Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


25.04.2025 | 15:00

img1101

SO‘M

Sovet davrida Ittifoq bo‘yicha yagona pul birligi – rubl bo‘lgan bo‘lsa-da, har bir respublikada u milliy nom bilan atalardi, deylik, ukraincha – karbovanes, ozarbayjon, turkman, no‘g‘ay tillarida – manat va hokazo.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘sha davrda “rubl”dan keyin eng keng tarqalgan nom – “so‘m” bo‘lib, sovet pulini o‘zbek va tojiklar – so‘m; qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoqlar – som; tatar, chuvashlar – sum; boshqirdlar – hum atashar, shuningdek, qorachoy-balqar, kabardin-cherkas, chechen-ingush va osetinlar uchun ham pul – “som” edi. Agar mazkur hududlarni shartli SO‘M HUDUDI deb atasak, yaqin o‘tmishda “so‘m”ning qamrovi qanchalik keng bo‘lganligini tasavvur etish mumkin.

Ammo mustaqillikdan keyin “so‘m”ga faqat O‘zbekiston va Qirg‘iziston sodiq qolishdi, Qozog‘iston pul birligini – “tenge”, Tojikiston – “somoniy” deb o‘zgartirdi.

Aslida, qog‘oz yoki tanga pulga nisbatan “so‘m” deyilishi sovet davridan emas, balki undan oldin boshlangan, Chor Rossiyasida qog‘oz rubl 1897-yildan joriy etilgan bo‘lsa, o‘sha paytda ham mintaqamizda pulga nisbatan “so‘m” deyilganligini Oybekning “Qutlug‘ qon” romanidagi Mirzakarimboyning Yo‘lchiga aytgan ushbu so‘zlaridan ham anglash mumkin: “Jiyan, aqling bo‘lsa, kishining bir tiyiniga xiyonat qilma. Tiyin ham pul, yuz ming so‘m ham pul”.

Endi “so‘m” so‘zining etimologiyasiga kelsak, uning asl turkiy so‘z ekanligini deyarli barcha turkbilim mutaxassislari, jumladan, G.Dyorfer, M.Resenen kabi yirik olimlar ham e’tirof etgan. “So‘m” so‘zi ilgari shimoliy turkiy lahjalar, xususan qipchoq shevalarida: “yaxlit”, “quyma”, “yombi”, “sof” kabi lug‘aviy ma’nolarga ega bo‘lib, ko‘proq oltin, kumush, temir kabi ma’danlarga nisbatan, deylik, “so‘m temir” (“quyma temir”), “so‘m oltin” (“oltin yombisi”), “so‘m kumush” (“kumush yombisi”) qabilida ishlatilgan. Ayni paytda, bu so‘zning pul emas, “yaxlit, sof” ma’nosi tilimizda birgina “so‘m go‘sht” birikmasida saqlanib qolgan va bu ibora lug‘atda shunday izohlangan: “so‘m go‘sht – suyaksiz va yog‘siz yumshoq et, lahm go‘sht”. Koshg‘ariy bobomiz ham “Devonu lug‘otit-turk”da o‘g‘uzcha “so‘m” – “juda” ma’nosini bildirishini aytadi va ushbu misolni keltiradi: “so‘m so‘cho‘k nӭң – juda chuchuk narsa, chup-chuchuk narsa” (Ushbu misolda “so‘m” – “qup-quruq”, “sap-sariq” kabi grammatik shakllardagi kuchaytirish qo‘shimchasiga ham o‘xshaydi, ammo Koshg‘ariy “Devon”da uni alohida so‘z sifatida keltirgan.

Xo‘sh, “so‘m” so‘zi qachondan boshlab pul birligi ma’nosida ishlatila boshladi?

XIII-XIV asrlarda Jo‘ji Ulusi, ya’ni Oltin O‘rdada “dang”, “pul”, “so‘m” kabi pul birliklari bo‘lib, “dang” (keyinchalik “tanga”, “tenge”, “tiyin”) deganda – kumush tangalar, “pul” deganda esa – mis tangalar tushunilgan. “Dang” yoki “tanga” keyinchalik “denga” shaklida rus tiliga ham o‘zlashgan, ya’ni hozirgi rus tilidagi “pul” ma’nosidagi “dengi” so‘zining kelib chiqishi shunday. “So‘m” esa “tanga” yoki “pul”ga nisbatan kattaroq qiymatga ega bo‘lib, yuqorida aytilganidek, “so‘m kumush”, ya’ni g‘isht shaklida quyilgan kumush yombiga nisbatan “so‘m” deyilgan.

Tanga va so‘mlar Oltin O‘rdaning Saroy va boshqa shaharlarida, shuningdek, Xorazmda ham zarb etilgan. “So‘m” haqida XIV asrda yashagan va o‘sha davrdagi Markaziy Osiyo va Oltin O‘rda hududlaridagi savdo yo‘llari borasida yozib qoldirgan florensiyalik tijoratchi va siyosatchi Franchesko Pegolotti (1290–1349) ma’lumotlari diqqatga sazovor, u o‘zining “Tijorat tajribalari” asarida Markaziy Osiyo hududlariga keluvchi ovro‘palik tijoratchilarga Ovro‘padan mato-gazlamalar olib kelib, ularni Urganch shahrida sotish va u yerdan so‘mlar, ya’ni kumush yoki oltin yombilarini g‘amlab olib tatarlar yashaydigan hududlarga, ya’ni Oltin O‘rdaga borishni maslahat beradi.

Shuni ham aytish kerakki, Oltin O‘rda inqirozidan keyin rus knyazliklari, xususan Moskva davlatida ruscha “grivna” bilan birga “pul”, “denga”, “altin” kabi Oltin O‘rdadan o‘zlashtirilgan atamalar, pul birliklari ham ishlatilgan. Kiyev Rusi davridan mavjud bo‘lgan “grivna” ham kumush yombisi bo‘lib, uning to‘rtdan bir qismiga nisbatan “rubl” deyilgan. Ruscha “rubit”, ya’ni “chopmoq” fe’lidan yasalgan “rubl” – pul birligi sifatida keyinroq muomalaga kirgan. Shu ma’noda “so‘m” atamasi “rubl”dan qadimiyroqdir.

Alqissa, yuqorida biz “so‘m hududi” degan iborani tilga oldik, mabodo kelajakda Markaziy Osiyoda ham xuddi Ovro‘pa Ittifoqiday siyosiy yoki iqtisodiy ittifoqlar paydo bo‘lib, yevro kabi umumiy pul birligiga ehtiyoj tug‘ilsa, bunga sof turkiy etimologiyaga ega “so‘m”dan yaxshiroq nomzod yo‘q.

Abduvohid HAYIT

“Jadid” gazetasining 2025-yil 18-apreldagi 16-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596