Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.12.2024 | 09:48

img414

XO‘RLIKDAN HURLIKKACHA…

Asar muallifining ichki tuyg‘ulari, fikr va g‘oyalari o‘z qahramonlarining hislariga, xatti-harakatlariga qorishib ketgan.

Yantoqning ildizi toshni ham yorib o‘ta olishi, toki suvga yetmagunicha o‘sib, chuqurlashib boraverishi tabiatning eng hayratlanarli hodisasi. U sahroda ham, tog‘-u toshlar orasida ham bemalol o‘sa oladi. Mayda yaproqlari to‘kilsa-da, ninachalarining bahordan qishga qadar yashab qolishida ham ajib hikmat bor. Ninachalar yantoq hayotini muhofaza etadi. Yulsangiz, barmoqlaringizga, bosib o‘tsangiz, oyoqlaringizga sanchiladi. Yaqinda Qayum Sobirovning “Ildiz” nomli asarini o‘qiy turib, yana yantoq yodimga tushdi.

Mavridini topib, kitobni qunt bilan o‘qidim. Asar voqealari Ikkinchi jahon urushidan oldingi va keyingi davrlarni o‘z ichiga olgan. Qahramonlari har qanday xo‘rlig-u zulmdan qat’i nazar, faqat ezgulikka, ozodlikka intilib yashaydi. Ayniqsa, o‘z zamonasining jadidlaridan biri bo‘lgan Ko‘chimboy va xotini Xursanoylarning ichki iztiroblari, tortgan azoblari, orzu-havaslari, saodatli kunlar sari intilishlari shunday jozib tasvirlanganki, beixtiyor ko‘zingizga yosh keladi. Qattol tuzumning yolg‘onlaridan jirkanasiz, bo‘htonlaridan seskanasiz.

“Ildiz” qissasi urush va uning atrofidagi dahshatli voqealarni, soxta sotsialistik tizim yaratgan xo‘rliklarni qamrab olgan. Xalqimizning har qanday sharoitda ham faqat yaxshilikka intilishi, sof insoniy sevgi-muhabbatni qadrlay bilishi, farzandlarini komil inson qilib tarbiyalay olishi kabi fazilatlari muallif tomonidan sodda va ta’sirli qilib qog‘ozga tushirilgan.

Ko‘chimboy bilan Xursanoy yetti farzandni tarbiyalab voyaga yetkazadi. Ularning qizi Muazzam bilan Sodiq esa o‘n bir nafar farzand ko‘rishadi. Ko‘chimboy katta Farg‘ona kanalini qazish ishlarida qatnashib, kunlik rejasini ortig‘i bilan uddalaydi. Biroq ishdan keyin namoz o‘qigani uchun Hoshim ko‘rning sotqinligi va adovati tufayli qattiq kaltaklanib, vafot etadi. Xursanoy esa erining vasiyatlarini bekam-u ko‘st ado qilib, jon beradi.

Ularning gapga chechan va soddagina qizi Muazzamning taqdiri ham onasinikiga o‘xshaydi. Ammo u o‘zining o‘limini, vaqti soati yetganini oldindan his qiladi. O‘limni tik qarshi oladi. Faqat ortida qolayotgan farzandlaridan ayrilgisi kelmaydi. Asar muallifining ichki tuyg‘ulari, fikr va g‘oyalari o‘z qahramonlarining hislariga, xatti-harakatlariga qorishib ketgan.

“Ildiz”ni o‘qigan kishi nima uchun asarga shunday nom qo‘yilganini qiyinchiliksiz anglab yetadi. Ko‘chimboy bilan Xursanoyning farzandlari, nevara-chevaralari bir qishloq aholisidan ham ko‘payib ketishadi. Ko‘chimboy mash’um davrlarda jadidlar kabi chin ozodlikni istagan bo‘lsa, nabiralari haqiqiy istiqlol havosidan to‘yib-to‘yib bahra olishadi. Otalarining aytganlariga, bilganlariga amal qilib yashashadi. Haqiqiy ildiz shu.

Asar davomida Katta Farg‘ona kanalining qazilishi, Ikkinchi jahon urushining fojialari bilan bog‘liq ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan ayricha misollar ham keltirilganki, bular “Ildiz”ning qimmatini oshirishi barobarida, muallifning o‘chmas tarix borasida ancha-muncha bilimga ega ekanligidan dalolat beradi.

Nomlash masalasida muallifning topqirligi, zukkoligi shundaki, asarni kelgan joyidan yana davom ettirishga imkoniyat saqlab qolingan. Ko‘chimboy bilan Xursanoylarning otgan ildizlari yanada kattalashadi, yanada chuqurlashadi. Bunday ildiz xuddi yantoqniki kabi toshni ham teshib o‘ta olishiga qissani o‘qigan kishilarda zarracha shubha uyg‘onmaydi. Bu borada muallif Qayum Sobirovning o‘zi ham xuddi jadidlar kabi aniq va teran fikr yuritgan, o‘tmishga munosib baho bergan.

Normurod MUSOMOV,
jurnalist.

“Jadid” gazetasining 2024-yil 6-dekabrdagi 50-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img104

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img331