28.03.2025 | 09:12
297
TELEFONQARAMLIKDAN QUTULISH YO‘LI
Kunlar isib, atrof gul-u giyohlarga burkangan bir pallada elimiz shod-xurram Navro‘z bayramini nishonlashga chog‘langan. Dam shu damdir, deb qir-adirlarga chiqib har tomonga yugurging, ko‘ksingni bahor havosiga to‘ldirib-to‘ldirib nafas olging keladi. Bu istakni juda ko‘p yurtdoshlarimizning ko‘zidan o‘qib olish mumkin. Biroq, afsuski, aksariyat yoshlarga e’tibor bilan boqsangiz, olam shunday yashnab turgan pallada ham ularning ko‘zida telefon ekranining aksini ko‘rasiz.

Navro‘z qadimdan xalq o‘yinlari, milliy sport turlari va ommaviy musobaqalar bilan nishonlab kelingan. Kurash, uloq-ko‘pkari, poygalar, kamondan o‘q otish, chavgon kabi milliy sport turlari xalqning tani va joniga quvvat bergan, mardlik va birdamlikni uqtirgan, o‘rgatgan. Navro‘z deganda tasavvurda yengini haloplatib, chaqqon-chaqqon sakrab qo‘yayotgan polvonning kurashga chog‘langani, ko‘zlari porlab, jon-jahdi bilan arqon tortayotgan bolalarning shodon qiyqirig‘i, bor mahoratini ishga solib otining gavdasini tik tuttirib kishnatayotgan chavandozning poygaga otlangani jonlanadi. Ammo bular endi xuddi tasavvurligicha qolib ketganday. Qishloqlarda-chi, deb malomat qilishga chog‘lanmang. Bu gaplarni yaqinda qishloqqa borib, o‘z ko‘zim bilan ko‘rib kelganim uchun yozyapman. Qishloq bolalari ham allaqachon gadjetlarga mukkadan ketgan. Tabiatdan zavqlanishni, uning moʻjizalaridan bahra olishni unutib qo‘ygan go‘yo.
To‘g‘ri, bayram kunlarida yurtimizning turli nuqtalarida har xil musobaqalar o‘tkazib turiladi. Ammo ular yetarlicha targ‘ib qilinmayapti, shekilli, telefon qaramligini yenga olmayapti. Axir, bu kunlar yoshlarni sport musobaqalariga qiziqtirib olishning ayni mavridi emasmi?
Bu mulohazalar aslo zamonaviy texnologiyalarni inkor qilayotganimni anglatmaydi. U – bilim. Dunyodagi ilg‘or texnik ilmlarni, albatta, o‘rganish kerak. Biroq hazrat Navoiy ta’kidlaganlaridek, inson komillikka ham ma’nan, ham jismonan yetuklik orqali erishadi. Shunday ekan, farzandlarimizga, uka-singillarimizga buni tushuntiraylik, tabiat qo‘yniga olib chiqaylik, birga o‘yinlar o‘ynaylik, toki ularning ko‘zida telefon ekranining so‘niq aksi emas, hayotga tashnalikning, ishtiyoq va zavqning porloq nuri yarqirab tursin!
Do‘stmuhammad HAMROYEV,
Facebook
“Jadid” gazetasining 2025-yil 21-martdagi 12-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324