28.01.2025 | 11:33
979
Uolter Ayzeksonning “Eynshteyn: uning hayoti va koinoti” asaridan iqtiboslar
Eynshteyn yoshligidanoq isyonkor va an’analarga qarshi edi, bu xislatlari uning ham hayotiga, ham ilmiy faoliyatiga turtki bo‘ldi. Ushbu asarda Valter Ayzekson olimning fikrlash tarzini va u kashf etgan koinot sirlarini tushuntirib beradi.

Kollej ta’limining nufuzi ko‘plab faktlarni o‘rganishda emas, balki aqlni fikrlashga o‘rgatish orqali belgilanadi.
Bizni tushkunlikka soladigan yoki g‘azablantiradigan narsalarga bor diqqatni safarbar qilish ularni yengishga yordam bermaydi. Ularni yolg‘iz o‘zing yengishing kerak.
Jamiyatning raqobatbardoshligi maktablarning ko‘paytirish jadvalini yoki davriy elementlar jadvalini qanchalik yaxshi o‘rgatishidan emas, balki o‘quvchilarning tasavvuri va ijodkorligini qay darajada rivojlantirish orqali yuzaga keladi.
Hayot xuddi velosiped minishga o‘xshaydi. Muvozanatni saqlab qolish uchun to‘xtovsiz harakatda bo‘lishing zarur.
U o‘z g‘oyalarini qanday topgan? Men tasavvurimdan erkin foydalana oladigan darajada san’atkorman. Tasavvur bilimdan muhimroq. Bilim cheklangan. Tasavvur esa butun dunyoni qamrab oladi.
Siyosat bugun uchun yaratilgan, tenglamalarimiz esa abadiydir.
Sevgini burchdan ko‘ra yaxshiroq ustoz deb bilaman, hech bo‘lmaganda o‘zim uchun shunday hisoblayman.
Davlatning eng muhim vazifasi shaxsni himoya qilish va uning ijodkor inson sifatida rivojlanishiga imkoniyat yaratib berishdan iborat, deb hisoblayman.
Hayotni sun’iy ravishda uzaytirish bema’nilikdir. Men o‘z vazifamni bajardim, endi ketish vaqti keldi. Buni nozik did bilan amalga oshiraman.
Biz his qila oladigan eng go‘zal tuyg‘u sirlilikdir. U haqiqiy san’at va fanning negizida turuvchi asosiy kechinmadir.
Sevgi odamlar qiladigan eng ahmoqona narsa emas, biroq buning uchun tortishish kuchini aybdor deb bo‘lmaydi.
Hokimiyatga ko‘r-ko‘rona hurmat haqiqatning eng katta dushmanidir.
Dinsiz ilm cho‘loq, ilmsiz din esa so‘qirdir.
Tasavvur bilimdan ko‘ra muhimroqdir.
Eynshteyndan keyingi urush qanday bo‘lishini so‘rashganda, u shunday javob berdi: «Uchinchi jahon urushi qanday o‘tishini bilmayman, lekin to‘rtinchisida nimalardan foydalanishlarini aytib berishim mumkin – toshlardan.
Millatchilik insoniyatning qizamig‘i bo‘lgan go‘daklarga xos kasallikdir.
«Adolf Gitler haqida fikringiz qanday?» deb so‘rashganda, Eynshteyn shunday javob berdi: «U Germaniyaning och qorni hisobiga yashayapti. Iqtisodiy ahvol yaxshilanishi bilan u o‘z ahamiyatini yo‘qotadi».
O‘zingiz uchun oz foydalaning, ammo boshqalarga ko‘proq ulashing.
Bir kuni noma’lum shaxs institutga qo‘ng‘iroq qilib, dekanlardan biri bilan gaplashmoqchi ekanligini aytdi. Kotiba uning hozir ishda emasligini ma’lum qilgach, qo‘ng‘iroq qiluvchi ikkilanib Eynshteynning uy manzilini so‘radi. Unga bu ma’lumotni berish mumkin emasligini aytishdi. Shunda qo‘ng‘iroq qiluvchining ovozi pasaydi. U shivirlab: «Iltimos, hech kimga aytmang, men doktor Eynshteynman. Uyga qaytayotgan edim, lekin uyim qayerda ekanligini unutib qo‘ydim,» dedi.
Matematiklar nisbiylik nazariyasini o‘z qo‘llariga olganlaridan beri, men o‘zim ham uni tushunmay qolganman.
Olim uchun faktlar o‘zgarganda o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqish zaiflik belgisi emas, balki ilmiy yondashuvning asosiy talabi hisoblanadi.
Motsartning musiqasi shunchalik sof va go‘zalki, men uni koinotning ichki go‘zalligini aks ettiruvchi in’ikos deb bilaman.
Unga o‘z idorasi ko‘rsatilganda, qanday jihozlar kerak bo‘lishi mumkinligi so‘raldi. U shunday javob berdi: «Bir stol yoki yozuv stoli, stul, qog‘oz va qalamlar kerak bo‘ladi. Ha, aytgancha, katta axlat qutisi ham kerak, toki barcha xatolarimni unga uloqtirishim mumkin bo‘lsin».
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



