23.12.2024 | 16:19
628
YANGI O‘ZBEKISTON ASOSCHISI
Boku shahridagi Ozarbayjon Milliy kutubxonasida “Shavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Har jihatdan yuqori darajada tashkil etilgan tadbirda Ozarbayjon parlamenti vakillari, taniqli shoir va yozuvchilar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati hamda yurtimiz delegatsiyasi a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Boku shahridagi Ozarbayjon Milliy kutubxonasida “Shavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Har jihatdan yuqori darajada tashkil etilgan tadbirda Ozarbayjon parlamenti vakillari, taniqli shoir va yozuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati hamda yurtimiz delegatsiyasi a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Ushbu kitob O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi, taniqli siyosatshunos, senator Qudratilla Rafiqovning “Mening Prezidentim” va “Millatparvar” kitoblari asosida ozarbayjonlik taniqli ijodkor Akif Bag‘irov hamda adabiyotshunos Yashar Qosim tomonidan tayyorlangan.
Taqdimot avvalida bir qator ozarbayjonlik taniqli siyosatchi va ziyolilar bilan suhbat qurish imkoniga ega bo‘ldik. Ular ushbu kitob taqdimotining Bokuda o‘tkazilayotgani ham xalqlarimizning bir-biriga yaqinligi, o‘zaro do‘stlik rishtalari mustahkamlanib borayotganidan dalolat ekanini alohida ta’kidlashdi.
– “Shavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobi tarjimasiga katta mas’uliyat bilan yondashdik. Bu jarayonda har bir so‘z ustida maslahatlashdik, – deydi Yashar Qosim. – Biz Qudratilla Rafiqov kitoblarining o‘ziga xos tili va uslubini saqlab qolishga harakat qildik. Ozarbayjonlik o‘quvchilar mazkur kitob orqali Yangi O‘zbekistonni yanada yaqinroq bilishi, uning asoschisi va bunyodkori bo‘lgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vatan va Millat istiqboli yo‘lida amalga oshirayotgan ishlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin.
Taqdimotni Ozarbayjon Matbuot kengashi raisi Rashad Mejid boshqardi. Anjumanda Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohshukur Poshshozoda, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi Anar, Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi prezidenti Isa Habibbeyli, mamlakatimizning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, taniqli yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad, “Ishonch” gazetasi bosh muharriri Husan Ermatov va boshqalar qardosh ozar xalqida katta qiziqish uyg‘otgan mazkur kitob xususida so‘z yuritdilar.
“Shavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobidan o‘rin olgan turli mavzudagi tahliliy ocherklar va qiziqarli esselarda davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda amalga oshirilayotgan olamshumul o‘zgarish va yangilanishlar, jumladan, iqtisodiy rivojlanish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, ijtimoiy sohani yaxshilash va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash kabi masalalar yoritilgani alohida ta’kidlandi.
Chindan ham ushbu kitob Yangi O‘zbekistonda kechayotgan islohotlariga befarq bo‘lmagan har bir kishining yurtimiz haqidagi tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilishi shubhasiz.
Tadbir yakunida “Shavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobi tarjimonlarining ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi e’tirof etilib, ular munosib taqdirlandi.
Taqdimot ishtirokchilari Ozarbayjon Milliy kutubxonasida tashkil etilgan O‘zbekiston burchagidagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Xolmurod SALIMOV,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b.
Boku shahri
“Jadid” gazetasining 2024-yil 20-dekabrdagi 52-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
104
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331



