25.07.2024 | 12:17
345
Timur Kapadze kechagi uchrashuv, Misr bilan boʻladigan oʻyin haqida fikr bildirdi
Oʻzbekiston OTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze kechagi uchrashuv va Misrga qarshi ikkinchi bahs haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
KECHAGI UCHRASHUV HAQIDA…
Ispaniyani kuchini yaxshi bilardik. Ularni oʻrganib chiqdik, har bir bahslarini tahlil qilishga harakat qildik. Bizga qarshi oʻtgan avvalgi oʻrtoqlik uchrashuvdagi harakatlarni ham koʻrib chiqdik. Toʻgʻri, bu tarkib Toshkentga kelganlardan ancha farq qiladi, lekin murabbiy oʻsha, taktika oʻsha. Toʻgʻri Ispaniya kuchli, biroq biz ham kuchsiz emasmiz. Jamoam ham kuchli. Kuchimiz yetadi deb oʻylayman. Qayerdadir omad yetishmadi, hujumlarimizda ozgina aniqlik yetishmadi. Biz bundanda yaxshiroq oʻyin koʻrsatishimiz mumkin edi deb oʻylayman. Shuning uchun ushbu oʻyindan toʻgʻri xulosa chiqarishga harakat qilamiz. Tahlil qilamiz. Biz ikkinchi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladik. Oʻylaymanki, bu oʻyin biz uchun yaxshi boʻldi. Hammani tekshirdik, balki bu oʻyin orqali futbolchilarni oʻz ishonchini oshirishga yordam berdi deb oʻylayman. Birinchi boʻlimda yaxshi oʻyladik, balki undanda yaxshi oʻynashimiz ham mumkin edi, ikkinchi boʻlimda ham yomon oʻyin koʻrsatmadik deb oʻylayman.
Balki ikkinchi boʻlimda hujum chizigʻimiz ozgina charchab qoldi, balki hali toʻliq formaga kirib olmaganmi? Bilasizlar, hujum chizigʻi vakillari endi mashgʻulotlarga kirishishdi. Keyin ikkinchi boʻlim boshlarida bizda boʻshliqlar paydo boʻla boshladi. Ayniqsa, boʻlim avvalida. Gollarga eʼtibor bersak, oʻtkazib yuborilgan gollarda oʻzimiz xatolarga yoʻl qoʻydik. Agar himoya va yarim himoyadagi futbolchilarimiz yaxshiroq oʻyin koʻrsatganida biz bu gollarni oʻtkazib yubormagan boʻlardik.
Birinchi golni jarimadan oʻtkazdik, ushbu vaziyatda ham ancha sovuqqon oʻynashimiz mumkin edi. Ispaniyada birinchi boʻlimda bundan boshqa vaziyat boʻldi deb oʻylamayman. Oʻzimizning vaziyatlardan foydalanganimizda yanada yaxshiroq boʻlarmidi deb oʻylayman. Umuman olganda, ikkinchi boʻlimda hujum chizigʻimizda charchoq sezildi. Oʻzgarishlardan soʻng yana barchasi joyiga tushdi. Maydonga tushganlar oʻyinni kuchaytirishdi. Bahs yakunida jamoamiz durangga erishishi ham mumkin edi. Umuman olganda, bugun yigitlar yaxshi harakat qildi. Biroq men ularni bundanda yaxshi oʻyin koʻrsatishlariga ishonaman.
GURUHDAGI KEYINGI RAQIBIMIZ HAQIDA…
Guruhdagi ikkinchi uchrashuvni hali koʻrmadim. Sababi biz yoʻlda edik. Endi koʻramiz. Misrga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. Ularga qarshi uyda oʻynagan oʻyinimizni, bugungi va boshqa uchrashuvlarini tahlil qilib chiqamiz. Kerakli narsalarni olamiz. Balki bugungi oʻyin durang boʻlgani biz uchun yaxshilikkadir. Sababi har ikki jamoa ham bir ochkodan qoʻlga kiritdi. Kurash oldinda, oʻylaymanki, biz ham yaxshi tayyorgarlik koʻrib, gʻalaba qozonishga harakat qilamiz. Koʻrinib turibdi, Misr hamda Dominikan Respublikasi ham yaxshi darajadagi jamoalar.
Temur Kapatze,
O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
176
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
159
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
365



