Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


24.06.2025 | 17:19

img586

XATO YOZMASINLAR O‘ZINGNIKILAR!

Shu kunlarda tuxumbarak geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani rasmiy sahifalarda e’lon qilindi. Bir qarashda quvonchli va odatiy holat. Ammo bir guruh ziyolilar hamda ijtimoiy tarmoq faollari jarayonda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yilganini ta’kidlamoqda. Chunki Adliya vazirligi patentlagan taomning nomi tuxumbarak emas, yumurtabarak bo‘ladi. Ularning farqi va o‘xshashligi nimada?

Men diqqatingizni Bog‘ot tumani Qip­choq qishlog‘ida yashovchi Shohista Qurbo­novaning fikriga qaratmoqchiman:

– Boshqa hududlarni qo‘ya turaylik, hatto, xorazmlik yoshlar ham tuxumbarak bilan yumurtabarakning farqiga bormayapti, – deb tashvish chekyapti opa. – Tuxumbarak azaldan qovun urug‘idan tay­yorlanib, yilda bir-ikki marta ilikuzildi paytida yeyilgan. Ayniqsa, tibbiy xususiyatlari uchun yangi kelin-kuyovlarga tavsiya etiladi. Uni tayyor­lash uchun qovun urug‘i yaxshilab yuvilgach, tekis sahnda quritiladi. Keyin kelida tuyilib, elakdan o‘tkaziladi. Ba’zilar taomga tuyilgan kunjut, o‘rik mag‘zi ham qo‘shadi.

Yumurtabarak esa tovuq tuxumi qo‘shib pishiriladigan xamir ovqat. Mana shu ovqat mashhur.

Feysbukdoshimiz yozuvchi Salomat Vafo­ning posti ham mavzu mohiyatiga yaqin­lashtiradi bizni:

“Ijtimoiy tarmoqlarda ikki-uch kundan beri Xorazmning yumurtabaraki haqida gap-so‘z kuzatilmoqda. Uni “tuxumbarak” deb tan olishgan emish. Yumurtabarak Xorazmda hech qachon “tuxumbarak” deb aytilmagan. Hozir Toshkentdagi kafelarda menyu­larga xatolik bilan “tuxumbarak” deb yoziladi.

“Tuxumbarak” degan atama – “yumurta­barak” so‘ziga almashtirilishi kerak. Shunda qilayotgan amallarimiz tarixiy haqiqatga to‘g‘ri bo‘ladi”.

Vazirlikdagi ro‘yxatga oluvchilar-u, resto­ran taomnomasi tuzuvchilar nega bu ikki xil taomni almashtirib yubordi?

Chunki Quyi Amudaryo mintaqasida o‘sim­lik urug‘iga “tuxum” deyiladi, urug‘likka olingan hosilga esa “tuxumlik”. Alisher Navoiy ham “Tuxum yerga kirib chechak bo‘ldi” satrida lola tuxumini, ya’ni urug‘ini nazarda tutgan edi.

Hazratning “Tarixi mulki ajam” asarida esa “yumurta” haqida ham so‘z ketadi: “Oltundinkim ming gavhar bila mukallal qilib erdilarkim, har biri chumchuq yumurtqasicha…”

Demak, Xorazmda o‘simlik urug‘ining tuxum, qush tuxumining yumurta deb atalishiga tarixiy dalillar bor. Umuman olganda, qush tuxumining “yumurtqa” yoki “yumurta” deyilishi turkiy xalqlarga xos. Hozir ham bu so‘z qoraqalpoqlarda “jumurtqa”; turkman, turk, ozarbayjon va o‘zbeklarning o‘g‘iz lahjasida “yumurta”; qipchoq lahjasida esa “yumurtqa” shaklida qo‘llaniladi.

Aslida “yumurta”, “yumurtqa” yumaloq degani. “Barak” deb yupqa qilib yoyilgan narsa­ga aytiladi. “Varaq”, “bargak”, “barak” kabi so‘zlar zamirida ham “yupqa” ma’nosi yotadi.

Katta avlod biladiki, yumurta so‘zi 25-30 yil oldin ham keng iste’molda edi. Keyingi yillarda uning o‘rnini adabiy tildagi “tuxum” so‘zi egallay boshladi. Bu holat og‘zaki nutqdan yozma nutqqa ham o‘ta boshladi. Bu taomlar nomlanishiga ham ta’sir o‘tkazdi. Oqibatda, yumurtabarak bir yumalab tuxumbarakka aylanib qoldi. Mas’ullar esa ishga yuzaki yondashib yumurtabarakni tuxumbarak deb rasmiylashtirib yuborishdi.

Agar bu xatoga YUNESKO yoki boshqa xalqaro tashkilotlar, chet el idoralari yo‘l qo‘yganda “Ha endi bilmapti, murojaat qilib tuzattiramiz”, derdik. Lekin… Bu holatdan keyin Halima Xudoyberdiyevaning satri yodga tushdi:

Har harf yuragingni teshib o‘tgaydir,
Xato yozmasinlar o‘zingnikilar.

Erpo‘lat BAXT
Facebook

“Jadid” gazetasining 2025-yil 20-iyundagi 25-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600