28.11.2025 | 15:52
775
YOZIQLAR YOZUVI
Otabek MAXSUDJONOV

So‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘z tarixining murakkab va fojiali sahifalarini qayta anglash, mustabid tuzum davrida nohaq jabr ko‘rgan millionlab vatandoshlar xotirasini tiklash yo‘lida muhim qadamlar tashlamoqda. Ushbu keng ko‘lamli jarayonning yorqin namunasi sifatida Namangan viloyati hududida yashab, turli davr qatag‘onlari iskanjasiga tushgan yurtdoshlarga bag‘ishlab “Xotira kitobi” chop etildi.
Ushbu asar o‘tmishimizga munosabat, milliy o‘zlikni anglash va tarixiy xotirani shakllantirish yo‘lidagi davlat siyosati mazmun-mohiyatini yoritib beruvchi fundamental nashrdir.
Kitobning yaratilishi Prezidentimizning “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi bilan bevosita bog‘liq. Unga ko‘ra, shahid bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasini kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish maqsadida ko‘p jildlik “Qatag‘on qurbonlari” Xotira kitobini nashrga tayyorlash vazifasi belgilangandi.
Kitobning bosh maqsadi, shundan kelib chiqib, Rossiya imperiyasining mustamlakachiligi hamda sovet tuzumi yillarida jabr-u zulm chekkan, qatag‘onga uchragan fidoyi yurtdoshlarimiz nomini tiklash, ular xotirasini abadiylashtirishdan iborat.
Kitob nashrga bir qator muassasalar – Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Namangan davlat universiteti, Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti qoshidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi hamkorligida tayyorlandi.
Kitob tarixiy voqelikni qayta tahlil qilish orqali xalqimiz o‘tmishiga yangicha nazar tashlashga undaydi. Uning xronologik doirasi 1860-yillardan 1991-yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Shu asno 130 yildan ortiq davom etgan ozodlik kurashlari tarixi yaxlit jarayon sifatida ko‘rsatiladi.
“Xotira kitobi”ning tuzilishi Namangan viloyatidagi qatag‘onlar tarixini anglash uchun puxta ishlangan intellektual asos vazifasini bajaradi. Mualliflar oddiy xronologik ro‘yxat bilan cheklanib qolmasdan, qattol siyosatning har bir bosqichini alohida tahlil etish imkonini beradigan davriy yondashuvga tayanadi. Kirish qismida keltirilgan umumiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1865–1990-yillarda Namangan viloyatidan jami 2039 nafar vatandoshimiz mustabid tuzumning asossiz ayblovlari bilan jazolangan.
Ushbu raqam ortidagi fojia ko‘lami va tabiatini ochib berish uchun kitob 6 ta mantiqiy-tadrijiy bo‘limga ajratilib, ular qatag‘onning turli bosqichlari, maqsadlari, nishonlari va uslublaridagi o‘zgarishlarni yaqqol ko‘rsatib beradi.
Shu tariqa, kitobning tuzilishi shaxslar ro‘yxatini mustamlaka tizimining jinoyatlari haqidagi tarixiy ayblov xulosasiga aylantiradi. Har bir qurbon haqidagi ma’lumotlar standart formatda – to‘liq ism-sharifi, tug‘ilgan yili, yashash joyi, ayblovi va hukmi tarzida berilgan bo‘lib, bu kelajakdagi tadqiqotlar uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Kitobning davriy tuzilishi faqat xronologik tartibni anglatib qolmay, chuqur mafkuraviy mazmunga ega. Mualliflar o‘n yilliklar bo‘yicha oddiy taqsimlash yo‘lidan bormay, sovet tuzumining “Quloqlashtirish”, “Katta qirg‘in”, “Paxta ishi” kabi aniq siyosiy kampaniyalariga urg‘u beradi. Bu yondashuv qatag‘onlar tasodif yoki tartibsiz jarayon emas, aksincha, o‘zbek xalqining muayyan ijtimoiy qatlamlariga qarshi ongli va maqsadli uyushtirilgan hujumlar ekanini anglatadi.
Kitobning o‘ziga xos tuzilishi undagi shaxslar, qatag‘on qurbonlari ro‘yxatini oddiy ma’lumotlar to‘plami darajasidan istibdod tizimi jinoyatlarini fosh etuvchi tarixiy hujjat darajasiga ko‘taradi.
«Jadid» gazetasining 2025-yil 21-noyabrdagi 47-soni
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



