28.10.2024 | 10:23
582
Yapon shoiri Takuboku Ishikava tavallud topgan kun

Ishikava Takuboku 1886-yil 28-oktyabrida Yaponiyaning Xansyu orolidagi Sibutami qishlogʻida tugʻilgan. Qashshoq qishloq rohibining oilasida tugʻilgan goʻdakka Xadzime ismini berishgan. Takuboku — shoirning taxallusi boʻlib, “kakku” maʼnosini anglatadi.
Shoirning “Intilish” deb atalgan ilk kitobi yapon sheʼriyatiga yangi ovoz, kuchli shaxs kirib kelganidan darak berdi. Ikkinchi toʻplami “Bir kaft qum” esa yapon sheʼriyatining gultoji boʻldi. Anʼanaviy tankaning mavzu doirasini kengaytirgan Takuboku oʻz sheʼriy bitiklarida inson hayotining buyuk manzaralarini yaratdi. Ogʻir xastalik shoir umrini erta xazon qildi. U yigirma yetti yoshga toʻlmay vafot etdi.
Yaponiyada Takubokuni juda sevishadi. Mamlakatda shoirga qoʻyilgan yuzlab haykallargina emas, uning sheʼrlariga qoʻyilgan minglab yodgorliklar mavjud.
* * *
Uxlayotib
Yuragimni qiynadim rosa.
U hamon ishonar:
“Ertaga, albatta, yaxshi kunlar kelar,
Ertaga, albatta…”
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
161
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
117
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
154



