Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


20.08.2024 | 17:23

img381

YOZLOQLARDA

Sayohat esdaliklaridan

BIR OG‘IZ SO‘Z

Lutfilla Olimiy tomonidan yozil­gan bu yo‘l sayohatida o‘sha davrning nafasi, bosqinlardan qolgan izlar suvrati ko‘zga tashlanadi. Shu bilan tarixiy manzillar esga olinadi. Bunda tilga olingan ayrim joy nomlari bugun o‘zgargan bo‘lishi ham mumkin. Sarlavhadagi birgina “yoz­loq” so‘zining o‘ziyoq XX asr­ning 20-yillarida adiblar­ning toza o‘zbekona so‘zlarga, ona tilga e’tiborini, so‘z izlash va no­yob so‘zlarni qo‘llashga bo‘lgan ixlosi­ni ko‘rsatadi. Zero, bugungi “dacha”, “chorbog‘” so‘zlari o‘rnida  “yozloq”ni ommalashtirish ham o‘rinli ko‘rinadi.

TAHRIRIYAT

PODSHOH OTA YO‘LIDA

Namangan shahrining qut (shimol) tomonida, 85 chaqirim yiroqliqda bir yozloq bor. Uni Podshoh ota derlar. Ilgari chor hukumati vaqtida issig‘da qiynalg‘on semiz ovro‘pali boylar, to‘ralar Turkis­tonning issig‘ iqlimi shaharlarida chidab turolmayturg‘on ovro‘pali “nozik” xotun-qizlar javzo (may) oyidan boshlab o‘sha yerga chiqib ketarlar; unda sof, toza havo yutub, yoqimli, kuchlik qimiz­larni ichib, kumushdak suvlarida cho‘milishib qaytarlar edi. Undan tashqari turli yoqdan kelgan “sillar” ham kuch yig‘ib, qon ko‘payti­rib, tiklanib ketarlar edi. Shu uchun Podshoh otaning yo‘lig‘a juda ham ahamiyat berilgan: tekislangan, ikki tomonig‘a “zarrak” daraxtlari o‘tqi­zil­g‘on; ishqilib yo‘lchining rohati har jihat­dan ta’min qiling‘on edi.

Men ham yozning bir oyini o‘tkaz­mak uchun Podshoh otag‘a keta­yo­tib, o‘sha yo‘llardan o‘tib boramen. Yo‘ldoshim bu yerlarga begona kishi bo‘lg‘oni uchun unga har narsa qiziq va ajib tuyuladir. Shu uchun uning ko‘b so‘roqlarig‘a bilganimcha javob bera boramen.

Yo‘llar yaxshi, yonimizdan Podshoh otaning suvi oqadi. Ko‘b yerlardagi daraxtlar to‘palang yillarida kesilib ketkan; ularning o‘rinlarida shu yil bahorda ekilgan va endigina ko‘karib kelayotqon ko‘chatlar ko‘rinadir.

Dehqonlar hech narsadan qo‘rq­mas­dan bemalol ekinlik yerlarida ishlab turadirlar; o‘tkan yil juda xav­flik bo‘lg‘on bu yo‘llarda biz ham ikki­gina kishi vahmsiz ketib bora­miz. Shu uchun o‘zimiz ham juda xursandmiz. Bulbullar, jo‘rlar, to‘rg‘aylar ham tevarak-atrofimizda, bizning xur­san­dligimizga qo‘shulub, charaq­laydirlar!

Yetti soat yo‘l yurgandan keyin tarixiy shaharlardan bo‘lg‘on Zar­kentga kirib bordiq.

ZARKENT

Yoshlig‘imda “Hazrati Shoh Jarir” degan bir kitob o‘qig‘on edim, o‘sha kitob­ning ko‘rsatishiga qarog‘onda, mana shu kungi Zarkent bilan Koson va Axsikent qishloqlari – burun katta shaharlardan bo‘lg‘onlar. Unda yasha­g‘uvchi musulmonlarni “mug‘lar” (mo‘g‘ullar) doim jabrlab turg‘onliq­laridan, ular arabistondan ko‘mak so‘rag‘onlar(!). Hazrati Usmon nabirasi deb o‘ylanaturg‘on Shoh Jarir juda ko‘b arab amirlari va askarlari bilan birga kelib, Zarkentda hukm surub yotqon Karvonbas va Kosondag‘i Axshatga qarshi urush ochqon. Orada juda ko‘b urush bo‘lub natijada Axshat bilan Karvonbas gapni bir joyga qo‘yub, arablarga xiyla tuzog‘ini qurg‘onlar. Arablar juma namozini o‘qib turg‘on chog‘larida ular kelib qamab olg‘onlar-da, o‘ldirganlar. O‘ldirilgan arab­­lar­ning jasadlari Zarkentga yaqin Isbidbo‘lan degan joyg‘a qo‘yilg‘on…

Har nima bo‘lg‘onda ham, Zar­kent, jonli mol (hayvonot) savdosi­ning markazi edi. Yettisuvdan, Ket­mantepadan bu yerga necha ming­­lab ot-mol, qo‘y haydalib kelar, necha ming pudlab bug‘doylar yo‘l bo‘yi chizilib ketgan aravalarga haftaliq-oyliq va balki yilliq yuk bo‘lur­lar edi… Vaqti bilan bu qishloqda katta saroylar, go‘zal binolar bo‘lg‘on; Ovrupa usuli­da soling‘on rus yerlik maktabining binosi bilan o‘nlarcha xonadan iborat toshdan soling‘on kasalxona binosi – bu kichkina go‘zal qishloqqa kichkina bir shaharcha basha­rasini berib turg‘on. Xalqi ko‘b, dehqonchiliq ishlari rivojli bo‘lg‘on.

Hozir qishloq bir xarobadan ni­shon beradir. Talang‘on, yulung‘on, hech narsasi yo‘q bechoradek g‘amli-­g‘amli qaraydir… Maktab bino­sidan ozg‘ina g‘isht qolg‘on… Kasalxona­ning tosh devorlari, o‘zlari­ning yon­g‘in­larig‘a parvo qilmay kuymay qol­g‘onliqlarig‘a maqtanib, gerdayib tu­ra­dirlar… Boshqa imoratlar bo‘lsa yiqil­g‘on, yoqilg‘on, sog‘ qolg‘onlari ham to‘rt tomong‘a yonboshlag‘on, qiyshayg‘on… Do‘konlar, samo­var­xo­na­lar, saroylar albastining uyi­ga aylangan. Kishi yo‘q, xalq har tomong‘a qochib ketgan necha yuz uylik, necha ming kishi yashag‘on bu yerda hozir 20 uylikcha kishi qolg‘on… Bozor kuni yuztacha kishi­ning qimirlashg‘ani ko‘rildi.

Shunday xarob, boyqush uyasi bir qishloqda ham bu yil yangi usulda bir maktab ochilibdir. Bolalari yaxshig‘ina foydalanib qolg‘onlar.

Shuni ko‘rgandan keyin ko‘zi­miz­dan tomchi-tomchi yosh chiqdi. Faqat, u yoshlar qayg‘u yoshlari emas – umid yoshlari! Xarob qishloqlarning gullash kunlarini bizga xabar berayotqon sevinch yoshlari.

NANAY

Zarkentda bo‘laturg‘on hodisa­larni hamma vaqt kuzatib turishqa o‘rgangan Unfor tog‘idan boshlab, yo‘lning ikki tomonida baland tog‘lar uzayishib, qatorlashib ketadirlar. O‘r­tada keng bir vodiy bor. Uning o‘rtasidan oppoq, kumushdak yalti­rab, buralib-buralib Podshoh ota soyi oqadir. Suv – tiniq, sovuq. Zarkentdan yiroqlashg‘on sori tabiat boylig‘i, go‘zallik orta boradir. Oppoq qorlar ostidan gerdayib ko‘ringan haybatlik tog‘lar to‘rt tomondan bizga tiki­ladirlar… Har tomon ekin, bug‘doy. Ketgan sori salqinliq. Zarkentdan 12 chaqirim yo‘l bosib Nanayga keldik.

Zarkent ta’rif qiling‘ondan keyin Nanayni aytib o‘ltirush kerak emas. Faqat bu qishloq obodroq. Mingga yaqin xalqi bor.

Qishloq ichidan chitdarak, ba­land qirning etagiga, yo‘l uzasiga bir maktab soling‘on, ozg‘ina pastda boyag‘i soy shovullab oqib turadir. Dehqon bolalari ham o‘sha soyning shovullashig‘a qo‘shulub, shovullab o‘qumoqqa boshlasalar… Tarixning yangi bir varag‘i ochildi deng!

L.OLIMIY

1926-yili bosilgan “Adabiyot parchalari” majmuasidan

Saodat FAYZIYEVA nashrga tayyorladi


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596