Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


08.07.2024 | 19:25

img450

Turkiy davlatlar umumiy alifbo joriy qilishga chaqirildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish uchun turkiy davlatlarda umumiy alifboni joriy etishga chaqirdi.

“Global qudrat raqobati geografiyamizga kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun saflarimizni kuchaytirib, umumiy farovonlik yo‘lida imkoniyatlarimizni ishga solishimiz kerak”, – dedi u 6-iyul kuni Ozarbayjonning Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sammitida.

Tashkilot O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Turkiyadan iborat. “Biz imkon qadar tezroq umumiy alifboni joriy etishimiz kerak”, – dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Hoqon Fidan bu boradagi harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkilot doirasida kuchliroq institutsional tuzilma tashkil etishga chaqirdi.

Hozirda Turkiya, Ozarbayjon va O‘zbekiston lotin yozuvi, Qozog‘iston va Qirg‘iziston esa kirill yozuviga asoslangan milliy alifbolaridan foydalanmoqda. Qozog‘iston ham lotin yozuviga o‘tishga qaror qilgan, biroq hozircha muddatlar va yangi alifboning yakuniy talqini tasdiqlanmagan. Turk diplomatiyasi rahbari Shushadagi nutqida TDT doirasidagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga chaqirdi.

“O‘zaro bog‘lanish, energetika, moliya, savdo, mudofaa sanoati va yangi texnologiyalar kabi sohalarda hamkorligimizni yanada chuqurlashtirish uchun zaruriy kelishuv asoslarini ishlab chiqishimiz zarur”, – deya qo‘shimcha qildi u.

Hoqon Fidan global miqyosda turkiy madaniyat va o‘zlik tashabbuslarini qo‘llashga ehtiyoj borligini qayd etdi “Chegaralarimizdan tashqarida turkiy madaniyat va o‘zlik bayrog‘ini hilpiratadigan birodarlarimizni tashkilotimiz kun tartibiga qo‘yishimiz kerak”, – dedi Fidan va bu “Bolqon, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va dunyoning boshqa qismlarida yashayotgan vatandoshlarimizning o‘zligini himoya qilish uchun” kerakligini aytdi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img39

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img122

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img312