17.01.2025 | 16:19
575
TRILLER
Kino va adabiyot janri hisoblangan trillerning maqsadi tomoshabin yoki o‘quvchida vahima, qo‘rquv yoki hayajon tuyg‘ularini uyg‘otishdan iborat.

Mazkur atama inglizcha «thrill» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «hayajon», «o‘tkir hissiyotlar» degan ma’nolarni anglatadi. «Triller» atamasi 1880-yillarda paydo bo‘lgan. Shundan so‘ng, keskin syujetli detektiv romanlar shunday nomlana boshlangan.
Trillerlar klassik detektivlardan syujet tuzilishi bilan farqlanadi. Detektivlarda voqealar yechim sari rivojlanadi. Qahramonlar qotillarni qidiradi, o‘g‘irlangan narsalarni izlaydi, jinoyatlarni tergov qiladi. Trillerlarda esa bunday jumboqlar, odatda, syujetning markazida bo‘lmaydi. Boshidanoq qahramon xavf ostida ekanligi ayon bo‘ladi. Trillerning maqsadi o‘quvchi yoki tomoshabinni oxirigacha asabiy taranglikda saqlab, personajlar taqdiri uchun xavotirga solishdan iborat. Detektiv yozuvchisi Jeyms Patterson shunday yozgan: «Agar triller asablarni qitiqlamasa, demak, u o‘z vazifasini bajarmayapti».
Triller filmlardagi asabiy taranglik asta-sekin kuchayib boradi. Buning uchun rejissyorlar saspens – tashvishli kutilma usulidan foydalanadi.
Triller janridagi ilk filmlar 1920-yillarda suratga olingan. Masalan, nemis rejissyori Fris Lang «M» filmini yaratgan bo‘lib, uning asosida Piter Kyurten qotilining haqiqiy ishi yotadi. Janr rivojiga Alfred Xichkok katta hissa qo‘shgan. Rejissyor filmdagi barcha qahramonlar ega bo‘lishni xohlaydigan predmet – makgaffin tushunchasini ishlab chiqqan.
Hozirgi kunda trillerning ko‘plab turi mavjud. Ularga, jumladan, mistik, dramatik, romantik, komedik, texnotrillerlar va boshqalar kiradi. Ushbu janr unsurlari ko‘plab film va seriallarda uchraydi.
OG‘RIQ NUQTA
Statistik ma’lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda örta hisobda kuniga 137 ta oila rasman ajraşmoqda. Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida 24 ming 815 oilaning nikohi qonunan bekor qilinib, ötgan yilning şu davriga köra bu raqam 6,3 foizga köpaygan. Bu sanoq faqat ajrimgagina oid, uning oqibatida ma’naviy-ruhiy jabr körgan bolalar va ular çekayotgan iztiroblar adadi faqat Yaratganga […]
17.11.2026 | 14:24
173
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
252
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
737

