Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.12.2025 | 15:33

img2416

YURAKDAN GAPIRAMIZ!

Nodira SHARIPOVA, oliy toifali kardiolog:

– Ba’zan odamlarimizning sog‘li­giga befarq va ishonuvchanligi meni hayron qoldiradi. Deylik, ko‘krak qafasining chap sohasida og‘riq yoki bezovtalik boshlandi. Tushungan odam bunday vaziyatda oilaviy poliklinikaga chiqadi yoki boshqa shifoxonaga yo‘l oladi. Biz ko‘pincha nima qilamiz? “Qo‘lbola” tashxis qo‘yishga o‘tamiz: “O‘pkam shamollagan”, “Nervdan bo‘lsa kerak”, “Buyrak pristup berdimikan”, “Yurak ham bo‘lishi mumkin”… Yetmaganiga, uy sharoitida muolaja ham boshlaymiz. Juda hafsala qilsak, dorixonaga borib, “aptekachi qiz”ning retseptini ixlos bilan qo‘llaymiz.

Afsuski, bu juda xavfli. Yurakning chin va soxta og‘riqlari bo‘ladi. Buni aniqlash uchun EKG tekshiruvi bor. Eng ishonchli vosita shu. Bitta ishonchli tekshiruv bu og‘riq yurakdanmi, asabdanmi, o‘pkadanmi, aniqlik kiritadi. Aslida, “ko‘ksimizni changallab” qolishni kutmay, yilda bir marta bo‘lsa ham EKG tekshiruvidan o‘tish tavsiya etiladi.

Bugun kasallik yosh tanlamay qo‘ydi. Oldin yurak sanchig‘i 50, 60, 70 yoshda ishora bergan bo‘lsa, hozir 20 yoshdan keyin ham infarkt alomatlari sezilmoqda. Sababi­ni “ekologiya buzilib ketgan”iga yo‘yish bilan cheklanamiz. Lekin kundalik hayot tarzimiz ham bunda asosiy “aybdor”dir. Har kuni juda katta miqdorda kerakli-keraksiz informatsiya qabul qilib, asab va yurak qon-tomir tizimiga bosim beramiz. Kam harakat qilamiz, bir joyda o‘tirib hamma ishni hal qilgimiz keladi, ikki bekat piyoda yurishga erinib, avtobus, metro yo avtomobilga osilamiz. Vaqtimizni qizg‘anib, to‘g‘ri ovqatlanish qoidasini buzib, tez tayyor bo‘ladigan taomlar iste’mol qilamiz. Natijada, harakatsizlik oqibatida qon-tomir devorlarida yuqori kaloriya to‘plana boshlaydi, qonni quyuqlashtiradi. Qarabsizki, vaqt o‘tib, “Infarkt, insult, stent qo‘ydir, shunt qo‘ydir”… Xudo saqlasin!

Yurak qon-tomir kasalliklariga chalinmaslik uchun birinchi galda sog‘lom turmush tarziga amal qilish kerak. Ovqatlanishda kantserogen, ikki marta qayta ishlangan mah­sulotlar tavsiya qilinmaydi. Kunlik ratsionimizda tabiiy mahsulotlar ulushi oshsin. Shakar, uglevoddan uzoqlashishni tavsiya qilaman. Yana muhimi: ­me’yoridagi uyqu. Agar u olti soatdan kam bo‘lsa, infarkt xavfi oshadi. Yurak sog‘lom bo‘lishi uchun osoyishtalik, qalb xotirjamligi kerak.

Har bir inson yilda ikki marta shifokor nazoratida bo‘lishi lozim. Qon topshirib, qonimizning qu­yuq-suyuqligi, xolesterin, qand miqdori, gemoglobin, jigarimiz va buyragimizning holatini nazorat qilib turishimiz shart.

Ba’zilarning oyoq-qo‘li muzday bo‘ladi. Aksariyatiga sabab – yurak yetishmovchiligi. Chunki qon yaxshi aylanmaydi va organlarga kislorod yaxshi yetib bormaydi.

Ruhiy zo‘riqishdan qochish kerak. Har kim oilasiga, ishiga bir xil vaqt ajratsin, ayniqsa, o‘ziga. Shundagina stresslar, ruhiy bosimlar, yurak xastaligiga chalinish ehtimoli kamayadi.

Bugun davrimiz odamlariga eng kerakli muolaja – xotirjamlik. Har qanday og‘ir muammolarni chetga surib, soatlab yolg‘iz yurishga harakat qiling. Shunda nerv hujayralari qayta tiklanadi. Hamma narsaning yechimi, kasalliklarning oldini olish yo‘li – halovatda.

Zarnigor IBROHIMOVA yozib oldi.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 5-dekabrdagi 49-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img82

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324