Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.07.2024 | 12:19

img852

TANBUR

XX asrning 20-yillarida san’atning barcha turlari qatori musiqaga ham jiddiy e’tibor berildi. Abdurauf Fitratning “O‘zbek klassik musiqasi tarixi” nomli maxsus kitob yozgani ham ma’lum. Gʻulom Zafariy esa “Sharq musiqalari va cholg‘ulari”, “Musiqa muammosi”, “O‘zbek musiqasi to‘g‘risida” kabi maqolalarini e’lon qilgan.

O‘z davrining adabiyoti va san’ati ko‘z­gusi bo‘lgan “Maorif va o‘qituvchi” jurnali ham milliy musiqamiz tarixi, musiqa qurollari to‘g‘risida maqolalar berib boradi. Quyida buxorolik Rajab­zodaning mashhur sharq milliy cholg‘u asboblaridan biri – tanbur va uning boshqa xalqlar musiqa asboblari bilan taqqoslangan maqolasini gazeta o‘quvchilariga taqdim etamiz.

TAHRIRIYAT

Go‘zal san’atlarimiz qatorida musiqamizning tarixi ham tekshirilmagan, jon ozig‘i bo‘lg‘on maqomlarimizning tuzilishi, har vaqt o‘ziga ta’sir bilan bizni tortish kabi musiqamizning shunday xususiyatlarini sira o‘ylamaymiz. Holbukim, musiqamizning tarixi betlari qorong‘i puchmoqlardan bitib ketmakdadir.

Bu kungi 15-20 turli musiqiy qurollarimizning, o‘ziga maxsus ancha tarixi bordir. Bir oz tekshirsak, go‘zal san’atlarimiz uchun juda ham muhim parchalar yuzaga chiqararmiz. O‘zining mungli tovshi bilan, musiqiy qurollari­miz orasida “tanbur” ko‘blarimizga ta’sirni angla­tishda birinchi o‘rin turadir.

Tarix betiga ko‘z solsaq, tanburni cholg‘ularimiz orasida eng eski va tugal-to‘kis ekanligini ko‘ramiz. Musiqa bilan tanish kishilarga belgilikim, tanbur butun cholg‘ularning negizidir. Bundan o‘zga, tariximizda barmoq bilan sanay­turg‘on buyuk musiqachilarimizning ko‘pisi sharq maqomlarining negizi sa­nal­g‘on buzruk, navo, segoh kabi nafis kuylarimizning yuzda saksoni shul tanbur orqali yanglishsiz oladirlar. Qolg‘on cholg‘ular esa kuylarni olishda tanbur qadar qulayliq bera olmaydir. Demak, bu qurolni “sharq piano‘si” desak juda yarashiqdir. Chindan-da “piano‘” Ovro‘poning butun musiqachilarig‘a birdan bir qurol bo‘lib, eng mashhur o‘peralar, eng oldin piano‘ bilan tuzilganligi kabi sharqning-da eng dongli maqomlari tanbur bilan oling‘ondir…

Musiqiy qurollar orasida navo, se­goh, iroq kabi kishi tabiatiga juda ko‘b ta’sir etaturg‘on kuylarimizni istaganimizcha chalish uchun mos qurol yana shul tanburning o‘zginasidir. Zotan, tanbur­ning o‘ziga maxsus bo‘lg‘on chalish yo‘li (uslub tarannumi) musiqiymizning asosiy uslubiga ancha katta ta’sir etkandirkim, yuqoridag‘i kuylarimizning barchasig‘a tanbur mos keladi, desak-da to‘g‘ridir.

Turli millatlarning musiqiyg‘a qarshi ko‘ngil tortishlarini tekshirgan hukamolarning so‘ziga ko‘ra, musiqiyni ting­lag‘ondan, har millatning tilagi bir turli emasdir. Masalan, Ovro‘poning g‘arbi va shimoli yoqlarida yashag‘uvchi millatlar bir vaqtlarda musiqiyni yolg‘iz o‘yin (raqs) o‘lturish­larida qo‘llag‘ondir. O‘yindan boshqa yana bir talay ashula­lar olinsalar ham, biroq buning aha­miyati burung‘idan past bo‘lib, ikkinchi va uchinchi qatorda turar edi.

Bu so‘ng choqlarda bitkan o‘peralar ham shundan qolama narsalardir.
Sharq o‘lkasida musiqiy bilimi negi­zi­da yoqimli tovushlar, kuylar, havolar qabul etilganligi uchun unga jon ozig‘i, deganlar. Sharq musiqiysida bastalan­gan kuylarning ko‘pisi ruh va fikrga boqaturg‘on shoirona nuktalardan, sufiyona, zohidona hikmatli so‘zlardan tuzil­gan she’rlardan terilib bastalangan…
Bugungi qo‘limizdag‘i sharq musiqiy bitiklaridan yoqimli havolardan so‘z ochib, bundan o‘zgasini ko‘zdan tashlab yuborilmishdir. Mana endi, Ovro‘poda bo‘lsa, musiqiyni teatr va sahnasiga tatbiqi natijasi o‘laroq bu kabi turli kishilik sezgilarini musiqa orqali jonlantirib ko‘rsatishka majbur bo‘lg‘on Ovro‘po musiqiychilari o‘shal havo kuylarni yoqimli tovush bilan chalish bo‘lmag‘onliqdan, sharq musiqiysidan chiqorilmish haligi surgin musiqiyning bir bo‘lagi sanab, musiqiylarig‘a kirgizib qo‘llash­g‘a majbur bo‘lg‘onlar.

Bir bilimda g‘oya, tilak, san’at, muhorat qaysi yoqda bo‘lsa, taraqqiy va bilim o‘shal tomonda bo‘lishi bilgilidir. Shunga ko‘ra, sharq musiqiysida negiz tutilg‘on yoqimli kuylar juda ko‘b taraqqiy etkan.
Qay bir sharq maqomlarini Ovro‘po kuylari bilan chog‘ishtirilib ko‘rilsa, sharq kuylarining qancha boy, turli tovushg‘a ega ekanligi bilinadir.

Endi, sharqning shuncha nozik, yurak yoritg‘uchi kuylarini bizga ko‘rsatguchi bir oz bo‘lsa, u-da tanburdir…
Sharq kuylarining mazasini shunday asboblari tugal o‘rinda o‘nglamasa, boshqa biror biri bilan o‘nglab bo‘lmaydir. Bunda ko‘rsatilmish musiqiy qurol­larimiz chiqmish tovushlari bir-biriga shunday qorishadirkim, buni eshitkuchi o‘zini ko‘klam chog‘ining go‘zal ko‘ngilli bir kunida tog‘lar ustida, buloqlar yonida gullar orasida suvning shildir-shildir qilib oqish tovushini eshitib turg‘onday bo‘ladir.

RAJABZODA (Buxoro)
“Maorif va o‘qituvchi” jurnalining 1926-yil 2-sonidan.
Sohiba KARIMOVA nashrga tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596