Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


19.04.2024 | 10:50

img485

YUZIM SHUVUT BO‘LDI

Uyaldim, sharmanda bo‘ldim, aybim ochilib qoldi, odamlar ko‘ziga qarolmay qoldim, xijolat bo‘ldim.

“Yuz shuvut bo‘ldi”, deganda taxminan yuqoridagi ma’nolarni tushunamiz. Xo‘sh, “shuvut” o‘zi nima? “Shuvut” (ba’zi shevalarda “chuvut”) so‘zi faqat “yuz shuvut” iborasida saqlanib qolgan va bizgacha yetib kelgan. Biroq bu so‘zning o‘zi alohida qanday ma’noga egaligi, kelib chiqishi haqida hozirgi lug‘atlarda ma’lumot yo‘q. Xo‘sh, yuz shuvut bo‘lish holati qanday kechadi: deylik, yuz qizarib ketadi yoki sharmandalik darajasi o‘ta kuchli bo‘lganda kishi yuzi ko‘karishi, bo‘zarishi, hatto oqarishi mumkin. Xullas, hayajondan kishi yuzida rang o‘zgarishi sodir bo‘ladi.

Aslida, “shuvut” (“chuvut”) juda qadimiy so‘z bo‘lib, ma’nosi “rang” ekanligi haqida bobomiz Mahmud Koshg‘ariy “Devon-u lug‘otit-turk”da shunday ma’lumot beradi: “qїzїl ǰo‘vo‘t – qizil rang, al ǰo‘vo‘t – ol rang, kök ǰo‘vo‘t – ko‘k rang, jashїl ǰo‘vo‘t – yashil rang, sarїg‘ ǰo‘vo‘t – sariq rang, zirnix (oltingugurt kukuni). Bilgilki, ǰo‘vo‘t (chuvut) so‘zi bu rang­larning hammasi uchun umumiy so‘z bo‘lib, so‘ng unga ayrim ranglarni anglatuvchi so‘zlar qo‘shilib, farq qilinadi” (DLT.III tom. T.: “Fan”. 1963. 176-bet).

Demak, qadimgi turkiyda “chuvut” ham “tus” kabi “rang” ma’nosini bildirgan. Keyinchalik ko‘pgina turk lahjalariga forscha “rang” o‘zlashgan, ammo “chuvut” unutilgan, faqat “yuz shuvut”da saqlanib qolgan. 

Abduvohid HAYIT 

“Jadid” gazetasi 2024-yil 12-aprel 16-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599