Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.04.2024 | 22:04

img348

TO‘Y VA TARBIYA MASALASI

Rossiyada to‘y majlislarida maktab, madrasa va jamiyati xayriyalar foydasiga ionalar jam qilindig‘i har zamon gazetalarda yozilib tursa ham, bizim Xo‘qandda biror rasmiy jamiyatimiz yo‘qlig‘i va foydalik ishlar qilmoq odati bizda hanuzda yo‘qliqdan Xo‘qand to‘ylarida diniy va milliy ishlarga iona qilmoq kabilar aslo yo‘qdir. Binobarin bu to‘y ham shundog‘ qorin yorilgancha yemoqdan iborat bo‘ldi qoldi. Shundog‘ bo‘lsa ham, kerak zamon va kerak matbuot ta’siri ila bo‘lsa aholida bilkulliya intiboh (umumiy uyg‘onish) asari yo‘q emas. Bor. 5–10 odam bir yerga kelsalar, masalai zaruriya xususlarida ikki firqaga ajralib bo‘lsa ham muzokaralar bo‘lib turmoqdadur. Menim hech kimning shaxsiyati ila ishim yo‘q. Men har kimdan ziyoda har kimning shaxsini ehtirom qilaman. Lekin umumga, millatga oid xilofi haqiqat ila so‘ylangan so‘zlarga ranjiyman. O‘z shaxsim zarar ko‘rsa, bila turib, sukut ila o‘ta olmay odob va insof doirasida mudofaaga kirishaman. Hissamni ilzom qasdi ila emas, balki haqiqatga tarafdorlik va haqiqatning in­ki­sho­fi qasdi ilan. Faqat bir so‘z so‘ylab, so‘z tinglarga hanuz-da o‘rganmaganligimiz uchun ko‘b muzokaralarimiz Qash­qar shogirdlarining munozara majlisiga o‘xshab haqliq yuzaga chiqmazdan qolmoqdadir. Bu hol mujib taassuf bo‘lg‘onligi kabi ba’zan yakka digari­mizning adovatini ham jalb etmakdadur. Ushbu majlisda hozir kiromdan birov usuli savtiya ilan o‘qumoqda bo‘lg‘on maktab talabalarining salom bermovlari va g‘ayr qusurlaridan shikoyat etmak usul savtiya va qadimiya haqinda ham biroz so‘zlar so‘yladilar. Man usuli jadidiya va qadimiya nizolarini turkistonli qardoshlarimizning og‘izlaridan aslo eshitganim yo‘q. Lekin shu nizo mash’um Rossiyada ham, munda ham hamon no‘g‘oylarimiz ichida hukm surmakdadur. Men shunga ko‘p taassuf qilaman. Shu muqovala nizo’ va jadalning millat o‘rtasidan bir on avval raf’ o‘linmog‘i vojibdir, farzdir. Sarfi no‘g‘oylardan iborat bo‘lg‘on bir majlisda bu nizolarning jarayoni bir qadar afv qilinurliq qabohat azima bo‘lsa ham, lekin sof qalbli va dinga ehtiroman din ismidan so‘ylanilgan har bir so‘zga tez ishonmoq qobiliyati bor mahalliy imomlar va mudarrislar huzurida afv qilinmaslik qabohat, ulug‘ jinoyat va millatga buyuk xiyonatdur. Biz tatarlar bilodi Turkistonda usul savtiyaning intishori sharafina noil bo‘lg‘on edik. Emdi ig‘roz nafsoniyalar baliyasi o‘laroq o‘rtaga nifoq tuxmi ekib, ul sof qalbli va har kimga mo‘minlik qardoshi nomiga hasan zanli o‘lan mahalliy imom va mudarrislarning usul savtiya haqinda ishtibohlarini mujib bo‘ladurg‘on ahvoldan ijtinob eta­lim… Makka, Madi­na, Shom, Misr, Hindiston, Istanbul va soir mamoliki islomiyada usuli jadida ko‘bdan qabul qilin­g‘on. Lekin ulamo tarafidan ham, avomlar tara­fidan ham talabalar adabsiz bo‘l­di­lar, yoki muallim va muallimalar undoq qilalar, mundoq qilalar kabi ma’nisiz va ham islomiyaga, insoniyatga yoqmay­durg‘on nizo va ja­dal­­lar aslo eshitilmadur. 7–8 yasharlik mak­­tab bolalarining salom bermagan qusurlarini usuli jadidaga, yoki muallim va muallimaga isnoq qilmoq katta qabohatdur. Muallimlar ham o‘rgatmiylar emas, albatta o‘rgaturlar. Lekin bu kabi odob juz’iyani otalari­miz muallimlardan gina kutmay o‘zlari ham o‘rgatsalar zarar yo‘qdir. Bolalar salom bermaydilar ekan, sabiyliklari hurmatina afv qilib otalari­miz sabiylarga o‘zlari salom bersalar, nima zarar bor?! Faxrul koinot Hazratlari sibyonlarga o‘zlari salom berur edi, degan so‘zlar kitoblarda bor. Ishta muning ila otalarimiz ham sunnatga amal etgan hamda bolalarining salom berib, salom olmoqg‘a o‘rganmaklariga bois savoblik bo‘lurlar edi Bu ham xotiralardan chiqmasun: bolalarning tarbiya axloqiyalari maktabdan ko‘ra muhtarama onalar quchog‘indan axtarilmog‘i lozimdir. Emdi bolalarimizni matlub darajada adablik va tarbiyalik qilmoq xavohishinda bo‘l­saq, ishta onalarimizni “ilm tarbiyat ul atfol”dan bahrador etmalimiz. To‘g‘­risi, bolalarimiz in­son bolalari kabi bo‘l­sun­lar desak, eng avval bosh­lab onalarimizni tar­biya va ta’lim etalim. Yo‘q­sa bolalardan, maktab­lar­dan ma’mul bo‘l­gan foyda hosilga kel­mas. Tamaddun va maorifning insonlar orasiga surat ila intishor bo‘lmog‘i uchun ham onalarimizni yoxud ona bo‘ladurg‘on qizlarimizni tarbiya va ta’lim qilmoqimiz zarurdir. Biz-ku er bolalarimizni ham durust tarbiya qilg‘onimiz yo‘q. Lekin er bolalarimizni qancha yaxshi tarbiya qilsak ham kelajak asrda ona bo‘ladurg‘on qizlarimiz tarbiya qilinmaganda biz hamon yarim jonlikdan, mag‘lubchilikdan najot topa olmasmiz. Chunki xotun demak nav basharning yarmi demak bo‘lg‘onligi uchun xotunlar, qizlar tarbiya qilinmasa, yarim millat tarbiyasiz qoldi demak bo‘lurki, bu esa ma’nan va ruhan mag‘lubchilik demakdir. Mana Ho‘qandda bir ovuch ruslar bordur. Bular musulmonlarga qaraganda naqadar oz va markazdan naqadar uzoq o‘ldiqlari holdakina 2–3 joyda muntazam anas maktablari bordirki, bu hol dunyoda inson o‘lub yashamakning yagona chorasi onalarimizning ham tarbiyalik bo‘lmoq­lariga marbut ekanligini ochiq ko‘rsatmakdadur Biz tatarlarda qancha sanalar farz, nizo’ va mutasalsil jadallardan ke­yin hamdlar o‘lsun Ho‘qandda ikki yerda qizlar maktabi ochmoqg‘a muvaffaq bo‘ldiq. Bu juda yaxshi va juda asosli ishdir. Binobarin bu ishga sathiy nazar ila nazar qilmay asosli va chuqur nazar ila qarash lozimdir… Emdi o‘zimizgagina maxsus bo‘lsa ham maktab anas ochmoqimiz elanda mahalliy musulmonlarga namuna o‘laroq tarixda go‘zal nom olmoq sharafina noil o‘lalim. Bas salqin so‘filiq sotib yoki tes­kari o‘g‘li teskarining mulkina xizmat qiluv bahonasi ila riyolanib muallim va muallimalarning shaxsiyatidan bahs qilg‘ondan ko‘ra maalmumkin so‘z, qo‘l, ish va til ila shu maktablarning rivoj va taraqqiysiga xizmat qilmoq hammamizga lozimdir. Lozimgina emas vojibdir, farzdir. Xizmat qilmoq qo‘limizdan kelmasa, aqalli zarar qiluvdan va bularga qarshi so‘z so‘ylamak­dan tiyilaylik. Din va aql, diyonat va shari­atning iqtizosi ham shundog‘ emasmi?..

Muallim Shokir al-MUXTORIY

“Sadoi Farg‘ona” gazetasi 1914-yil, 27-sonidan. 

B.NURMUHAMMAD, nashrga tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img593

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img591