Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


25.06.2024 | 08:56

img792

TURKISTONDA ISLOM DINI VA MADANIYATI

BIR OG‘IZ SO‘Z
XX asr boshlari vaqtli matbuoti rang-barangligi bilan qiziqarlidir. Ulardan ayrimlari juda qisqa umr ko‘rdi. Deylik, 1922-yilda jadidlar tomonidan “Haqiqat” degan jurnal chop etiladi.
“Jadid” gazetasining muhtaram o‘quv­chilariga A.Xatibzoda ismli muallifning “Haqiqat” jurnalida bosilgan kichik bir maqolasini taqdim etamiz. Maqola o‘tgan ulug‘ allomalarimizni eslash bilan birga jadidona kayfiyat, jamiyatni o‘nglash, haqiqat yo‘lidan adashmaslik, haq so‘zni unutmaslikka doir muhim fikrlar bayon etilgani bilan qadrlidir.  

Nashrga tayyorlovchi

Hayoti bashariyaning saodati uchun buyuk Tangri tomonidan yuborilg‘on eng sodiq, eng toza din islom dini bundan bir ming uch yuz necha yillar ilgari Arabiston mamlakatidan joriy bo‘lib, qum va sahrolarda yurgan badaviy vahshiy xalqlarni madaniy bir holga keltirib, insonlar orasidagi insonlik vazifasini tushuntirib, amaliy ra­vish­da ishlanib, butun dashti biyobondan iborat bo‘lgan yerlarni ma’mur qilib, islom madaniyati degan bir narsani jahon maydoniga otgandir.
Hozirgi asrimizda butun olamga o‘zini tanitgan Yevro‘po madaniyati shul islom dini soyasida vujudga kelgan arab madaniyatidan (“vahshiy onasining qornida haml topib”) dunyoga kelgan.
Islom dini birgina firqa uchun kelgan emas; balki butun dunyo insonlari uchun kelib, alarning ikki dunyo saodatlari uchun umumiy rahbar bo‘lg‘ondir.
Bundan bir necha yuz yillar ilgari Turkistonga kelib, badaviy bir holda yashag‘on xalqlarni madaniy bir holga keltirib, ulug‘-buyuk alloma Taftazoniy, Buxoriy, Forobiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Ahror Valiy, Navoiy va shular kabi qancha dohiy, olim-­ulamolar, zo‘r hakimlarni yetishtirgan, insonlarning aqlini shoshirib, hayratda qoldiraturg‘on tog‘ kabi binolar-ravoqlar, katta-katta masjid, madrasalarni yasatgan, necha minglab talabalarni o‘qitgan islom dini, islom madaniyati hozirgi asrimiz, hozirgi holimizda mazlum, ma’zun, e’tibordan soqit bo‘lib, oh va nadomat ko‘rpasiga o‘ralib, o‘lim to‘shagida yotmoqda. Sababi esa: so‘nggi choqlardagi ilmsizlik, ma’rifatsiz xonlar elning charog‘i-yo‘lboshchisi bo‘lg‘on ulamolarni o‘z bo‘yinturug‘lari ostiga olib, sof yo‘lni o‘z shaytanat yo‘llariga tatbiq etdirdilar. Bechora ulamolar tor ko‘zlari, kichik miqyosda topgan tarbiyalari soyasida johil, xoin xonlarning bo‘yinturug‘i ostiga kirib, aytganicha ishlamakka majbur bo‘ldilar.
Buning ustiga kengroq tarbiya topgan, kengroq romkada ko‘zini ochgan mustabid hukumat bizning el boshliqlarimizning soddaliklaridan istifoda qilib, butkul siyosat ro‘lini bizning ma’naviy hayo­timiz, diniy va madaniy maorif taraqqiyotimiz qarshisinda o‘ynadilar. Ezilgan ustiga ezildik, yanchilgan ustiga yanchildik.
Kela-kela maqsad, maslak degan narsadan ayrildik. Butun umuri diniyalarimiz makr-hiylaga aylandi. Maqsad, muazzam dini muborakimizning haqiqatini yo‘qotib, ha­yoti bashariyamizni tamom barbod etdik.
Inson shaklida bo‘lib o‘z yurtimiz, o‘z eshigimizda hayvonlar turmushi, hayvonlar yumushini o‘tamakdamiz. Bu holimizga “voy” deguvchi kishining og‘ziga pattayi kapish olib yuguramiz.
Ilm, ma’rifat degan so‘zni eshitsak o‘n chaqirim uzoq qochamiz. Tangri taoloning “hal yastaviy allasina ya’lamunav vallazina la ya’laumna” (“biladigan zotlar va bilmaydigan zotlar barobar bo‘ladimi?”) degan oyati karimasi va Payg‘ambarimizning “utlubil ilma va lav bis sina” (“Chinda bo‘lsa ham ilm talab qilinglar”) degan so‘zini unutdik, amal qilmadik.
Tangri taoloning “Va laqad karramna bani adama va hamalnahum filbarri valbahri va razqnahum minat­toyyibati” (“Darhaqiqat, biz Odam farzandlarini mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizda (ko‘tardik) va xushbo‘y narsalardan rizqlantirdik”) degan so‘ziga va “Va anna laysa lilinsani illa ma sa’a” (“Va albatta, inson uchun qilgan harakatidan boshqa narsa (nasiba) yo‘q”) degan so‘zlariga muvofiq o‘z sa’y-harakatimiz ila insonlik sharafida kun kechirmadik. Haqiqat yo‘lini unutdik, adashdik. Bundan besh-olti asr ilgaridagi – masjid, mad­rasa, dorilfununlarimizni hozirda og‘ilxona holiga aylantirdik. Yetar endi shu qadar razolatimiz!
Xulosa: qachon biz ham zamoni saodat kabi bo‘lg‘on shul zamondan foydalanib, g‘aflat to‘shagidan turib, jaholat zanjiridan qutilib, din va maslagimizni qattig‘ ushlab, umumiy bir fikrda xatti-harakat etsak, shoyad buning soyasida Turkistonda o‘lum to‘shagida yotgan islom dini, islom madaniyati sog‘lom bo‘lib, huquqi insoniyatimizdan muhrum bo‘lg‘on biz Turkiston yerli xalq musulmonlari madaniyati azaliyamizni qayta topib, madaniyat va taraq­qiyi abadiyaga erisharmiz.

A.XATIBZODA

“Haqiqat” jurnalining 1922-yilgi 1-sonidan
B.NURMUHAMMAD nashrga tayyorladi.
“Jadid” gazetasi 2024-yil 21-iyun 26-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596