26.12.2024 | 11:10
338
YASHASHGA SHOSHILING!
Maqola yozadigan odam kam. O‘qiydigan odam undan ham kamayib borayotgan bir paytda o‘ylashga undaydigan, diqqat-e’tiborni yashinday tortadigan mavzular haqida asosli tanqid, bahsli tahlil va mulohazalar bilan erinmay yozarmanlar borligi, afsuski, bugun kamyob hodisa. Mayli, oz bo‘lsa-da, soz bo‘lsin.
Qo‘limga biror kitob tushsa, uni oxiridan boshlab o‘qiyman. Bu men uchun an’ana. Kitobning “qaymog‘i” oxirida bo‘ladi, deb hisoblayman negadir.

Bu gal Shohruh Abdurasulovning “Ijodkorlardan olgan ruh” kitobini bo‘lakcha taassurot bilan o‘qidim. Ayniqsa, ommaviy madaniyat haqida bitilgan “Mo‘ylovchilar g‘avg‘osi yoxud xoslar madaniyatiga tahdid” nomli maqola juda manzur bo‘ldi. Rosti, avvaliga biroz xushlamay o‘qishni boshladim. Sababi ma’lum – bu mavzu keyingi vaqtda juda chaynab tashlandi. Yangi gap bormikin, degan o‘y bilan ko‘z yugurtirdim. Biroq men ilgari ahamiyat bermagan, ilg‘amagan haqiqatlarga duch kela boshlagach, qiziqib ketibman.
Tolstoyning Andrey Bolkonskiy va Natasha Rostova kabi qahramonlari, Qodiriyning Otabek va Kumushi bilan bog‘liq lirik voqealar tahlili, Salvador Dalining “Mo‘ylovli Mona Liza”si-yu, musiqiy didning keskin o‘zgarib borayotgani haqida bahsli, ammo chuqur o‘ylashga undaydigan fikrlar e’tiborimni tortdi.
“Dunyoni suv bossa, o‘rdakka ne g‘am?” qabilida hayot kechirish ziyoliman degan odamga yarashmaydi, deydi muallif.
Ha, bugun hamma o‘z tinchi, bola-chaqasini o‘ylab, nafaqat global, hatto, mayda muammoni ko‘rsa ham, yetti qadam naridan aylanib o‘tadigan bo‘lib qolgan. Balki zamona taqozosi shudir. Ammo ziyoli qatlamning bu yo‘sinda hayot kechirishga haqqi yo‘q. Umuman, muallif aytganday, o‘zini ziyoliman deb bilgan har qanday odam umuminsoniy muammolar oldida “mening nima ishim bor, menga nima?” degan o‘yga bormaydi, atrofdagi olamga befarq, beparvo bo‘lmaydi. Bu fikrga qo‘shilaman.
Bugun modernizm niqobi ostida “Pop-art”, “Kosmopolitizm”, “Sadizm”, “Egosentrizm”, “Moda”, “Nutq va jargon”, “Kiber ludonamiya” va “Individualizm” kabilarning urchib borayotgani misol qilib aytilgan. Kim uchundir bu ma’naviyatsizlik, axloqsizlik, kim uchundir bu san’at. Shaxsan men hech qanday izm-pizmlarga qiziqmayman. Ammo buni san’at deb biladiganlarning fikrini o‘zgartirishga-da urinmayman. Sababi, bu uning shaxsiy nuqtayi nazari. Umuman bu bahsning yakuni, yechimi yo‘q, nazarimda. Har kim o‘z haqiqatini haq deb biladi, baribir.
“Siyrat va qismat (Shukur Xolmirzayev esselariga bir nazar)” hayotimizda uchraydigan o‘tkinchilar va haqiqiy qahramonlar haqida xotiralarni qoralab borishga qiziqtirdi meni. Zero, bizga uchraydigan hech bir odam tasodifan paydo bo‘lmaydi. Yo yaxshilik, yo yomonlik bilan bizga saboq beradi har biri…
“San’at – go‘zal iztirob…”ni ham miriqib o‘qidim. Undagi fikrlar ijodning hamma turiga bog‘liq deb o‘ylayman. Xususan, muallifning o‘zi ham shunday fikrni aytadi: “Ijod – insonga Yaratgan tomonidan ato etiladigan samoviy ne’mat”.
Yana shunday fikr e’tiborimni tortdi: “Tasviriy va amaliy san’atning eng katta yutug‘i, ta’bir joiz bo‘lsa, boshqa san’at turlaridan ustunligi – til, millat tanlamasligi, tarjimaga ehtiyoj sezmasligi”. Chindan ham. Eng kuchli ta’sir quroli bu – adabiyot va san’at, deb bekorga aytishmaydi. Sababi, u bilan ezgu g‘oyalarni ham singdirish mumkin, buzg‘unchi g‘oyalarni ham.
Qarashlarimni “Mutolaaga shoshiling” nomli maqoladagi fikrlar bilan xulosalashni xohladim. “Inson qancha umr ko‘rishi, bu umrda nimalarga ulgurib, nimalarga ulgurmasligini o‘zi bilmasligi mumkin, balki ko‘p narsaga ulgurar, balki hech narsaga ulgurmas. Bizning odamday yashashimizga sabab bo‘ladigan omillardan biri, bu – kitob”. Men bu maqolada mutolaaga shoshiling emas, yashashga shoshiling degan da’vatni o‘qidim. Shunday ekan, keling yashashga shoshilaylik, yashashga ulguraylik…
Yulduz O‘RMONOVA,
jurnalist
“Jadid” gazetasining 2024-yil 20-dekabrdagi 52-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324