Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


04.01.2025 | 15:45

img525

SUV – TIRIK JON OZIGʻI

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, dunyo aholisining deyarli qirq foizi toza ichimlik suvi yetishmaydigan hududlarda yashaydi. 2025-yilda sayyoramiz aholisining har o‘ntasidan oltitasi yoki 5 yarim milliard aholi suv tanqisligidan aziyat chekishi mumkin. Bugungi kunda ko‘payib borayotgan yuqumli kasalliklarning 80 foizidan ortig‘i aynan ichimlik suvi sifatining pastligi, sanitariya-gigiyena qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq, deyishmoqda mutaxassislar.

Shubhasiz, dunyo ahlini tashvishga solayotgan bu global muammo insoniyatning osuda, to‘kis hayot kechirishiga, kelajak taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap. Va, albatta, suv tanqisligi, xususan, ichimlik suvi yetishmasligi yurtimiz fuqarolarini ham tashvishga solishi tabiiy. Ko‘nglimizni xotirjam qiladigani shuki, suv muammosini hal etish borasida Prezidentimizning tashabbusi bilan mamlakatimiz aholisining toza ichimlik suvi ta’minoti qamrovini oshirish, chekka hududlarda joylashgan aholi yashash punktlarida ichimlik suviga ehtiyojni qondirish bugun davlatimiz iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Zotan, O‘zbekistonni zamonaviy, insonning yashashi uchun qulay mamlakat sifatida rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri ham aholining hayotiy ehtiyoji bo‘lgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlashdir.

2023-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni asosida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlangani va unda belgilangan 5 ta ustuvor yo‘nalishdan uchinchisi aynan suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlangani fikrimizning dalilidir.

Aslida ichimlik suvi masalasida keyingi yillarda qator amaliy ishlar qilindi. Bu yo‘lda izlanishlar davom etmoqda. Ya’ni, bunda suv resurslarini samarali boshqarish, ulardan oqilona foydalanish, gidrotexnik inshootlarni ta’mirlash, tiklash, qayta sozlash, sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minotini yanada yaxshilash, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy qilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilayotir. Jumladan, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yetti yil ichida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash uchun 20 trillion so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘ hisobidan ko‘plab suv inshootlari va ichimlik suvi tarmoqlari ishga tushirildi. Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida sakkiz milliondan ortiq aholi ilk bor markazlashgan tizimdagi ichimlik suvi bilan ta’minlandi, o‘n to‘rt yarim million aholinining ta’minoti yaxshilandi. Jumladan, Surxondaryo viloyatining Denov, Sho‘rchi, Sariosiyo, Qumqo‘rg‘on, Jizzax viloyatining Do‘stlik, Paxtakor, Mirzacho‘l tumanlari va Jizzax shahrida yashovchi minglab aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga muvaffaq bo‘lindi. Ayni paytda, respublikamiz bo‘yicha ko‘plab ichimlik va oqava suv tarmoqlari yaratildi, inshootlar qurildi va qayta ta’mirlandi. 2024-yilning o‘zida yurtimizda 827,6 kilometr suv hamda 133,1 kilometr oqava suv tarmoqlari tortildi va to‘rtta suv taqsimlash inshooti qurildi. Mazkur inshootlardagi nasoslarni energiyani tejamkorlik asosida ishlatadigan nasoslarga almashtirish borasida ham muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Reja asosida Toshkent viloyatining Zangiota, Toshkent, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on, Uychi, Namangan tumanlarida suv inshootlarini qurish va qayta ta’mirlash ishlari yakunlanib, tegishli obyektlar foydalanishga topshiriladi. Agar 2017-yilda aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash ko‘rsatkichi 63 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib mazkur ko‘rsatkich 80 foizga yetdi. O‘tgan davr mobaynida 8,7 million yurtdoshimiz ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanib, 14,5 million aholining ta’minoti yaxshilandi.

Toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni tizimli davom ettirish barobarida, so‘nggi yillarda suv tanqisligi kesimida oqava suvlar va ularni qayta tozalash bugunning dolzarb masalalaridan biriga aylanayotganini inobatga olmaslikning iloji yo‘q. Ma’lumki, mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida 2022-yili O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingandi. Ushbu Qonunni qabul qilishdan maqsad sohadagi muammo va munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Bu borada “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan qiymati 2,9 mlrd dollarga teng oltita istiqbolli loyiha bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, “Toshkent shahrining oqava suv tizimini yaxshilash” loyihasi (1,0 mlrd dollar; SWS Holding kompaniyasi – BAA) asosida Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani, Surum MFYda quvvati bir million metr kub oqava suv tozalash inshooti hamda 43 km.ga yaqin oqava suv kollektorlari quriladi. Shunday loyihalar bo‘yicha Samarqand viloyati Shirin shaharchasida (“Almar Water” kompaniyasi – Ispaniya), Samarqand shahri tumanlari markazlarida (“Hassam Allam kompaniyasi – Misr), Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida xususiy sheriklik asosida (9 ta loyiha, “Midhona kompaniyasi – Saudiya Arabistoni Podshohligi), Navoiy viloyatida (“Alkhorayef Water & Power Technologies”) ko‘plab ichimlik va oqava suv tizimlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish ko‘zda tutilgan.

Hozirda “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ichimlik va oqava suv tizimlarini yaratish, bu boradagi ishlarni takomillashtirish yuzasidan muhim izlanishlar olib borilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan dalillar va ma’lumotlardan ko‘rinadiki, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish, jumladan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi masalalar davlatimiz rahbari e’tiboridagi asosiy masalalar qatorida turadi. Bu borada ko‘zlangan loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotir. Shuningdek, loyihaoldi izlanishlari ham jadal davom etmoqda.

Gulchehra UMAROVA

“Jadid” gazetasining 2025-yil 1-yanvardagi 1-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img68

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img587

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img584