17.10.2025 | 14:00
542
USTOZNI E’ZOZLASH SAODATDIR
Yangi O‘zbekistonda ta’lim va tarbiya sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilib, ulkan natija va yutuqlarga erishib kelinmoqda. Bu Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida qurilayotgan Uchinchi Renessans poydevori sifatli ta’lim-tarbiyaga tayanishidan dalolat beradi. Zero, davlatimiz rahbari “Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir!”, deb bot-bot takrorlashi yurtimizda ta’limga bo‘lgan e’tibor yuksak darajada ekanligini ko‘rsatadi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida Respublika Ma’naviyat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda chop etilgan “Ustozga ehtirom” va “Fidoyi direktorlar” kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.


Ilm-fan arboblari, san’at fidoiylari ishtirokidagi tadbirni Respublika Ma’nviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov ochib berib, nutqida mamlakatimizda o‘qituvchilarga, ustozlarga e’tibor ta’lim tizimidagi islohotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Tadbirda, shuningdek, O‘zbekiston Qahramoni, xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva, akademiklar Abbosxon To‘rayev, Xolboy Ibragimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni sohibasi Dilbar G‘ulomova so‘zga chiqib, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar davrida maktab ta’limini rivojlantirish, ta’lim sifatini ta’minlash uchun o‘zining butun salohiyatini safarbar qilib, uzoq yillardan beri o‘z mehnati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi direktorlar davlatimiz tomonidan doimo e’tirof etilib kelinayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi. Bugungi kunda ustozlarga e’tibor, ta’lim sohasidagi islohotlar haqida yorqin misollar keltirishdi. Tadbirda ustozlarga kitoblar taqdim etildi. Ustozlar talaba-yoshlarga hayot yo‘li va tajribalari haqida so‘zlab berdi. Uch avlod o‘rtasida dildan suhbat uyushtirildi.

Ziyolilar jam bo‘lgan ma’rifiy kecha misolida ham aytishimiz mumkin, bugun ustozlarga e’tibor sezilarli darajada ortgan. Ular ham ko‘rsatilayotgan har bir e’tibordan ruhlanib, jamiyatimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shishga shay. Zero, inson qadrlangan yerda ilm-fan va yanada bardavom taraqqiy etaveradi.
Mamlakatimizda ustoz va muallim, oliygohlarning professor-o‘qituvchilari va ziyolilarning ilmiy-ijodiy faoliyatni targ‘ib qilish, ularga hurmat-e’tiborni oshirish, xususan, ustoz va murabbiylarning qadrini oshirish, mashaqqatli va sharafli mehnatini e’tirof etish ham ommaviy axborot vositalari orqali muntazam targ‘ib qilish maqsadida Respublika Ma’naviyat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan 2024-yildan buyon “Ustoz” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, loyiha doirasida yurtimizdagi ellik nafarga yaqin taniqli shaxslar, ilm-fan, adabiyot va san’at namoyandalari ishtirokida turkum videointervyular tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlar va markaziy telekanallar orqali muntazam namoyish etilib kelinmoqda.

Ustozlarga ehtirom ko‘rsatish, millatimizga dahldor eng buyuk qadriyatlardan biridir. Mana shunday xayrli ishlarda Respulika Ma’naviyat va ma’rifat markazi boshchiligida joriy yilda “Ustozga ehtirom” deb nomlangan maxsus kitob-albom tayyorlandi. Mazkur nashrdan O‘zbekiston Qahramonlari – Ibrohim G‘afurov, Anor Mahmudova, Shavkat Ayupov, Rahmon Muhammadiyev, Manzuraxon Madaliyeva, Kamoliddin G‘opirov, Muhabbat Sharapova, Munojat Yo‘lchiyeva, shuningdek, taniqli davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, adabiyot va san’at namoyandalari – Dilbar G‘ulomova, Abdulla A’zam, Abbosxon To‘rayev, Nurislom To‘xliyev, Erkin A’zam, Farida Abdurahimova, Abdurahim Erkayev, Sirojiddin Sayyid, Iqbol Mirzo, Shuxrat Sirojiddinov, Kamola Akilova, Hasan Rajabiy, Aynisa Musurmonova kabi 35 nafar ustozlarning fikr-mulohazalari, boy hayotiy tajribalaridan lavhalar o‘rin olgan. “Fidoyi direktorlar” kitobida zamonaning ilg‘or direktorlari faoliyati aks ettirilgan.

Maktab ta’limi bugun yosh-avlod kelajagi uchun muhim bosqich sanaladi. Maktabning taraqqiy etishida, yosh-avlod uchun munosib shart-sharoit yaratish, kadrlar salohiyatini nazorat qilish, pedagoglarning ta’lim sifatiga rioya qilishlarini ta’minrlash avvalo maktab direktorining zimmasiga tushadi. Direktorlik shunchaki rahbarlik emas unga kuchli salohiyat va minglab o‘g‘il-qizlar kelajagiga dahldorlik hissi bo‘lishi kerak. U zamonaviy il egasi, yuksak salohityat sohibi bo‘lmoqg‘i kerak. Bir so‘z bilan aytganda, bugungi maktab direktori mamlakatning ta’lim konsepsiyasini tushunishi, maktabning tashkiliy-huquqiy, o‘quv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali boshqarib, barcha resurslar va xodimlar salohiyatini ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirishi zarur. Buning uchun ulardan liderlik xususiyatlari va menejerlik ko‘nikmalariga ega bo‘lish talab etiladi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorligida “Fidoyi direktorlar” kitobi chop etildi. Unda ana shunday ilg‘or fikrli, jonkuyar direktorlar faoliyatiga nazar tashlangan.

So‘nggi yillarda ustozlarga munosabat, e’tibor ortib bormoqda. Bugun o‘qituvchilarning obrusi baland pog‘onalarga ko‘tarilgan. Zero, mamlakatimizda ilgari surilayotgan bunyodkorlik ishlarining tub mohiyatida ham ana shu – ustozlarni e’zozlashdek ulug‘vor qadriyat mujassam.
Baxtiyor Husanov,
“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati raisi
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
92
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
134



