11.09.2024 | 09:45
275
Yangi oʻquv yili oldidan Toshkentdagi ijara narxlari oshdi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassilarining tahlillariga koʻra, uy-joy ijarasining oshishiga bir nechta omillar, jumladan, sentyabr oyidan oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yilining boshlanishi boʻyicha kutilmalar taʼsir koʻrsatgan.

Toshkent shahrida 2024-yilning avgust oyida uy-joylar uchun ijara narxining oshishi kuzatildi va bunga bir qancha omillar, jumladan, sentyabr oyidan oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yilining boshlanishi boʻyicha kutilmalar taʼsir koʻrsatdi. Mazkur davrda poytaxtda oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari iyul oyidagiga nisbatan oʻrtacha 1,9 foizga, toʻliq taʼmirlangan xonadonlar uchun esa 0,3 foizga oshdi.
Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joy ijarasiga talabning oshishi boʻyicha kutilmalar ushbu turdagi uylar ijara narxlariga taʼsir koʻrsatgan. 2024-yilning avgust oyida ijara narxlari iyul oyidagiga nisbatan oʻrtacha taʼmirlangan 1 xonali uylar uchun 1,3 foizga, 2 xonali uylar uchun 2,1 foizga, 3 xonali uylar uchun 1,7 foizga, 4 xonali uylar uchun esa 2,5 foizga oshgan.
Oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali — 285 AQSH dollari, 2 xonali – 348 AQSH dollari, 3 xonali – 387 AQSH dollari, 4 xonali — 460 AQSH dollari), Olmazor (1 xonali – 301 AQSH dollari, 2 xonali – 359 AQSH dollari, 3 xonali – 414 AQSH dollari, 4 xonali – 471 AQSH dollari) tumanlarida taklif etilgan boʻlsa, eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – 350 AQSH dollari, 2 xonali – 445 AQSH dollari, 3 xonali – 550 AQSH dollari, 4 xonali – 736 AQSH dollari) va Yakkasaroy (1 xonali – 349 AQSH dollari, 2 xonali – 455 AQSH dollari, 3 xonali – 585 AQSH dollari, 4 xonali – 603 AQSH dollari) tumanlarida kuzatilgan.
Toʻliq taʼmirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – 335 AQSH dollari, 2 xonali – 416 AQSH dollari, 3 xonali – 501 AQSH dollari, 4 xonali – 634 AQSH dollari) va Uchtepa (1 xonali – 377 AQSH dollari, 2 xonali – 437 AQSH dollari, 3 xonali – 563 AQSH dollari, 4 xonali – 669 AQSH dollari) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali – 456 AQSH dollari, 2 xonali – 688 AQSH dollari, 3 xonali – 1006 AQSH dollari, 4 xonali – 1274 AQSH dollari) va Shayxontohur (1 xonali – 421 AQSH dollari, 2 xonali – 715 AQSH dollari, 3 xonali – 1014 AQSH dollari, 4 xonali – 1279 AQSH dollari) tumanlarida kuzatilgan.
Ijara narxlari “olx.uz” platformasidan veb skreping (web scraping) orqali olingan ochiq maʼlumotlar asosida tahlil qilingan. Bunda 2024-yilning iyul oyi uchun 52,6 mingta va avgust oyi uchun 51,9 mingta maʼlumotdan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshirilgan.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
123
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
145
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
336



