21.04.2025 | 16:57
261
“SAMOLARGA TERMILTIRGAN OROMIJON…”
Valentina Goryacheva aviatsiya kursanti Yuriy Gagaringa turmushga chiqqanida hali nomi tarixda qolishini bilmagan edi. Oddiy raqs kechasida past bo‘yli, ozg‘in, taroshlangan kirpisoch, shalpangquloq yigitga sherik bo‘ldi‑yu, hayoti butkul o‘zgarib ketdi. Keling, bugun boshi osmonga yetsa ham odamiyligini saqlab qolgan kosmonavt va uning qahramon ayoli haqida gaplashamiz.

Maxfiy topshiriq
Bir oqshom Yuriy Moskvaga shoshilinch jo‘nab ketadi. Sababini aytolmasdi, topshiriq shunday bo‘lgandi. U eng qiyin sinovlardan, tibbiy komissiyadan o‘tib, 3000 dan ortiq talabgorni yengdi. Bir muddat o‘tgach, Valentina ham Moskvaga keldi. Garchi ikkalasi bir uyda yashasa-da, deyarli gaplashish imkoni yo‘q edi. Gagarin erta ketib kech qaytardi, topshiriqlardan charchagan er ayoliga e’tibor berolmasdi. Ammo Valentina uni tushunar, xalaqit bermasdi, aksincha, qo‘llab-quvvatlardi.
Koinotga parvoz
Gagarin doim qiz farzandlari bo‘lishini orzu qilardi. Ayoli unga ikki qiz hadya qildi. 1961-yil mart oyida ularning ikkinchi farzandi Galina tug‘ildi. Shu kunlarda Gagarin xotinini bag‘riga bosarkan, ham buyruq, ham iltimos ohangida “Qizlarni ehtiyot qil, Valyusha!” dedi. Chunki u tarixiy jarayonga tayyorgarlik ko‘rardi.
…1961-yilning 12-aprelida Valentinaning oldiga qo‘shnisi yugurib chiqdi: “Valyusha, radioni qo‘y! Yura kosmosda!”. Yosh onaning his-tuyg‘ularini so‘z bilan ifodalash qiyin edi. Endi Valentina birinchi kosmonavtning ayoli bo‘lishi mumkin edi yoki bevasi…
Yangi hayot
Yuriy Gagarin insoniyat tarixida birinchi kosmonavt sifatida misli ko‘rilmagan shon-shuhrat bilan Yerga qaytdi. Endi uni butun dunyo tanir, davlat rahbarlaridan tortib oddiy dehqongacha diydoriga mushtoq edi. Gagarinning hayoti doimiy uchrashuvlar, ziyofatlar va uzoq muddatli xizmat safarlaridan iborat edi. Shunday obro‘-e’tiborga qaramay, u kamtarligini saqlab qoldi.
Gagarin va Jina
Gagarin koinotga uchganidan uch oy o‘tgach, Moskvada xalqaro kinofestival bo‘lib o‘tdi. Unda eng go‘zal italyan kino yulduzi Jina Lollobridjida Gagarinni yoqtirib qoldi. Kino aktrisasining o‘zi shunday deydi:
“Sayyoramizning barcha ayollari uning tabassumi va o‘tkir nigohiga oshiq edi. Men ham bundan mustasno emasdim. Kechasi Moskva bo‘ylab sayr qilganimizda, Yura menga o‘zining fotosuratini berdi. Uning orqa tomonida shunday yozilgandi: “Men osmonda ko‘plab yulduzlarni ko‘rdim. Lekin senga o‘xshashi yo‘q ular orasida!”
Valentina hammaning ko‘z o‘ngida Jinani o‘pgan Gagarindan qattiq arazlagandi. Ammo Gagarin ayolining ko‘ziga tik qarab shunday dedi: “Jonim, hech kim osmonga chiqishimdan oldin ham, keyin ham meni borimcha qabul qilgan Valyusha bo‘lolmaydi. Men so‘nggi nafasimgacha sen bilanman…”
Va u hayotining so‘nggi damlariga qadar va’dasida turdi.
So‘nggi parvoz va so‘nggi xat
1968-yil 27-martda Gagarinning samolyoti havoga ko‘tarildi, lekin aerodromga qaytmadi… Valentina erining o‘limidan keyin uzoq vaqt o‘ziga kelolmadi. Ma’lum bo‘lishicha, Yuriy so‘nggi parvozidan oldin ayoliga shunday xat qoldirgan:
“Agar menga biror kor-hol bo‘lsa, o‘zingni qayg‘u bilan o‘ldirma. Axir hayot – hayot, ertaga meni mashina bosib ketmasligiga kim kafolat beradi? Iltimos, qizlarimizga g‘amxo‘rlik qil. Ularni oqbilak oyimchalar emas, haqiqiy inson qilib tarbiyala. Shaxsiy hayotingni esa o‘zing istaganday davom ettir. Men senga hech qanday majburiyat yuklamayman va bunga haqqim ham yo‘q”.
Muhabbat fazogiri
Valentina Gagarina eridan keyin bir umr yolg‘iz yashadi. Yuriyga bo‘lgan muhabbatiga sodiq qoldi. Menimcha, birinchi kosmonavt ayol Tereshkova emas, balki Valentina Gagarinadir. Chunki Yuriy o‘n yillik turmushi davomida uni muhabbat fazosining eng baland nuqtasiga olib chiqa olgandi. Aytishlaricha, Valentina doim osmonga intizor boqar ekan. Ehtimol, u har bir yulduzdan Gagarinning bir zarrasini izlagan. Go‘yo Gagarin halok bo‘lmagan-u, million zarraga bo‘linib, samoga sochilib ketgan.
Otabek BAKIROV
“Jadid” gazetasining 2025-yil 11-apreldagi 15-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599
