06.07.2024 | 10:30
268
Shavkat Mirziyoyev Shushadagi qurilish ishlari bilan tanishdi (foto)

5-iyul kuni Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga borgan Shavkat Mirziyoyevni Fuzuliy shahri aeroportida mamkalat bosh vaziri birinchi oʻrinbosari Yaqub Ayubov kutib oldi.


Shundan soʻng prezident Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Shusha shahriga bordi. Davlat rahbarini u yerda Ozarbayjon prezidenti kutib oldi.
TDT ishtirokchi mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari Ozarbayjon yetakchisi hamrohligida Shusha shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Shusha “Qorabogʻ durdonasi”, “Kavkaz sanʼati markazi” va “ozarbayjon musiqasi beshigi” nomlari bilan maʼlum. Shahar bir qator taniqli fan, madaniyat va sanʼat arboblari vatanidir. 2021-yildan buyon Shusha Ozarbayjonning madaniy poytaxti hisoblanadi, 2023-yilda esa turkiy dunyo madaniy poytaxti deb eʼlon qilingan.

Joriy yilda Xiva shahri va Shusha shahri oʻrtasida birodarlik aloqalari oʻrnatildi.
Oliy martabali mehmonlar Shushada 32 yil ichida birinchi marta qurilgan turar joy majmuasiga tashrif buyurdi 23 ta binodan iborat uy-joy majmuasining umumiy maydoni qariyb 8 gektarni tashkil etadi.
Soʻng yetakchilar 2021-yilda tamal toshi qoʻyilgan yangi zamonaviy masjid loyihasi va uni barpo etish jarayoni bilan tanishdi.


Ozarbayjon rahbari mehmonlarga shahar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida soʻzlab berdi.
Prezidentlar, shuningdek, XIX asrda Shushada qurilgan birinchi masjid – Gavhar Ogʻa masjidini ziyorat qildilar. Mehmonlar bu yerda amalga oshirilgan restavratsiya ishlarining natijalariga yuqori baho berdi.


TDT norasmiy sammitining asosiy tadbirlari ertaga, 6-iyul kuni boʻlib oʻtadi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
55
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
129
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
319



