Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


20.12.2024 | 14:20

img486

Xalqaro adabiyotshunoslar e’tirofiga ko‘ra, yilning eng yaxshi o‘n romani

The Conversation UK nashrining san’at va madaniyat axborotnomasi 2024-yilning eng yaxshi badiiy asarlarini e’lon qildi.

Yael van der Vuden qalamiga mansub «Xavsizlik» romani
De Montfort universitetining san’at, dizayn va gumanitar fanlar fakulteti dekan yordamchisi Manjeyet Ridon tomonidan tavsiya etilgan.

Ikkinchi jahon urushi davrida yahudiylarning mol-mulkini musodara qilish va o‘g‘irlash haqidagi roman Niderlandiya tarixining qora sahifalarini aks ettiradi.

Samanta Harvining «Orbita bo‘ylab» romani
Sharqiy London universitetining madaniyat nazariyasi o‘quvchisi Debra Benita Shou tomonidan tavsiya etilgan.

Samanta Harvining mazkur asari global iqlim muammosining dolzarbligiga qarshi kosmik parvozlar amalga oshirayotgan insonlarning ta’sirini mohirona ochib beradi.

Ali Smitning «Qo‘rquv» romani
Anglia Ruskin universiteti ingliz adabiyoti kafedrasi professori Sara Annes Braun tomonidan tavsiya etilgan.

Asarda iqlim o‘zgarishining oqibatlari, qochqinlarning ayanchli ahvoli hamda murosasizlik va avtoritarizmning kuchayishi kabi muammolar ilgari surilgan.

Salli Runining «Intermezzo» romani
Dublin universiteti kollejining zamonaviy ingliz adabiyoti va tanqidiy nazariyasi bo‘yicha tayanch doktoranti Orlait Darling tomonidan tavsiya etilgan.

«Intermezzo» (opera davomida ijro etiladigan qisqa musiqa) asarida Runining odamlarning bir-biriga bo‘lgan munosabati bo‘yicha mulohazasi aks etgan.
Romanda munosabatlar davomidagi va’dalar va majburiyatlar haqida so‘z yuritiladi.

Persival Everettning «Jeyms» romani
Lids Bekket universiteti vakili Emili Zobel Marshall tomonidan tavsiya etilgan.

Adabiy va ilmiy yo‘nalishda yozilgan romanda Everett qora tanli adiblar adabiyoti tanqidi va nazariyasini mohirona singdiradi, shu bilan birga Amerika ilmiy va adabiy an’analarini shakllantirgan kitoblarga nozik ishoralar qiladi.

Asako Yuzukining «Sariyog‘» romani
Galvay universitetining adabiyot fanlari nomzodi Jeyn Makbrayd tomonidan tavsiya etilgan.

«Sariyog‘» asari zamonaviy Yaponiyada ayollarga nisbatan nafrat va zo‘ravonlikni keskin tanqid qiladi. Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi do‘stlik va insoniy munosabatlarga e’tibor qaratilgan.

Kave Akbarning «Jafokor» romani
Uorvik universitetining adabiyot va tarix kafedrasi dotsenti Elis Kelli tomonidan tavsiya etilgan.

Turli qahramonlarning nuqtayi nazarini aks ettiruvchi asarda yozuvchi avlodlararo ruhiy jarohatlar, muhojirlik hayoti, alkogolga qaramlik va o‘lim haqida teran mulohaza bildirgan.

Reychel Kaskning «Namoyish» romani
London universiteti ingliz tili kafedrasi dotsenti Skarlett Baron tomonidan tavsiya etilgan.

«Namoyish» muvofiqlikka qarshi yozilgan teran tadqiqot asari hisoblanadi. Unda shaxsiyat, ijodkorlik va oilaviy munosabatlar tahlil qilinadi.

V.V. Ganeshanantanning «Birodarlarsiz o‘tgan kecha» romani
Oksford universitetining ingliz va jahon adabiyoti professori Anki Mukerji tomonidan tavsiya etilgan.

Asar Shri-Lankaning Jaffna shahrida, fuqarolar urushi davri haqida hikoya qiladi.

Jenni Erpenbekning «Fursat» romani
London Qirollik kollejining Amerika tadqiqotlari bo‘yicha katta o‘qituvchisi Edvard Sugden tomonidan tavsiya etilgan.

Asarda vaqt va tarix masalasi ilgari surilgan. Kitobdagi voqealar G‘arbiy Yevropaning kapitalistik tizimi inqirozga yuz tutayotgan sotsializmni yemirayotgan bir paytda, Germaniya Demokratik Respublikasining so‘nggi yillaridagi davrga olib boradi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img55

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img129

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img319