26.06.2025 | 16:22
605
SUN’IY INTELLEKT G‘AZAB QILADIMI?
Ijtimoiy tarmoqda mashhur sayyoh-bloger bilan suhbatga ko‘zim tushdi. U aytyapti: “Kelajakda sun’iy intellekt bizga buyruq berishi, ba’zi harakatlarimizdan jahli chiqishi va hatto jazolashi mumkin”. Bordi-yu, ko‘rsatmasidan bo‘yin tovlagudek bo‘lsak, ijtimoiy tarmoqlarda unga ma’lum parol, suratlarimizni; o‘ziga ayon xato-kamchiliklarimizni ommaga doston qilishi hech gap emas, deyapti. Sayyoh “bashorat”idan vahimaga tushgan qancha! Buni video ostida qoldirilgan 150 mingdan ziyod munosabat (layk), uch yarim mingdan ko‘proq izoh ham aytib turibdi. Eng qiziq fikrlar aynan izohlarda: birovi sun’iy intellekt bilan yaqin do‘stligini bildirsa, yana birovi oilaviy muammolarini u bilan bamaslahat hal qilayotganini aytgan, boshqasi ko‘ngil ishida uningdek “mahrami asror topmagani” haqida yozgan. Sayyoh suhbatidan keyin ko‘plar uydagi gap ko‘chaga chiqmasligi kerak degan to‘xtamga kelib, sun’iy intellekt bilan ortiq sirlashmaslikka ahd qilgan. Bu xavotirlar qanchalik asosli? Mutaxassis fikriga quloq tutdik.

Nuriddin QAMARDINOV,
oliy toifali dasturchi:
– Sun’iy intellektning jahli chiqishi mumkinmi? Shundan boshlasak. Avvalo, bu savolga uning o‘zi ham “hech qanaqasiga iloji yo‘q” deydi. Chunki u faqat oldindan berilgan kodlar, ma’lumotlar va algoritmlar asosida javob beradi. To‘g‘ri, u bilan muloqot sizu bizga jonli tuyulayotgan bo‘lishi mumkin. Hissiy javoblar yo‘llayotgandir. Bu faqat samimiyat uchun. Ba’zida unga telba-teskari savollar berib, keskin javoblar kelsa, “jahli baloday-ku” deyishadi. Aslida esa bu noto‘g‘ri tushunilgan yoki tizimning kontekstdan chiqib ketgan holati bo‘ladi. Qolaversa, sun’iy intellekt o‘zi mustaqil ravishda jazolay olmaydi. Ya’ni, unga alohida buyruq berilmaguncha o‘z xohishiga ko‘ra ish tutolmaydi.
Endi uning biz haqimizda ma’lumotlarni bilishiga kelsak, odatda, biz unga aytganlarni taqdim etadi. Agar o‘zimiz aytmagan bo‘lsak, ma’lumotlarni boshqa ochiq manbalardan chaqirib oladi.
Misol uchun, facebookda biror o‘qigan kitobimiz, yoqtirgan faslimizni post qilib qoldirgan bo‘lsak, garchi unga aytmagan bo‘lsak ham, ochiq manba holatida izlab topadi. Parollar va kodlar masalasidayam shunday: hech qayerda ochiq yozmagan bo‘lsak, bilmaydi.
Suhbatda ko‘tarilgan yana bir qiziq va dolzarb masala: “Sun’iy intellekt kelajakda insoniyatni boshqaradimi?” Bu savol atrofidagi munozaralar texnolog va olimlarnigina emas, jamiyatning keng qatlamini o‘ylantirmoqda. Aslida, bu masala sun’iy intellektning texnik imkoniyatlaridan ko‘ra, uning inson hayotidagi roli va ta’siri bilan bog‘liq.
Sun’iy intellekt odamlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqarmaydi, ammo qaror qabul qilish jarayoniga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, reklama, ijtimoiy tarmoqlar va axborot platformalarida bu ta’sir allaqachon o‘zini namoyon qilmoqda. Insonlar har kuni yuzlab qarorlarni – nimani ko‘rish, nima xarid qilish, qaysi axborotga ishonish, kim bilan aloqa qilish kabi masalalarni algoritmlar ko‘rsatmalari asosida amalga oshirishmoqda.
Bugungi sun’iy intellekt algoritmlari nafaqat iste’mol bozorida, balki kadrlarni tanlash, kredit ajratish, hatto sud tizimidagi qarorlar qabul qilinishida ham qo‘llanilyapti. Bu esa katta imkoniyatlar bilan birga jiddiy xavflarni ham keltirib chiqaradi. Chunki inson hayotiga daxldor bo‘lgan qarorlarni sun’iy tizimlarning xolis yo noxolis qabul qilishi ehtimoli bor.
Shu bois, ko‘plab mutaxassislar bu sohada axloqiy, huquqiy va ijtimoiy me’yorlarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidlashmoqda. Sun’iy intellekt inson huquqlari va qadr-qimmatiga hurmat bilan yondashishi, shaffof va adolatli tizimlarga asoslanishi kerak. Aks holda, texnologiyalar insonning erkin qaror qabul qilish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Hozirgi kunda dunyo miqyosida “Ethical AI”, ya’ni axloqiy normalarga asoslangan sun’iy intellekt konsepsiyasi rivojlanmoqda. Ilmiy markazlar, texnologik gigantlar va davlatlar sun’iy intellekt xavfsizligi, nazorat mexanizmi, shaffofligi va javobgarlik masalalarini muhokama qilmoqda.
Sizga bu fikrlar qanday tuyuldi: qiziqmi yoki qo‘rqinchli? Javob shuning ichida.
Vasila HABIBULLAYEVA tayyorladi.
“Jadid” gazetasining 2025-yil 20-iyundagi 25-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



