21.08.2024 | 12:24
362
“SHUNCHA BO‘LURMI, HAY-HAY…”
Eskirsayam esi kirmagan birovlarni aytishicha, insonni chipor tovuqdan farqi shuki, unga don-suvdan ko‘ra, shov-shuv, oldi-qochdi zaril ekan. Qanaqasiga deyishga shoshmay turing.

Hozirgi uzunquloq zamonda eng bozorgir matoh bu – shir yalang‘och vayn va betayin latifalar bo‘p qoldi. Qo‘pol bo‘lsayam aytay, xalqimizda nega kulasan, ochib qo‘yibdimi, degan gap bor. Obunachi yig‘aman, zumda olami jahonga mashhur bo‘laman, deb umrida teatr-u kino chiptasini iskab ko‘rmagan mishiqinusxalar hamma narsani “ochib qo‘yib” sahnalashtirilgan sharmandaliklarni tarqatishyapti. Bu ITdan tarqagan lavhalarni yarmi keks, qolgani notekis, tavbangdan ketay…
Mana, bir jigit minan qiz quvalashib, oshxonaga chiqib qoldi. Ikkoviniyam qo‘lida tilpon. Er jonivor “yana bittagina… xop degin”, desa, xotin hindi kino artislariga o‘xshab buralganicha “bir kunda bir marta”, deb chandon yo‘rg‘alaydi. Yigitcha “kel endi, yana bir marta, o‘lib qolmaysan”, deya ichkari tortib ketdi. Videoga olayotgan zang‘ar jigitdanam sho‘xakan, farosati bilan qo‘ydi-chiqdi bo‘lgan er-xotinni orqasidan yotoqxonaga oshiqib kirib ketdi.
Ishqilib, atrofda u-bu kim ko‘rib turmayaptimikan, deb alanglagunimcha, ichkarida bir-birini oyog‘i tomoniga bosh uzatib yotvolgan ikki befarosat shaqillatib… shaqillatib pabji o‘ynayapti. Jigit o‘lgur buytib xayolni quyunga tortib, shuytib ayolni o‘yinga tortib turgan jeri eka-a-a-n.
Feysbukni Quddus mikroskop dayusbuk deganicha bor ekan. Birov bu kimning qizi, kimning singlisi-yu kelini demaydi-ya. Basharasiga to‘ng‘iz terisini tortib, allambalo makiyaj urgan bu oyimtillalarniyam ori qo‘ziydigan hech kimi yo‘g‘mikin?! Tavba…
Katta sahnalarga chiqib, minglab erkaklar yonida bedana yurish-u churrak turish qilib, jalloblik kasb etgan, og‘zidan chiqqan beparda gapga Qo‘qonning qo‘ybozoridagi dallollar do‘ppisini ko‘ndalang tishlab qoladigan “zaifa”larning tirikchiligini nima deb atash mumkin?
Bunaqada “Dizayn”u “Million”lar changingda qop ketadi-yu, baraka topkurlar!
Qo‘shnimni boshlang‘ich sinfda o‘qiydigan qizchasini o‘lchamidagi yengi yo‘q ko‘ylakka oqayiqday gavdasini tiqqan bir juvon o‘zini reklom urib chiqqanida, bechora bo‘z yigitlarga rahmim kelgandi. Tik-tok degan bir baloyi ofatni nomini eshitsam yuragim g‘ashiqqan qoplonday irillaydi. O‘qig‘uchiga og‘ir kelmasin, deb eng odobli lavhalarni keltiryapman.
Mana yana bittasi: ikki dugona – yosh qizlar katta yo‘lda mayda qadamlar bilan sollanib, bir-biriga suyanib kelisharkan, bir yigitcha archa ortidan olimpiada marafonchisiday halloslab yugurib chiqib qoldi. Salom-alikniyam start nuqtasidagi kalta ishtonida qoldirgan shekilli, to‘satdan savol beryapti: “Qizla, silaga savol, dunyodagi eng zaharli ilon nima uchun o‘z zahridan zaharlanib o‘lmaydi?” Ushbu donishsifat so‘rov egasiga aqli Eyfelga yetgan qiz javob-so‘rog‘i bilan aperkot qo‘ydi: “Oka, sizgayam bir sovolde, ne dunyodegi eng baquvvat erkeyam o‘zining “zahridan” ikkiqat bo‘pqomedi?” Ana sizga latofat-u, mana sizga fasohat!
Bir maslahat: qadim zamonlarda qiz so‘rab borgan sovchilar bo‘lajak quda tomonning urug‘-aymog‘i-yu, nasl-u nasabini surishtirardi. Kelin taraf ham kuyov bo‘lmishning kasb-u kori, kasallik varaqasini taftish etardi. Menimcha, endi nomzod tomonning tilponini amal-taqal qo‘lga kiritish kifoya.
P/S: Sen menga bolang qaysi tarmoqqa kirishini ayt, men sening kimligingni aniq aytib beraman (zamonaviy maqol).
Mulla XUNOB
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
87
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600