Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


26.03.2025 | 09:09

img490

SHOHONA TUHFA

12-mart kuni Yelisey saroyidagi oliy darajadagi uchrashuv chog‘ida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga buyuk fransuz yozuvchisi Viktor Gyugoning o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Kulayotgan odam” romanining ilk nusxasini sovg‘a qildi.

Tiklangan an’ana

Bundan avval ham davlatimiz rahbari tomonidan Turkiya, Vengriya, Yaponiya, Belarus, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston yetakchilariga o‘sha xalqlarning mumtoz siymolari qalamiga mansub kitoblarning muhtasham nashrlari hadya etilgan edi.

Bu an’ana ming yilliklarga borib taqaladigan Sharq, xususan, Movarounnahr diplomatiyasi tarixidan munosib o‘rin egallagan. Sultonlar, shohlar, amirlar, mirzolar bir-biriga xamsalar, shohnomalar, devonlar va ilmiy asarlarning xattotlar hamda musavvirlar qo‘lidan chiqqan betakror namunalarini yuborib turgan. Xususan, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy “Xamsa”lari, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”si kutubxonalardan tashqari hukmdorlar xazinasida saqlangan. Muazzam Osiyo poytaxtlariga dunyoviy boyliklardan tashqari yangi va yaxshi kitoblar ham oqib kelgan. So‘nggi yillarda milliy diplomatiyamizda kitob sovg‘a qilish yana urfga kira boshladi.

Viktor Gyugo va o‘zbek kitobxoni

Viktor Mari Gyugo fransuz romantizmining yirik namoyandasi. She’riy va dramatik asarlarida davrning dolzarb masalalari aks etgan. “Parij Bibi Maryam ibodatxonasi” tarixiy romani voqealari o‘rta asrda bo‘lib o‘tadi, asarda muhabbat fojiasi tasvirlanadi. Romanlarida oddiy fransuzlarning og‘ir hayoti va kurashini tasvirlaydi, ulardagi olijanob insonlar turmushdagi pastkashliklar va illatlarga qarshi kurashishadi.

Yozuvchining “Dengiz zahmatkashlari”, “Xo‘rlanganlar”ning “Kozeta” va “Gavrosh” bo‘limlari, “Byug Jargal”, “Parij Bibi Maryam ibodatxonasi” asarlari o‘zbek tilida nashr qilingan.

Bu yil esa xayrli tashabbus sabab “Kulayotgan odam” romani ham taniqli ijodkor Shoazim Minavarov tarjimasida o‘zbek kitobxonlariga taqdim etildi. Ushbu roman asosidagi spektakl “Kulib turuvchi kishi” nomi bilan 1966-yilda Alisher Navoiy nomidagi  teatrda sahnalashtirilgan.

Ibrat

Prezidentimiz kitob va kitobxonlik targ‘ibotini kuchaytirishda shaxsiy namuna ko‘rsatib, O‘zbekistonning ma’rifat yo‘lidan ketayotganini jahon ayvonida yana bir bor ko‘rsatib berdi. “Kitob – eng yaxshi sovg‘a” degan hayotiy haqiqat yana bir bor o‘z isbotini topdi.

Ehtirom

Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron Prezidentimizga Napoleon Bonapart ta’sis qilgan “Faxriy legion” ordenini topshirgani ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarining yangi bosqichi ibtidosi bo‘ldi.

Ushbu orden 223 yillik tarixga ega bo‘lib, mukofotlanganlar safidan dunyoga tanilgan siyosatchilar va jamoat arboblari, davlat rahbarlari, olimlar, sportchilar va o‘z sohasining yetuk kishilari joy olgan.

Otabek ISROILOV

“Jadid” gazetasining 2025-yil 21-martdagi 12-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img82

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324