Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


01.08.2026 | 10:06

img2194

SAHIFALARDAGI SABOQLAR

Tarix – xalqning o‘tmishi, buguni va ertasi o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik. Tarixini teran anglagan millatgina kelajagini ishonch bilan barpo etadi. Shu ma’noda, arxeolog, tarixshunos va publitsist Amriddin Berdimurodovning “Sahifalarga sochilgan saboqlar” kitobi shunchaki ma’lumotlar jamlanmasi yoki tarixiy sana, hodisalar sharhidan iborat emas. Unda tarixni xalqning muqaddas xotirasi deb e’zozlovchi, butun umr osori-atiqalar, qadimiy yodgorliklarni izlab topish, uni asrab-avaylashga jahd qilgan arxeolog yozuvchining boshdan kechirganlari, milliy arxeologiyamizning yo‘qotish va evrilishlari haqida so‘z boradi.

Kitob Yer yuzining sayqali, ko‘hna va navqiron Samarqand shahrining uch ming yilligiga bag‘ishlanib, shonli tariximizning turli davrlarini yoritishga, sobiq Ittifoq paytida yurtimizdan olib ketilgan noyob topilmalar va ularni muzeylarimizga qaytarishga oid esse, suhbat, publitsistik maqolalardan tashkil topgan. Asarning o‘ziga xosligi – tarixiy voqealar quruq fakt sifatida emas, balki hayotiy mushohada va chuqur tahlil bilan yoritiladi. Tarixning bugungi taraqqiyotimizdagi o‘rni haqida muhim fikrlar ilgari suriladi.

Asar besh bo‘limdan iborat. Birinchi bo‘limda istiqlol g‘oyasi, milliy meros, Temuriylar Renessansi, milliy g‘urur va tarixiy xotira masalalari tahlil qilingan. Keyingi bo‘limdan qadimgi Turon, Iskandar Makedonskiy, Chingizxon davri, Buyuk Ipak yo‘li, qadimiy shaharlar tarixi haqidagi qiziqarli mulohazalar o‘rin olgan. Muallif tarixiy manbalarni arxeologik dalillar bilan uyg‘unlashtirib, o‘quvchiga yaxshi tanish bo‘lgan ayrim qarashlarga yangicha nigoh tashlaydi.

Kitobning uchinchi bo‘limi Amir Temur va temuriylar davriga bag‘ishlangani bilan alohida ahamiyatga ega. Unda Sohibqironning davlatchilik siyosati, bunyodkorlik faoliyati, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, Robiya Sultonbegim singari tarixda munosib o‘rin tutgan ayollar taqdiriga bag‘ishlangan maqolalar kitob mazmunini yanada boyitgan. Muallif tarixiy shaxslarni ortiqcha madh etmasdan, ularning faoliyatini ilmiy manbalar va dalillar asosida tahlil qiladi. So‘nggi bo‘limlarda turli mavzularga bag‘ishlangan publitsistik maqolalar jamlangan. Ularda nafaqat tarix, balki san’at, madaniyat, ma’naviyat, milliy qadriyatlar, arxeologik kashfiyotlar va zamonaviy taraqqiyot masalalari ham qamrab olingan.

Kitob tili sodda, ravon va ta’sirchan. Ilmiy ma’lumotlar badiiy mushohadalar bilan uyg‘unlashganki, kitobxon aslo zerikmaydi. Asarning yana bir ta’sirli jihati, unda ma’naviy jasorat, vatanparvarlik ruhi kuchli. Bu tuyg‘u tarixiy haqiqat, ilmiy dalil va hayotiy misollar vositasida ifoda etilgan. Muallif o‘quvchini o‘tmish bilan faxrlanishga chaqirish bilan birga, o‘z tarixini bilish va undan to‘g‘ri xulosa chiqarish zarurligini ham uqtiradi.

Arxeolog 1991-yil 8-yanvarda “Yosh leninchi” gazetasida chop etilgan maqolasida: “Agar biz O‘zbekiston atalmish tabarruk zaminda ozod, rivojlangan, har tomonlama mukammal davlat qurishni niyat qilgan bo‘lsak, o‘tmishimiz va kelajagimizga ham o‘zimiz egalik qilishimiz kerak”, deydi. Eng muhimi, u o‘quvchida o‘tmishga nisbatan hurmat, milliy g‘urur va kelajak uchun mas’uliyat tuyg‘usini shakllantiradi.

Millat xotirasiga ehtirom, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini targ‘ib etuvchi bu kabi kitoblar ajdodlar merosini asrab-avaylash, milliy o‘zlikni mustahkamlash va kelajak avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida muhim qo‘llanmalardan biri, deb baholashimiz mumkin.

Muyassar IBROHIMOVA

“Jadid” gazetasining 2026-yil 31-iyuldagi 31-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img96

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img135

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img328