11.08.2026 | 16:23
1120
TO‘G‘RILANG
Aqli pesh donish ustodlar aytmishki, bandayi yetuk o‘z holicha taraqqiy topmas, aning kamoli uchun tajriba g‘alviridan o‘tgan hikmat javhari, soniyan, shaxsiy namuna zarur va lobiddur. Kamina xodimingiz ham gahi peshin og‘ib, musicha qunushgan kezlari lohas va lanj bo‘lib, ayni chog‘ kutilmagan va tutilmagan hayotiy pandlarga yo‘liqib, ilhom iskanjasida jazbaga tushib, nos chaktirilgan ilonday to‘lg‘oqqa tushurman. Shundoq durri guharlardan bir hovuchidan siz ham bahramand bo‘ling, sodiq muxlislarim.

Kepqoling, hikmat sochay, so‘mka-yu qopni to‘g‘rilang,
Navbat talashmang ittorib, avval odobni to‘g‘rilang.
Qarini shod aylasangiz, xush kelurmish barchaga,
Yoshni ham yo‘qlab turing, illo, savobni to‘g‘rilang.
Qo‘noqparastmiz barchamiz, hammamiz mazzaxo‘rak,
Mayni tejash vajhi bo‘lsa, darrov chalob*ni to‘g‘rilang.
Ey mug‘allim, domillolar, imlo debon mazgilamang,
Alifbodan avvali darslik – kitobni to‘g‘rilang.
Magarkim, mehmon san’at sahnida yo‘rg‘olasa,
Qulog‘in o‘bdan burab, betob** rubobni to‘g‘rilang.
Yo magar qo‘nog‘i qurg‘ur shaydoyi miyno*** esa,
Aning sho‘r tumshug‘i sori darrov sharobni to‘g‘rilang.
Magaram, tildan qolib, achchiq kekursa behayo,
Ko‘ndolang aylab yo‘lig‘a “Afrosiyob”ni to‘g‘rilang.
Tixirlikni etsa zohir shlagbaumg‘a chirmashub,
Kuf-u suf solib ayurg‘ay, Mulla Xunob****ni to‘g‘rilang.
Bas, kamina Arastudek aql-u zakoga to‘lmisham,
Uchrasa, qabulima Suqrot janobni to‘g‘rilang.
Yona bir donish fikr qolmish miyyam puchmog‘ida,
Sersavol ersa xotun, tezda juvobni to‘g‘rilang.
Tengin topolmay avliyo tanho o‘turlar so‘ppayib,
Tengi yo‘q jonon topilsa, Sattor Surobni to‘g‘rilang.
Sattor SUROB
*ayronning bir turi
** tob tashlagan
*** shisha
**** adolatparvar shinavanda so‘z zargari
Husan SODIQOV chizgan karikatura.
“Jadid” gazetasining 2026-yil 7-avgustdagi 32-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
38
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
120
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
312