti­­so­diy rivojlanishi va jahon­dagi nufuzini yanada mus­tah­kamlashga, xalqi­mizning hayot darajasini oshi­rishga xiz­mat qiladi.
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko‘zla­gan siyosati va tinimsiz izlanishi tufayli O‘zbekiston yangi taraqqiyot yo‘lidan ildam bormoqda. Davlati­miz tomonidan ochiqligi va jadalligi bilan ajralib turgan izchil, aniq va konstruktiv siyo­sat olib borilayotgani AQSH bilan munosabatlarda ham namoyon bo‘lmoqda. Prezident Donald Tramp: “Prezident Mirziyoyev – bir so‘zli inson, biz boshqa ko‘plab masalalar ustida birgalikda ishlashda davom etamiz!” deya olqishlashi ham yirik davlatning O‘zbekistondagi ortga qayt­mas islohotlarga ishonchini namoyon etadi.
Amerikaliklarning dono ma­qoli bor: “Odamlarning so‘zi­­ga emas, ishiga boq”. Mil­liy yetakchimiz o‘zining oqilona siyosati va amaliy ish­lari uyg‘unligi bilan jahon­da katta obro‘ va e’tibor qozondi. Shu o‘rinda bir fikrni aytmoqchimiz. Hozirgi kunda dunyoda rasman 200 dan ziyod mustaqil davlat bor, lekin ayrimlarining mustaqilligi sun’iy, faqat qog‘ozda. Chunki ular siyosiy, iqtisodiy yoki xavfsizlik jihatidan u yoki bu davlatga tobe. Afsuski, ularning taqdiri o‘z poytaxtlarida emas, boshqa poytaxtlarda hal eti­ladi. O‘zbekiston ulardan farqli o‘laroq, haqiqiy mustaqillik­ka ega bo‘ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘ta tahlikali va murakkab davrda jonajon Vatanimiz istiqlolini nafa­qat ko‘z qorachig‘idek asrab himoya qilmoqda, balki uni tez sur’at­lar bilan har tomonlama mus­tah­kamlab bormoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari, uzoq va yaqindagi barcha xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona, o‘zaro manfaatli munosabatlar qat’iy qaror topdi. Shuni anglash lozimki, bu yutuqlar o‘z-o‘zidan yoki tasodifan kelayotgani yo‘q. Har bir muvaffaqiyat negizida Prezidentimizning chuqur o‘ylangan siyosati va irodasi turibdi.
AQSHdek buyuk davlat hamma bilan do‘stona munosabat o‘rnatmaydi. Bu davlat O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan, uning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ekan, Markaziy Osiyoga oid tashqi siyosatini belgilash va olib borishda O‘zbekiston­ga suyanishga intilmoqda. Prezidentlar daraja­sidagi muloqot O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Bu esa ikki mamlakat manfaatlariga mos keladigan uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Tashrif dasturidan AQSH Kongressi va hukumati vakillari bilan muzokaralar, ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar hamda ishbilarmon doiralar ishtirokida davra suhbati ham o‘rin olgani iqtisodiy hamkorlikka berilayotgan ustuvor ahamiyatdan dalolat beradi. O‘zbekiston keyingi yillarda inves­titsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiyotni erkinlashtirish va korrupsiyaga qarshi kura­shish borasida jiddiy islohotlarni amal­ga oshirmoqda. Bu islohotlar AQSH kompa­niyalariga O‘zbekiston bozoriga kirish va investitsiya kiritish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. O‘zbe­kistonda faoliyat yuritayotgan AQSH kompaniyalari orasida “Exxon Mobil”, “CNH Industrial”, “Coca-Cola”, “Hyatt”, “Hilton”, “John Deere”, “Honeywell”, “Caterpillar” va boshqalar bor.
AQSH ilg‘or texnologiyalari, kapitali va boshqaruv tajribasining O‘zbekistonga kirib kelishi mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, sanoat, qishloq xo‘jaligi va energetika sohalarini rivojlantirish uchun dolzarb ahamiyatga ega. Prezidentimiz tashrifida Savdo palatasi raisining ishtirok etishi ham iqtisodiy aloqalarni jonlantirish, o‘zaro savdo aylanmasini ko‘paytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq qadam tashlanayotganini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Tashqi siyo­siy faoliyat konsepsiyasi”ga muvofiq Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamkorlik respublikamiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Hozirgi O‘zbe­kiston–AQSH munosabatlari o‘zining ko‘p qirrali jihatlari va uzoq muddatga mo‘ljal­langani bilan ajralib turadi. Va ayni paytda xalqaro huquq normalarining umume’tirof etilgan tamoyillari, xususan, o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini inobatga olishga asoslangan. O‘zbekiston va AQSH bir qator xalqaro hamda mintaqaviy muammolar bo‘yicha bir xil pozitsiyaga ega bo‘lib, mintaqa va jahon miqyosidagi xavfsizlik tahdid­lari, xususan, giyohvandlik moddalari­ning ayla­nishi, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqa­lishiga qarshi kurash, shuningdek, Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash sohalarida o‘zaro faol hamkorlikka alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ikki davlat munosabatlarida sifat jihatidan yangi va o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘l­ga qo‘yishga asos bo‘lgan hujjat 2002-yili imzolangan Strategik sherikchilik va hamkorlikning asoslari to‘g‘risidagi Dek­la­­ratsiya hisoblanadi. Ikki tomonlama hamkorlikni uzviylashtirish, qayd etilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida bajarish maqsadida keng qamrovli “Yo‘l xaritasi” ham amalga oshirilmoqda. O‘tgan qisqa davr ichida turli darajadagi delegatsiyalar almashildi. Davlat rahbarlari 2017-yil may oyida Ar-Riyod shahrida va sentyabrda Nyu-Yorkda uchrashdilar. 2018-yil 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti tomonidan kutib olindi. Oq uydagi uchrashuv chog‘ida qabul qilingan “O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi” nomli Qo‘shma bayonot haqiqatan ham o‘z nomlanishi va mazmun-mohiyati bilan juda ko‘p narsani anglatadi. Har ikkala tomonning uzoq kelajakka mo‘ljallangan intilishlarini tasdiqlaydi.
Shavkat Mirziyoyev va Donald Trampning shu yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralari O‘zbekiston va AQSH munosabatlarini barqaror darajaga olib chiqdi. O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Abdulaziz Komilov ta’kidlaganidek, mamla­katlar o‘rtasidagi munosabatlar ikki shartli bosqichdan o‘tgan. 2017-yilgacha hamkorlik “yetarlicha barqaror bo‘lmagan”, asosan, xavfsizlik va Afg‘oniston masalalari bilan cheklangan edi. Savdo-iqtisodiy yoki investitsiya sohasidagi hamkorlikka kelsak, afsuski, bu borada sezilarli natijalarga erisha olmaganmiz. Prezidentimizning 2018-yilda Vashingtonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi strategik sheriklikning yangi davrini boshlab berdi. Bu bosqich hamkorligimizning deyarli barcha sohalarini qamrab olgan keng miqyosdagi kun tartibini shakllantirish bilan tafsiflanadi.
Bugun Amerikadagi nufuzli siyosiy doira va biznes vakillari mamlakatlarimiz o‘rtasida hamkorlikning yangi bosqichi boshlanganini e’tirof etmoqda. So‘nggi yillarda ikki mam­lakatning o‘zaro savdo hajmi ikki baravar oshdi. Amerikalik sayyohlarning O‘zbe­kis­ton­­ga oqimi 50 foizga ko‘paydi. AQSH Kong­ressida “O‘zbekiston bo‘yicha kokus” – res­publika­ning norasmiy do‘stlari guruhi tuzildi. Tosh­kentda keng qamrovli, jumladan, marketing va tadbirkorlik, kompyu­ter fan­lari, media industriyasi, sog‘liqni saqlash boshqaruvi kabi akademik dasturlarni o‘z ichiga olgan Vebster universitetining filiali ochildi.
AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik shu lavozimga kirishishdan oldin AQSH Senatida so‘zlagan nutqida aytganidek, O‘zbekiston – Markaziy Osiyoning yuragi va AQSHning kuchli sherigi. Henik Toshkent bilan hamkorlikning ta’sirini butun mintaqa, shuningdek, Yevrosiyo, hatto Hind va Tinch okeanlari hududlari mamlakatlari bilan ham bog‘laydi.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “C5+1” formatidagi sammitida ishtirok etdi. Mazkur format mintaqaviy hamkorlik va xavfsizlikni ta’minlashda alohida ahamiyat­ga ega. Prezidentimizning tashabbuslari bilan mintaqaviy hamkorlik so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilganini barcha­miz yaxshi bilamiz. Sammit doirasida Afg‘o­nistondagi vaziyatni barqarorlash­tirish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash, chegara xavfsizligini mustahkamlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish va minta­qaviy iqtisodiy integratsiyani chuqur­lashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston bu jarayonlarda mintaqadagi barcha davlatlar manfaatiga xizmat qiladigan konstruktiv muloqotni ilgari surmoqda. Sammit O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik sheriklikni chuqur­lashtiradi, ayni paytda Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlik va barqarorlikni ta’minlashda ham salmoqli qadam bo‘ladi. 
“5+1” deb ataluvchi ko‘p tomonlama uchra­shuvlar formati Markaziy Osiyoning beshta davlati (“5”) va xalqaro hamkor (“1”)ni nazarda tutadi. Mazkur format davlat rahbarlari, tashqi ishlar vazirlari va ekspert­lar darajasida tashkil etiladigan uchrashuv hamda forumlar doirasida muntazam mulo­qot qilish uchun diplomatik platforma vazifasini o‘taydi. 2015-yilning noyabr oyida Samarqandda AQSH tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “C5+1” hamkorlik forma­tida Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi ishlar vazirlari va AQSH davlat kotibi ishtirok etib kelgan. Keyingi yillar davomida yana bir nechta uchrashuvlar o‘tkazilgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 19-sentyabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “C5+1” formatidagi birinchi sammitida ishti­rok etgan. 
Bu platforma orqali AQSH o‘zining mintaqaga nisbatan siyosatini tushuntiradi, Markaziy Osiyo hukumatlari pozitsiyalari va qiziqishlari bilan tanishadi, o‘zaro fikr almashiladi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘i­ziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbariyatlari bu formatni qadrlaydi, unga “samarali davra” deb qaraydi. Yiliga kamida ikki bor o‘tkaziladigan yig‘inlar mintaqa va Vashingtonni bir-biriga yaqinlashtirib, o‘zaro ishonchni oshiryapti.
2021-yildan beri “C5+1” muloqoti yanada jadallashmoqda. Iqtisodiy hamkorlikni kengay­tirishga talab yuqori, atrof-muhit bilan bog‘liq muammolarga qarshi birgalikda chora ko‘rish istagi kuchli. Platforma 2022-yildan o‘z kotibiyatiga ham ega bo‘lib, uning vazifasi hukumatlararo samarali aloqani ta’minlash, yig‘inlarni o‘z vaqtida tashkil etish va maqsadlar amalga oshishi uchun qilinayotgan harakatlarni sarhisob qilib borishdan iborat.
AQSH Markaziy Osiyoda 1990-yillardan beri mustaqillik va suverenitetga urg‘u berib, bu respublikalarni quvvatlab kelmoqda. Bill Klinton, Jorj Bush, Barak Obama, Jozef Bayden va Donald Tramp kabi barcha prezidentlar davrida bu yondashuv o‘zgarmadi. AQSH diplomatlarining fikricha, bu davlatlar ancha oyoqqa turib oldi, ular katta yo‘lni bosib o‘tdi, mustaqil va o‘z tizimlariga ega bo‘ldi. Bugun mintaqa o‘zgarib bormoqda. Bu tashqi dunyoni ham shunga yarasha harakat qilishga undaydi. Masalan, Amerika bilan hamkorlik O‘zbekiston va qo‘shnilarimizni global moliya bozoriga, innovatsion firmalar, ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika bobida gigant ishlar ketayotgan maydonga olib chiqadi. O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari Amerika bilan shu jihatlari uchun ham yaqindan ishlashni xohlaydi. Negaki, bugungi zamonaviy dunyoda konchilik, neft va gazga tayanib yashash bilan iqtisodni rivojlantirish qiyin. Hamma ham bu borada muvaffaqiyat qozongan emas. Tabiiy boyligiga tayangan ayrim davlatlar boy, ayrimlari esa qashshoq. Inson kapitaliga sarmoya yo‘llash haqida ko‘proq o‘ylash kerak. AQSH ilm-fan, texnologiya, ta’lim bobida samarali yordam ko‘rsata oladi.
Amerikaliklar nazarida, Prezident Shavkat Mirziyoyev har safar nutq so‘zlaganda, undan yanada ko‘proq ishlar, kattaroq qa­damlar kutilmoqda. O‘zbekiston xalqi o‘z rahbariga ishonmoqda, demak, Amerika ham shunga qarab harakat qiladi. Kongressda, boshqa hukumat organlari va idoralarida Shavkat Mirziyoyev ijobiy tilga olinadi, uning qarorlariga qiziqish yuksak. Shu bois, Markaziy Osiyo haqida gap ketganida, O‘zbekiston muhokama markazida bo‘lishi tabiiy holga aylanmoqda.
Tramp ma’muriyati davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga Markaziy Osiyodagi dinamikani ijobiy tomonga burgan lider sifatida qaramoqda. “C5+1” formatidagi dialog markazi, oddiy qilib aytganda, Toshkent bo‘lib qolgani ham O‘zbekistonga yangi vazifa va mas’uliyat yuklaydi. Lekin mintaqaviy hamkorlik, birdamlik faqat irodaga bog‘liq emas. Tuzilmaviy to‘siqlar hali talaygina. Masalan, O‘zbekiston dengizga chiqish uchun ikki davlatni kesib o‘tishi kerak. Tranzit qimmat. Geografiya, afsuski, iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ham ta’sir qiladi. Gap yana mustahkam tizimlar barpo etishga, iqtisodiy diversifikatsiyaga, mintaqani ochish, mamlakatni yanada erkin va ochiq jamiyatga aylantirishga borib taqaladi.
Bir tomondan, “5+1” formati hamkorlik uchun qulay diplomatik platforma hisoblansa, boshqa tomondan, “muvozanatlashtiruvchi mintaqaviylashuv” nazariyasiga ko‘ra, ko‘p qirrali hamkorlik va muloqot shakllari orqali tashqi siyosatni amalga oshirish hamda tashqi kuchlarning ta’sirini muvozanatlovchi norasmiy vositadir. Shu nuqtayi nazardan, hozirgi geosiyosiy vaziyat va sharoitda Markaziy Osiy davlatlari uchun xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash g‘oyat muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu hamkorlikni chuqurlashtirish Markaziy Osiyoning ahamiyatini oshirib, mintaqa manfaatlari yo‘lida turli masalalarni bartaraf etishning samarali omili sanaladi.

«Jadid» gazetasining 2025-yil 7-noyabrdagi 45-soni


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img82

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132