Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.07.2024 | 14:20

img345

Turkiyada migrantlarga qarshi namoyishlar avj olmoqda

Turkiyaning turli shaharlarida muhojirlarga qarshi pogrom va namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Mahalliy aholi ko‘chalarga chiqib, migrantlarni deportatsiya qilishni, prezident Erdo‘g‘ondan esa iste’foga chiqishni talab qilgan. 

Xabarga ko‘ra, namoyishlarga suriyalik erkak 5 yoshli bolaga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari sodir etgani sabab bo‘lgan. Mazkur hodisa tufayli g‘azablangan mahalliy aholining bir guruhi suriyalik qochqinlarga tegishli do‘konlar, uylar va mashinalarni yoqib yuborgan va ularga toshlar otgan. Tartibsizliklar 30-iyun kuni tunda boshlangan. Bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilgan suriyalik erkak qo‘lga olingan, bola esa himoyada ekani aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, politsiya olomonni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan, to‘qnashuvda 14 nafar xavfsizlik kuchlari va bir o‘t o‘chiruvchi yaralangan.

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya 67 kishi hibsga olinganini aytgan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on muxolifatni zo‘ravonliklarni qo‘zg‘atganlikda ayblagan.

Qayd etilishicha, mazkur namoyishlarga javoban Suriyaning 7 ta shahrida Turkiyaga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tgan, u yerda Turkiya bayroqlari va hatto Turkiya davlat raqamlari bo‘lgan yuk mashinalari yoqib yuborilgan. Natijada 7 kishi halok bo‘lgan, 25 kishi yaralangan.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324