Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.06.2024 | 17:49

img308

SONIYALAR SO‘ROG‘I

Bahordan kech kuzgacha har kuni ertalab turib, torgina hovlimizdagi dasturxondekkina bog‘chada o‘sayotgan ekinlarga boqaman. Har kuni o‘zgaradi. O‘sadi. Ulg‘ayadi. Kechagina ko‘m-ko‘k bo‘lgan gilos qizara boshlaydi. Erta-indin qip-qizil bo‘lib pishadi. Kecha gullagan bodringcha bugun gugurt donasi bo‘yi bo‘lib qoladi. Besh-olti kun deganda uzadigan holatga keladi. O‘tgan hafta kechpishar husayniga ertapishar Namangan chillakisini payvand qilgan edim. Bugun qarasam, bargchalar chiqarib, ko‘kara boshlabdi.

Olmalarni aytmaysizmi? Kun sayin, soat sayin, daqiqa sayin yiriklasha boryapti. Tanachaning uchiga tukkanlari og‘irla­shaverganidan shoxni yoyga o‘xshab qiy­shaytiribdi. Oxiri kecha, ilojini topib, ayri qo‘ydim.

Tabiat bir soniya ham jim turmaydi.

Shunday ekan, nega men soniyalarim, daqiqalarim, soatlarim, kunlarim, haftala­rim, oylarimni… bekor o‘tkazishim ke­rak?!

Ko‘ngil: “Yoz, yoz, yoz!” deydi. Yozmasligimga qo‘yadigan xayoli yo‘q uning.

Kompyuter qarshisiga o‘tirganimda o‘ng qo‘limdagi bir kitob javonida faqat o‘zim­ning kitoblarim yoxud mening ham ozmi-ko‘pmi ishtirokim bo‘lgan nashrlar o‘rin olgan. Javonning bo‘sh yeri qolmagan. Shularga qarab-qarab yozaman. Qaraganim sari yozgim kelaveradi.

Axir, kitobning umri insonning umridan uzoqroq bo‘ladi-ku.

Lekin…

Ana shu “lekin”i qiynaydi-da kishini.

Nimagadir: “Hech kim o‘qimasa ham, mayli, baribir, chiqaraman”, degan aqida bilan kitob bitayotganlar ko‘payib ketganday tuyuladi. Siz ham shuni sezasizmi?

Yo‘q. “Shu kitobim chiqsa, ilmiy daraja yo unvonim ko‘tariladi, maoshimga falon foiz qo‘shiladi”, deb yozish haqiqiy ijod emas. Omadingizni bersin – kitobingiz bosilgani uchun ilmiy daraja yo unvoningiz ko‘tarilsin, maoshingiz oshsin, albatta. Lekin kitob qurg‘ur, avvalo, odamlar o‘qishi uchun yozilishi lozim-da.

To‘g‘ri, kimdir: “Hozir kitob o‘qish rusum bo‘lmay qoldi”, deb hisoblasa, hisoblayversin. Axir, kimsan Alisher Navoiydek buyukdan-buyuk sohibi qalam­ning asarlari hayotligi mahalida necha nusxada tarqalgan? Barmoq bilan sa­nar­li nusxadagina kitobat qilingan. Asrlar o‘tib, o‘qildi-ku! O‘qilyapti-ku! O‘qilaveradi ham.

Fikrlash – insongagina berilgan buyuk ne’mat. Modomiki, kishining o‘zi ham o‘tkinchi bo‘lsa, yozib qoldirmasa, hatto, tillodan qimmat fikri ham havoga uchadi-ketadi-ku.

Odam bolasi uchun umrni uzaytirishning yozishdan boshqa zo‘r yo‘li bo‘lmasa kerak.

Nima dedingiz?

Sultonmurod OLIM,

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

“Jadid” gazetasi | 2024-yil 7-iyun | 24-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596