Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


31.07.2024 | 11:28

img583

UMUMMILLAT FUQAROSI

Aslida chin ijodkorning geografik chiziqlar bilan belgilangan aniq bir vatani bo‘lmaydi. Ona Vatani – dunyo, u umummillat fuqarosi. Buyuk adiblarning asarlari qayerda, qanday sharoitda yozilmasin, umumbasharning orzu-­umidlarini, baxt-u fojialarini qamragan holda oqqa tushadi. Kichkinagina ijodxonada qog‘oz qoralayotgan qalamning ko‘lami sarhadsiz hududlarning azaliy orzularini, o‘y-qarashlarini, qadriyatlarini yalpi qamrab oladi.

Badiiy matnni har kim turlicha tushungani, yangi davr o‘zgacha nigohlarni shakllantirgani, diniy e’tiqodlarning turfaligi va nihoyat, har bir millat o‘ziga xos tabiati­dan, urf-odatlaridan yiroqlashmagan hol­da tafakkur yuritgani bois san’at namunalari turlicha idrok etiladi. Biroq insoniyatni yaxlit bir tanaga aylantirguvchi shunday qadriyatlar borki, bu nuqtada shoirimiz Usmon Azim aytganidek, “faqat bitta yurak, faqat bitta bosh”ga aylangan jamiyat vujudga kelganiga guvoh bo‘lish mumkin. Xususan, ezgulik, gumanizm-insonparvarlik, millatga muhabbat, adolatsevarlik, hurriyat, ma’rifat tushunchalari shular sirasiga mansub.

Gruzin adabiyotining ardoqli yozuv­chisi Nodar Vladimirovich Dumbadze ijodida ayni shu mav­zu­lar­ning, nafis tuyg‘ularning tasviri yetakchi o‘rinda turadi, shu bois adib millatlarning sevimli yozuv­chisiga aylangan. Uning asarlarini o‘zbek tiliga o‘giruvchi tarjimonlar avlodi shakllanishi Nodar Dumbadzening xalqimiz ko‘nglidan chu­­qur joy egallashiga, yozuvchining kitob­lari yurtimiz bo‘ylab qo‘lma-qo‘l o‘qilishiga sabab bo‘ldi. Bunday mohir tarjimonlarning eng old safida yozuvchining ko‘plab hikoya­lari, qissa va romanlarini o‘z­bek tiliga mahorat ila o‘girgan ustoz mutarjim, O‘zbekistonda xiz­­mat ko‘rsatgan madaniyat xo­dimi Nizom Komilning xizmatlarini alohida e’tirof etish joiz. Darhaqiqat, Nizom Komil tarjima qilgan “Hellados”, “Ko‘rnamak” hikoyalari, “Kukaracha” qissasi, “Abadiyat qonuni”, “Oq bayroqlar” romanlari mutolaasi chog‘ida ushbu asarlarni xuddi ona tilimizda yozilgandek his etamiz, maroq bilan o‘qiymiz. Shuningdek, Muxtor Xudoyqulov adibning “Men, buvim, Iliko va Illarion”, Sanjar Tilla “Qo‘rqmang, onaginam”, Usmon Shamsimuhamedov “Quyoshni ko‘ryapman” romanlarini tilimizga katta iste’dod bilan o‘girgan. Qolaversa, yozuvchi asarlariga Mehmon Islomqulov, Hikoyat Mahmudova, Rustam Jabborov, Orif Tolib kabi tarjimonlar ham murojaat qilishgan.

Nodar Dumbadze 1928-yil 14-iyul­da Gruziya poytaxti Tbilisi­da tug‘ilgan. Ijod olamiga dunyo no­sir­lari tanlagan yo‘l – hikoyalar bilan kirib kelgan yozuvchining ilk to‘plami 1958-yil “Qishloq bolalari” nomi bilan chop etilgan. Bu hikoyalarda bola tabiatiga xos sho‘xliklar, shumlig-u quvliklar, musaffo xayol­lar, oilasi vositasida yuragida ilk bor nish ura bosh­lagan Vatanga posbonlik tuyg‘usi, jamoaviy ahillik, jasurlik, adolat­ning ovoziga quloq tuta bilishdek yuksak fazilatlar e’zoz­lanib tasvirlanadi. “Hellados”, “Kuchukcha” hikoyalarida buning badiiy isbotiga guvoh bo‘lamiz. Umuman, Nodar Dumbadze har qanday yurtning kamolotini kelajakning millatsevar bo‘lib o‘sishida, o‘zi tug‘ilgan tuproqdan faxr hissini tuyub yuksalishida ko‘radi. Tbilisi shahrida adibning tashabbusi bilan “Mziuri” – “Quyoshjon” nomli bolalar bog‘i barpo etilgan. Bu xayrli ish millat yoshlarining ayni bolalikdan boshini bir qilishdek istakdan dalolat beradi.

1960-yilda yozuvchi o‘zining ilk yirik asarini – “Men, buvim, Iliko va Illarion” qissasi hamda 1962-yilda “Quyoshni ko‘ryapman” romanini e’lon qildi. Mazkur asarlarda urush yillarida gruzin qishloqlaridagi ma­shaq­­qatli hayot manzaralari aks etadi. 1967-yilda yozilgan “Qu­yosh kechasi” va 1972-yilda bo­sil­gan “Oq bayroqlar” romanlari zamonaviy mavzuda bo‘lib, ularda insoniy munosabatlar, odamiylik, oqibat singari fazilatlar ulug‘lanadi. Nodar Dumbadzening katta maydonga kirib kelishida rus adabiyo­tining ham ta’siri beqiyos. Xususan, adib bir qator asarlarida Lev Tols­toy, Nikolay Gogol, Aleksandr Griboyedov nomlarini takror-tak­ror tilga oladi. Avvalo, gruzin xalqining milliy o‘zligini qattiq turib himoya qiladi. Uning asarlarida gruzin adabiyo­ti asoschisi Shota Rustaveli va uning “Yo‘lbars teri­sini yopingan pahlavon” asari, zamo­naviy gruzin she’riyatining zabardast vakili Galaktion Tabidze nomlarini tez-tez uchrata­miz. Kitob­xon Dumbadzening asar­lari olamiga sayohat qilar ekan, go‘yo Gruziya­ning har bir ko‘cha­sini, milliy urf-­odatlarini, gru­zin xalqi­­ga xos sarkash ruhiyatni kuza­tib huzur topadi; bu asarlar sayyoh-­kitobxonga o‘zlikni sevishni, insoniyatni qadr­lashni o‘rgatadi. O‘quvchi mazkur kitoblarning har bir jumlasida daho qalamining kuchini his qiladi. Adib “Kukaracha” qissasida shunday yozadi: “Qalb insonning bami­soli ertaklardagi devday shishaga qamab qo‘yilgan orzu-o‘ylaridir… Hurriyatga chiqqan inson tafakkuri fanda, san’atda, adabiyotda moʻjizalar yaratishga qodir. Har bir daho aslida o‘sha shishadan otilib chiqqan devdir”. Ushbu jumla, shubhasiz, biografik mazmunga ham ega. 1978-yilda Nodar Dumbadze o‘zining qo‘lma-qo‘l o‘qilgan “Abadiyat qonuni” romanini yozib tugatadi. Bu asarda inson qadr-­qiymati, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, vijdonlilik singari fazilatlar haqida batafsil fikr yuritiladi. Uning aksariyat asarlarida hodisot, insoniyat taqdiri chuqur dramatizmga uyg‘un holda sami­miy yumor bilan qorishib ketgan: “…ayiqlarga qarab turib, maymunlarga qaraganda ular­ning odamga ko‘proq o‘xsha­shi­ni payqadim – ikki oyoqda turi­sha­di, dumi yo‘q, uyimiz oldidagi barmoqsiz tilanchiday limonadni shisha­ning og‘zidan ichishadi”. “Oq bayroqlar” romanidan o‘rin olgan ushbu parchada barmoqsiz tilanchi personaji orqali tragik tasavvur hamda ikki oyoqda tik turib limonadni shishaning og‘zidan ichayotgan ayiqda maymunlarga qaraganda odamlik sifat­lari ustunligi bilan bog‘liq yumoris­tik kayfiyat uyg‘unlashib ketgan. “Har bir ijodkorning yozish usuli nihoyatda shaxsiy odatlar bilan bog‘liq bo‘lib, yozuvchi o‘z uslubiga ega bo‘lishi, uni pishirib olishi kerak; o‘zganing kiyimi yurganda xalaqit beradi”, deydi mutafakkir adibimiz Oybek.

Nodar Dumbadze ijodining o‘ziga xosligi shundaki, uning asarlarida qadimiy an’analarga sodiqlik ulug‘­lanadi. Qolaversa, badiiy asarni idrok etish dega­ni – bu uni ayni davr bilan bog‘lab turgan nuqtalari­ni ko‘ra olish, topish demakdir.

“Avvalo, inson o‘z ishini sev­mog‘i lozim, bu har bir kasbning qonunidir. Biroq san’at kishisi uchun bunday muhabbatning o‘zi kifoya qilmaydi. U tanlagan ishining o‘ziga ko‘ngli borligiga ishonmog‘i muhimdir. Ijodkor unga ato etilgan iste’dod beg‘araz muhabbat uchun huquq berishini chinakamiga ang­lab yetmog‘i joiz”, degan xulosa orqali nuktadon yozuvchimiz Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek ijodning ham, ijodkorning ham ma’naviy yuki, ma’rifiy missiyasi naqadar og‘ir ekanini yodga soladi. Ijodkorning qalbidan o‘tayotgan dardchil tuyumlar o‘z yo‘nalishida bashariyatning g‘am-tashvishlari, ozodlik uchun kurashlari yo‘li bilan bog‘lanmas ekan; buyuk qa­lam bezovtalanayotgan ruhiyatning tal­va­sasini his qilmas ekan, yozilgan parchalar nursiz bir qoralama bo‘lib qolaveradi. Azaliy an’analar badiiy madaniyatning xotirasi hisob­lanadi. Nodar Dumbadzening ijod dunyosi ayni shunday mavzular makon tutgan badiiy manzillardan sanaladi.

Yuqorida haqiqiy ijodkorning millati bo‘lmasligi, u butun insoniyatning farzandi ekani haqida to‘xtalgan edik. Yozuvchining “Kukaracha” qissasida buning badiiy isbotiga yana bir bor guvoh bo‘lamiz: “…E, azizim, aslida biz, yer yuzidagi odamlar bir tilda gap­lashamiz, lekin bir-birimizni tushu­nolmaymiz, chunki bir-birimizning gaplarimizga quloq solmaymiz”. Millatlar birdamligi, insoniyatning baxt-u kamoloti yo‘lida urushlar­ning oldini olish, go‘zal vatandoshlik jamiyatini barpo etish bugungi davrning bosh maqsadi emasmi, aslida? Shu nuqtayi nazardan, Nodar Dumbadzening ijod laboratoriyasidagi jami badiiy, ijtimoiy unsurlar yig‘ilib, Millat ensiklopediyasini, bashariyat qomusini hosil qiladi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Insoniyat dardi bilan ijodkor tuygan iztirob birlashgan nuqtada buyuk san’at namunalari maydonga keladi. “Oq bayroqlar” romanidagi ushbu qatrada dard­ning umumbashar ko‘lamiga guvoh bo‘­lamiz: “…bizning go‘sha­miz­da bahordan darak yo‘q. Qal­dir­g‘ochlar ham ko‘rin­maydi. Nima uchun ular hibs­xona devorlariga in qurish­maskin-a? Ehtimol, ilohiy qush bo‘lgani uchun Allohning bandalari chekayotgan sitamlarni kuzatishga qaldirg‘ochlarning yura­­gi dosh berolmas? Hibsxona­ning mu­qim sohiblari yo‘q, bu yerda odamlar to‘xtovsiz almashi­nib turadi, qaldirg‘ochlar esa oso­yish­ta maskanga, inson mehriga tal­pi­nadi”. Mual­lif ko‘rgiliklarga, ado­latsizliklar qur­boni bo‘layotgan insoniyatga tomo­shabin sifatida emas, hatto dard­dosh-qayg‘udosh sifatida ham emas, balki bevosita ko‘makdosh – ishtirokchi tarzida munosabatda bo‘lishga o‘quvchisi­ni chorlaydi. Uning “Oq bayroqlar” romanidagi jo‘shqin qahramonlari­dan biri Tigran “Yig‘ing bilan yer suv­ga to‘lmas, Yo‘qotganni qayta­rib bo‘lmas”, deganida aynan mana shunday ijtimoiy-siyosiy faollikni nazarda tutadi.

Nemis faylasufi Fridrix Shel­ling san’atda har bir ijodkor o‘z mifologiyasini – individual ijod olamini yaratmog‘i lozimligiga urg‘u berib, agar ijod ahli ruhiyatni tadqiq etishni unutib qo‘ysa, san’at insoniyatdan yiroqlashib ketadi, degan to‘xtamga keladi. Uningcha, san’at nafosatning maishiy olam qo‘lida qurbon bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaydi. San’at borliqni axloq prizmasi orqali badiiy tasvirlaydi. Hurlik bor joyda yovuz­lik­ning oyog‘i qaltirab turadi. Yovuz­lik mavjud ekan, ezgulik tugal muzaffariyat sari olg‘a intilaveradi. Zulm muqarrar g‘alabaning kafolatidir. Adabiyot tari­xi­ga nazar solinsa, Vatan yo‘lidagi jasorat, erk uchun kurash, odamga oddiy bir yaratiq emas, balki Hazrati Inson sifatida munosabatda bo‘lish, zulm­ni ruhan inkor etish va bu yo‘lda qo‘rqmay jasoratga shay turish kabi mavzular aks ettirilgan asarlar bisyor ekani­ga guvoh bo‘lish mumkin. Biroq ularning hammasi ham adabiyot maydonida ­yashab qola olmadi. Davr nog‘orasiga o‘ynagan san’at “parcha”lari ham borki, ular­ning borligi yo‘qlik mohiyati bilan tengdir. Oybekning “O‘yin uchun o‘q” hikoyasidagi Volodya, Nodar Dumbadzening “Hellados” hikoyasi­dagi Yanguli, “Kukaracha” qissasi­dagi Georgiy Tushurashvili, Chingiz Ayt­matovning “Oltovlon va yettinchi” hikoyasidagi Guram ­Juxadze obraz­lari Ona Vatan yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan, millat qalbidan manguga joy olgan mana shunday jonfidolardir. Mazkur obraz­larning qismatida ona tup­roqni sevish, uni himoya qilish qadriyat darajasiga chiqadi. Yangulining tili bilan ayt­ganda, “Vatan – naqsh. Vatan – ichkari­roqda, naq yurakning o‘zida!”

Gruzin xalqi ham xuddi o‘z­bek­lar kabi o‘z an’analariga sodiq, ona yurtini behad sevadilar. 1226-yilda xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi bu o‘lkada davlat barpo etgan. XIV asrda Amir Temur Kavkaz diyorini o‘z yurtiga qo‘shib oladi. Gruzin xalqi turkiy ajdodlarimiz bilan hamnafas, yon-u jon qo‘shni bo‘lib yashadi. Shundan bo‘lsa kerak, o‘zbek va gruzin xalqlari­ning urf-odatlarida, o‘y-qarashla­ri­da, demakki, adabiyotida o‘ziga xos mushtaraklik­lar mavjud. Xusu­san, har ikki millat ijodiyotida qal­dirg‘ochni ilohiy qush – mehribonlik, sadoqat, vafo, oqibat timsoli sifatida tasvirlash urf sanaladi. Nodar Dumbadzening “Oq bayroq­lar” asaridagi qaldirg‘och obrazi ishtirokining mantiqiy davomini O‘lmas Umarbekovning “Oq qal­dirg‘och”, Maqsud Qoriyevning “Qaldirg‘ochlar bahorda keladi” hamda Xurshid Do‘stmuhammadning “Beozor qushning qarg‘ishi” nomli qissa va hi­koyalarida ham uchratish mumkin. Bu o‘rinda bir jihatni alohida ta’kidlash joiz: sanalgan asarlar orasida, faqat O‘lmas Umarbekovning qissasidan tashqari, barcha asarlarda qaldirg‘och majoziy obraz bo‘lmay, o‘tmishning katta voqealaridan sanalgan Ibrohim alayhissalomning yoqib yuborilishi bilan bog‘liq real hodisalarga bog‘lanadi va o‘sha mashhur xotira – mitti tumshuqchasi bilan suv tashigan tarixiy qaldirg‘ochning zamonasozlikka ko‘nmagan, asliyatidan yiroqlashmagan avlodlari tasvirlanadi. Bu jihat o‘zbek va gruzin xalqlarining azaliy qadriyatlari tutash ekanidan darak beradi. Adabiyotida, o‘y-qarashlarida, ruhiyatida, qo‘yingki, bor qadriyatlarida bo‘y ko‘rsatib turgan yaqin eshlik­lar, ma’naviy qondosh­liklar, ijtimoiy rishtalar o‘zbek va gruzin xalqlari madaniyatining ildizlari tu­tash ekanidan darak beradi.

Kamol HAKIMOV,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596