Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


03.04.2026 | 12:24

img2494

SUBRAHMANYAN CHANDRASEKHAR – YULDUZLAR HADDINI ANIQLAGAN NOBELCHI

Mirzo Ulug‘bek XV asrda o‘z davri va keyingi asrlar uchun yulduzlar joylashuvi va harakatini misli ko‘rilmagan aniqlikda o‘rganadi. Astronomiyaning murakkab masalalariga yechimlar beradi. Shu tariqa bu soha rivoji bir necha yuz yilga ilgarilab, XX asrda olimlar yulduzlarning tuzilishi, evolyutsiyasini o‘rganish darajasiga erishadi. Bu yo‘nalishda ko‘zga ko‘ringan shaxslardan biri hindistonlik Subrahmanyan Chandrasekhardir.

BIOGRAFIYA

U 1910-yil 19-oktyabrda Lahor shahrida tug‘ilgan. Oilasida ma’rifiy kayfiyat hukmron edi. Yigirma yoshga to‘lganida amakisi Venkata Raman “Yorug‘likning tarqalishi bo‘yicha ishi va uning nomi bilan atalgan effektni kashf etgani uchun” fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘riladi.

Boshlang‘ich va o‘rta ta’limni uyda, xususiy maktabda o‘zlashtiradi. Oliy ta’limni Prezident kollejida oladi. 1930-yilda Hindiston hukumati unga aspiranturani Kembrijda o‘qish uchun stipendiya beradi. 1933-yilda doktorlik darajasini qo‘lga kiritgan. Ilmiy faoliyatining asosiy qismi Chikago universitetida o‘tgan.

ILM YO‘LI

Uning faoliyati yetti davrga bo‘lingan: yulduz tuzilishi, yulduz dinamikasi, nurlanish o‘tkazuvchanligi nazariyasi, gidrodinamik va gidromagnit barqarorlik, ellipsoidal shakllarining muvozanati va barqarorligi, relyativistik astrofizika va qora tuynuklarning matematik nazariyasini o‘rganish.

Shu orqali fizika qonunlarini astronomiya bilan uyg‘unlashtirib, koinotni ilmiy asosda tushuntirishga ulkan hissa qo‘shdi.

E’TIROF

1983-yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Subrahmanyan Chandrasekharga “Yulduzlar tuzilishi va evolyutsiyasi uchun muhim bo‘lgan fizik jarayonlarni nazariy tadqiq qilgani uchun” va Uilyam Alfred Foulerga “Koinotdagi kimyoviy elementlarning shakllanishida muhim bo‘lgan yadroviy reaksiyalarni nazariy va eksperimental tadqiq qilgani uchun” teng taqsimlandi.

Olimning “Chandrasekhar chegarasi” nazariyasi yulduzlar mavjudligi asosini tushunishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Unga ko‘ra, agar yulduz massasi ma’lum chegaradan oshib ketsa, u o‘z barqarorligini yo‘qotib, neytron yulduz yoki qora tuynukka aylanadi. Bu kashfiyot zamonaviy kosmologiya va astrofizikada yangi davrni boshlab berdi.

XOTIRA

Qahramonimizning ilmiy merosi bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Uning ishlari orqali yulduzlar hayot sikli aniq tushuntirildi, qora tuynuklar nazariy jihatdan asoslandi, koinot evolyutsiyasini o‘rganish yangi bosqichga ko‘tarildi.

1999-yilda NASA olim sharafiga dunyodagi eng kuchli rentgen teleskopini “Chandra rentgen rasadxonasi” deb atadi. U sakkiz baravar yuqori aniqlikka ega. Shu sababli avvalgi har qanday rentgen teleskopiga qaraganda 20 baravar xira yulduzlarni ham aniqlay oladi.

Jasmina ISROIL tayyorladi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 20-martdagi 12-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img63

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img129

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img321