29.01.2026 | 09:00
3297
SIZ HAM TOPIB O‘QING!
Maktabda o‘qib yurgan kezlarimizda, adabiyotdan yodlashga berilgan ba’zi tumtaroq she’rlar bo‘lardi – qayta-qayta o‘qisak ham xotiraga kirmay tixirlik qilar, yoddan aytganingda satrlari chalkashib, so‘zlari tumtaraqay qochib ketaverardi.

Nega bir she’rni osongina yodlayman-u boshqasi hech esda qolmaydi, deb hayron bo‘lardim. Keyinchalik bildimki, azbaroyi bandni to‘ldirish yoki qofiya uchun bitta qatorga majburlab yig‘ilgan so‘zlar baribir birikmas, shu bois, yoddan aytganingda satrlar ayqash-uyqash bo‘lib ketaverar ekan. Aksincha, bir voqea yoki mazmunni izchil ifoda etayotgan she’rda ortiqcha so‘z bo‘lmas, bir-birini to‘ldirib kelayotgan satrlar xotirada ham yaxlit bir binoday binoyi o‘rnashar ekan. Bu holning “yurakdan yozilgan asar yurakka yetib boradi”, degan izohi ham bor.
O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning she’rlari – xoh u kattalarga, xoh bolalarga yozilgan bo‘lsin, bir o‘qishingiz bilan yodda qoladigan “jon”i bor asarlardir. Har biri samimiy yozilgan, shu sababli, ko‘ngillarga oson o‘rnashadi.
1990-yillar boshida shoirning “Bezgakshamol” degan yupqagina – nihoyatda jozibali kitobchasi bilan tanishganman. Qiziqib o‘qiyverganimdan to‘plam boshdan-oyoq to‘liq yod bo‘lib ketgan. “Ayog‘ing tortmog‘on yerga aylanib bormog‘on yaxshi”, “Birovdin olmog‘ing maqbul, birovga bermog‘on yaxshi”, “Uchrag‘ay bir to‘p baqa bulbul bo‘lib turg‘on zovur”, “Kelur ikki suluv, ah-ah, nozlari mo‘llag‘on erdi, Biri g‘uncha edi paqqos, biri sal gullag‘on erdi”, “Jahannamg‘a o‘zi shoshsa, yo‘lin qanday to‘say emdi?”, “Zamin ho‘kiz shoxida qaltis turodir beshak, Biron mast ul ho‘kizga irg‘itmasa bas xashak”, “Qarz olsang, soqovdin ol”, “Hatto ayg‘oqchi ersang-da, arilar suhbatig‘a burun tiqma”, “Do‘stga sir aytib, ul bechoradin sotqin yasamag‘il” degan g‘aroyib satrlarni zavq bilan aytib yurardim. Holbuki, men bu she’rlarni yodlash uchun o‘qimagandim. Bunga qadar Anvar Obidjonning kitoblari qo‘limga tushmagan, matbuotda chiqqan yakkam-dukkam asarlari bilan tanishib, u kishini bolalar shoiri deb o‘ylab yurardim. Shundan so‘ng, ustoz shoirimizning hamma asarlarini qidirib o‘qiydigan bo‘ldim.
Anvar Obidjon – nihoyatda o‘ziga xos shoir. Yaqinda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashr etilgan “Tanlangan asarlar” kitobini o‘qib, shoirning faqat o‘zigagina xos bo‘lgan badiiy uslubi uning ilk she’rlaridanoq bo‘y ko‘rsatganiga amin bo‘lish mumkin. Kitobdan adibning turli yillarda e’lon qilingan she’rlari, qissalari, doston-qissalari, ertaklar va poemalari o‘rin olgan. Yozilish sanasiga ko‘ra tartiblangan asarlar ijodkorning mahorati tadrijiy yuksalib borganini ko‘rsatadi. Bir paytlar teleekran orqali millionlab qalblarga kirib borgan “Hayotning har lahzasi go‘zal, Umrning har dami g‘animat”, deya naqoratlanuvchi diltortar she’rlarni, “Sen kabi qomati raso Farg‘onada bittagina” singari so‘lim qo‘shiqqa aylanib ketgan samimiy misralarni, “Uchchanoq”, “Ignabarg she’rlar” kabi adabiy yangilik bo‘lgan falsafiy mushohadalarni, bolalarga atalgan bo‘lsa-da, kattalarni ham kuldiradigan va o‘ylantiradigan ajabtovur asarlarni bir muqova ostida o‘qish mumkin.
Aytgancha, “Bologoye” degani nima, bilasizmi? Qiziqsangiz, buning ma’nosini ham ushbu muhtasham to‘plamdan topasiz. Xullas, Anvar Obidjonning “Tanlangan asarlar”i sizni o‘ziga maftun etadi, albatta, topib o‘qing!
Ikrom ISKANDAR
“Jadid” gazetasining 2026-yil 23-yanvardagi 4-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



