02.02.2024 | 12:12
302
Shernazar Abdunazarov: “Klasterlar samarali faoliyatida xalqaro tajriba va mahalliy o‘ziga xosliklarni tushunish muhim”
Bugungi kunda klasterlar O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi qiyofasini yaratmoqda. Qurilish, energetika va zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan “Jamshid Build Cluster” MChJ QK shunday klasterlardan biri sifatida e’tiborni tortmoqda.
Uning ta’sischisi va boshqaruvchisi Shernazar Abdunazarov haqida gap ketganda, avvalo soliq tizimidan boshlanib, o‘z yo‘lini qurilish, energiya va sanoat sohalaridayam davom ettirgan tajribali o‘zbek ishbilarmoni ko‘z oldimizga keladi.

Soliq tizimidan boshlangan yo‘l
Shernazar Abdunazarov 1999-yilda Paxtachi tumani soliq inspeksiyasida EHM operatori sifatida faoliyat boshlagan. Tez orada uning hisob-kitobdagi tirishqoqligi, yaxlit fikrlash qobiliyati va mehnatsevarligi tufayli u yuqori lavozimlarga ko‘tarildi.
Samarqand viloyati soliq boshqarmasi tizimida u quyi bo‘g‘indan to bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari darajasiga qadar faoliyat yuritdi. Shu jarayonda u soliqqa oid qonunchilik, ma’lumotlar tahlili, davlat tizimi bilan ishlash kabi ko‘nikmalarni o‘zlashtirdi. Ammo buning o‘zi bilan kifoyalanmaydi.
“14 yil soliq tizimida ishladim. Lekin bir paytlar shuni angladimki, o‘zimdagi bilim va tajriba bilan mustaqil biznes boshlashga qodirman”, — deydi u.
O‘z yo‘lini topgan o‘zbek tadbirkori
Mamlakatda iqtisodiy islohotlar boshlangan davrda Shernazar Abdunazarov o‘zini biznes muhitida sinab ko‘rishga qaror qiladi. Dastlab muzlatgichli omborxona qurish g‘oyasi bilan chiqadi va “Lola Universal Savdo” MChJ doirasida meva-sabzavotlar saqlash va ulgurji savdosiga ixtisoslashgan korxona ochadi. Qisqa fursatda ushbu ombor 1500 tonnalik sig‘imi bilan hududdagi eng yirik infratuzilmaga aylanadi.
Shu jarayonlarda u yurt iqtisodiyoti, dehqon hayoti, eksport va logistika bozorlarini yaqindan o‘rgandi, o‘z bilimini yangiladi.
“Jamshid Build Cluster” — xalqaro hamkorlik va innovatsiya uyg‘unlashgan loyiha
2022-yilga kelib, u biznes faoliyatida yangi bosqich boshladi. Rossiya va Turkmaniston bilan hamkorlikda “Jamshid Build Cluster”ni tashkil etdi.
Bu klaster qurilish sohasida yetakchi o‘rin egallashni maqsad qilgan bo‘lsa-da, faoliyatini faqat qurilish materiallari bilan cheklab qo‘ymadi. Bugungi kunda uning tarkibida ohak ishlab chiqarish sexlari, qayta tiklanuvchi energiya uchun shamol turbinalarini yig‘ish, qurilish infratuzilmasi uchun zamonaviy yechimlar kabi yo‘nalishlar mavjud.
“Klasterlar oddiy korxonalar tarmog‘i emas, ular yirik iqtisodiy ekotizimdir. Uni qurishda xalqaro tajribani to‘g‘ri o‘rganish bilan birga, mahalliy ehtiyoj va mentalitetni ham hisobga olish kerak”, — deydi Shernazar Abdunazarov.
Uning fikricha, samarali klaster yaratishning eng muhim sharti — resurslarni isrof qilmasdan, bozor talabini aniq hisobga olgan holda, sifatni ustuvor qilib ish yuritishdir. Bu nuqtai nazar ularning mustaqil ishlab chiqarayotgan ohak mahsulotlari va energiya qismlarida aniq ko‘rinadi.
Mahalliy xom ashyodan foydalanish, ekologiyaga zarar yetkazmaslik, energiya tejamkor chora-tadbirlarni qo‘llash — ularning har bir loyihasida aks etadi.
“Bizning maqsadimiz faqat mahsulot ishlab chiqarish emas. Bu yerda odamlar uchun ish o‘rni yaratish, hudud uchun foydali ekotizim tuzish va mamlakat iqtisodiyotiga zamonaviy yondashuv olib kelish muhim”, — deydi u.
Xulosa
Shernazar Abdunazarovning yo‘li soliq tizimidan boshlangan bo‘lsa-da, hozir u katta klasterni boshqarayotgan, innovatsion fikrlovchi, xalqaro hamkorlikni yarata olgan, O‘zbekistonda sanoat va energetika bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan tadbirkordir.
Uning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy iqtisodiyotda muvaffaqiyat faqat bilim, halollik va qat’iyat orqali keladi. Yana bir narsa bor — Shernazar aka aytganiday: xalqaro tajribani o‘rganish muhim, lekin mahalliy ehtiyoj va qadriyatlarni unutmaslik — bundan-da muhimroqdir.
Saodat Abdurahmonova
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
174
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
122
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
159



