Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.08.2024 | 14:20

img541

Soʻzlayotgan suratlar – fotonazm

Toshkentda “Jadidlar. Turkistonga maktublar” koʻrgazmasi faoliyat boshlagani haqida xabar va videolavha eʼlon qilgan edik. Jadid-media.uz fotomuxbiri Abdumannon Muhammad mashhur misralarga atab koʻrgazmadan suratlar oldi. Agar suratlarga mos boshqa biror misra yodingizga kelsa, jadidgamurojaat_bot manziliga yuboring.

Do‘mbira avjiday avjim kelganda,
Qarog‘imdan toshib mavjim kelganda,
Onasiz bolalar bayram qilganda,
Meni chapak chalib yondirdi hayot.


Shodmonqul SALOM

Siz kutasiz. Menam boraman.
Uchib borodurman xuddi o‘q.
Faqat… oldin xat yuboraman,
O‘sha xatni yozganimcha yo‘q.

Halima XUDOYBERDIYEVA

Ayolni tun bilan yolg‘iz qoldirmoq
gunohlar ichida eng og‘ir gunoh!

Omon MATJON

Qisilib qolganda quyosh darchangda,
Juldur kunlarimga boqqanda g‘arib…
Kuzni kelin qilgan horg‘in ko‘changdan
Sening bolang kabi kiftda ko‘tarib,
Mening yoshligimni olib o‘tdilar.

Eshqobil SHUKUR

Xat yozarmi o‘g‘lim, deb, zora 
U-ku meni turibdi kutib. 
Men-chi, noshud, bo‘lib ovora 
Avlodlarga yozaman maktub.

Abdulla ORIPOV

Ovozimni yozib oldi bir kishi,
Suratkash suratga oldi turishim.
Yaxshiyam koʻrinib turmas ularga
Seni ich-ichimdan yaxshi koʻrishim.

Bobur ELMUROD

Nimaga odamlar shod, xurram, mamnun,
Bizlar odammasmi,
Osima?!

Abduvali QUTBIDDIN

Yana bu shaharda yuzma-yuz keldik,
Naylaylik, boshqa bir shaharimiz yo‘q.
Balki biz baxtiyor bo‘la olardik,
Balki baxtiyormiz, xabarimiz yo‘q…

Romiz ROVSHAN

Umrimni o‘tkinchi saboga berdim,
Eng so‘nggi chaqamni gadoga berdim,
Bu telba ruhimni Xudoga berdim…
Sen meni kimlarga berding, Azizim?


Zebo MIRZO

Olov bilan qo‘rqitma
yonayotgan ayolni.

Rashid XO‘JAMOV

Kafechalar, nochor kulgular,
Tramvaylar shovqini aro —
Va’da etib menga yog‘dular,
Yuragimda sen bo‘lding paydo.

Usmon AZIM

Men osmonga maktublar yozdim,
Ruhi yuksak, so‘zlari oliy.
Xayollarim samoviy edi,
Maktublarim esa — xayoliy.

Matnazar ABDULHAKIM

Kel, endi tashlama, qo‘yma
Bu tunning qo‘ynida yolg‘iz.
Hijronni boshima yoyma,
Ey, tundek sochi qora qiz!


Abdulhamid CHO‘LPON

Yuragim toʻxtadi bir zum – Hayotning
Qoʻrqinchli joyiga yetib kelganday.

Xosiyat RUSTAMOVA

Bu yo‘llarda mendan keyin ham
Yana kimdir tentirar behud.

Asqar MAHKAM

Yo‘lim to‘g‘ri, yo‘rig‘im haqdir,
Ulkan yo‘ldan ketib boraman.
Birovlardan qolib orqada,
Birovlardan o‘tib boraman.
Manzil qayda, gap qayda hali,
Bilmam, qachon yetib boraman!

To‘ra SULAYMON

Bir kuni asliga qaytadi odam,
olamga tikilar bolalarday sof.

Shavkat RAHMON

Qog‘oz yaramaydi mening kunimga,
Qog‘ozga ko‘chmaydi yonayotgan yurak.

Usmon AZIM

Sizga hech yoqmaydi —
meni chorlagan
Zangori osmonni ko‘zlayotganim.
Ufq tomon uchgan qushlarga qarab
Bir ajib lisonda so‘zlayotganim.


Avliyoxon ESHON


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img110

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img142

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333